|
Fransiya iqtisodiyoti
|
bet | 8/8 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 96.04 Kb. | | #93062 |
Bog'liq fransiya Konchilik korxonlarida relelarning turlari, Avtomat saqlagichlar Kinosi[
Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli „Poyezdning kelishi“, „Bolani emizish“, „Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi“ filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d’ar“ firmasi kinoga mashxur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi ruhdagi „Men ayblayman“ pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar („Yer“, 1921; „Arlezianlik ayol“, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak „Avangard“ harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va „Yangi janoblar“ (1928, rejissor J. Feyder), „Nana“ (1926) va „Kichik gugurt sotuvchi“ (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa“ (1927, rejissor R. Kler)].
30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; „Oktabr“ va „Erkin kino“ uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun „Marselyeza“ (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob“ (1937, rejissor R. Renuar), „Oxirgi milliarder“ siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil kompaniya“ (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi „Kechki mehmonlar“, „Osmon sizlarga tegishli“ kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish“ filmi chiqarildi. „Rayka bolalari“ filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar ustidagi jang“ filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: „Parma ibodatxonasi“ (1948, rejissor KristianJak), „Qizil va kora“ (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), „Tereza Raken“ (1953, rejissor M. Karne), „Jerveza“ (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan qochdi“ (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashxur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat“ (1963), „Parij yonyaptimi?“ (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining „Bayram kuni“ (1949), „Mening amakim“ (1958), Kristian Jakning „FanfanTyulpan“ (1952), „Qonun — bu qonun“ (1958), P. Eteksning „Ohtortuvchi“ (1963), „Yoyo“ (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar“), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936-yil „Sinematika“, 1972-yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-yilda Amerikaning „Oskar“ mukofotiga oʻxshash „Sezar“ milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissorlar J.Sh. Takell („Jiyanlar“, 1975), D. Vin („Martin Gerrning qaytishi“, 1984), D. Kyuri („Oramizda“, 1985), K. Berri („Jan de Florett“, 1987), J. Rivett („Maftunkor yongʻoq daraxti“, 1991), R. Varnyer („Hindixitoy“, 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud,-yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).
|
| |