• ^ 18.2. Franchayzingning asosiy turlari va qoidalari.
  • Fronchayzing bu tomonlarning o‘zaro manfaatli bitimga asoslangan biznes olib borish usulidir. Bu bitim yirik kompaniya hamda mayda firma yoki alohida ishbilarmonlar o‘rtasida tuziladi




    Download 15.72 Kb.
    bet1/3
    Sana02.02.2023
    Hajmi15.72 Kb.
    #40703
      1   2   3
    Bog'liq
    2-mavzu (2)
    824 31.12.2020, Keys Genomika, курс иши шаблон, imomov audit, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari, Mustaqil Ish Yuzi, Investitsiya 1, Буйруқ T 495 Курсдан курсга ўтказиш МТ (2), 45 ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARI, zamonaviy-energiya-tejamkor-qurilish-materiallari, Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari, issiqlik izolyatsiya materiallari., 23 Yetuklik davri, 127-131Макола 1

    18.1. Franchayzingning mohiyati.

    Kichik biznes tadbirkori ba’zi xollarda o‘ziga ishlatish uchun tayyor korxonani imtiyozli shart bilan boshqa davlat(firma)dan yoki ularning texnologiyasi, tovar markasi (belgisi)dan foydalanish huquqini, ya’ni franchayzingni oladi.

    Fronchayzing - bu tomonlarning o‘zaro manfaatli bitimga asoslangan biznes olib borish usulidir. Bu bitim yirik kompaniya hamda mayda firma yoki alohida ishbilarmonlar o‘rtasida tuziladi. Bu bitimning mohiyati kichik biznesga o‘z ishini maxsus tanlangan joyda va ma’lum vaqt davomiyligida olib borish imkonini berishdan iborat.

    Jahondagi ko‘p davlatlarda ishbilarmonlikning franchayzing tizimi o‘zining samarali faoliyat ekanini isbot qildi. Hozirda franchayzing AQSH da, Kanadada, Yaponiyada, G‘arbiy Yevropada yaxshi rivojlanmoqda. “Makdonalds”, “Adidas”, “Koka-Kola” boshqa- lar franchayzingli kompaniyalardir. Masalan, franchayzing “Doka pitsa” dastgoh va texnologiyalarni yetkazib beradi, har xil turdagi material va jihozlar bilan ta’minlaydi (nakleykalar, reklama plakatlari, bukletlar, uslubiy tavsiyanomalar), o‘qitishni tashkil qilish, original firma ko‘rsatmalarini berish va boshqa o‘z ishini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan narsalarini yetkazib beradi.

    Hamkorlik davlatlari orasida birinchi franchayzingli tizimlar Rossiya Federatsiyasida paydo bo‘lib, hozirda “Interkongress Silling” (Sankt- Peterburg) firmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.


    ^ 18.2. Franchayzingning asosiy turlari va qoidalari.

    Franchayzing tizimi franchayzing bitimiga asoslanadi. Yirik firma bitimga asosan boshqa firma yoki ishbilarmonlarga xodimlarni tayyorlashda, dastgohlarni sozlashda, texnologiyani o‘zlashtirishda, tashkiliy masalalarda, reklamada, ta’minotda, mahsulot sotishda yordam ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.Bu xizmatlar uchun kichik firma ularga vaqti-vaqti bilan to‘lovlar to‘lab turadi hamda o‘z kapitalining bir qismini investitsiya qiladi, marketing va menejment bo‘yicha xizmat ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Franchayzingning asosiy prinsiplari: franchayzingning “nou-xau”sini franchayzing kapitali bilan birlashtirish. Franchayz — litsenziya asosida biznes olib borish uchun ma’lum belgilangan miqdordagi badal.

    Franchayzing tizimi o‘zining afzallik tomoni va kamchiligiga ega. Franchayzing tizimning foydali tomoni quyidagilardan iborat: franchayzerning sotib olish uchun to‘lagan to‘lovi zaruriy kapitalni ta’minlaydi va kelajakdagi moliya bilan ta’minlash tashqi zayomlarsiz amalga oshiriladi, qandaydir yangilikni amaliyotda kichik tavakkalchilik bilan tekshirish imkonini beradi.

    Kamchiliklari quyidagilardan iborat: franchayzer o‘z daromadini ushbu tizim qatnashchilari bilan bo‘lishadi, bu esa boshqa firmalarga qaraganda daromadni pasaytiradi. Franchayzing-ni franchayzat (kichik firma) uchun foydali tomoni shundan iboratki, kichik shakldagi bizneslar tashkil etish uchun kam kapital harajat talab qiladi, bu esa erkin ishbilarmon bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.Haridorlar uchun keng ma’lum bo‘lgan firmani va uning mahsulotining nomi franchayzatga qo‘shimcha harajatlarsiz avval bunyod etilgan tovarning “imidj”ini va oldindan tekshirib ko‘rilgan shakllarini ishlatishga imkon yaratadi. Undan tashqari bosh firma kelajakda yangi kiritilayotgan texnik vositalar, texnologiyalar va reklama qiymatini bir qismini qoplash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va barcha zaruriy xizmatlar ko‘rsatadi.

    Franchayzingni ikkita asosiy turi mavjud: tovarli va ishbilarmonli. Tovarli franchayzing franchaziatga har xil tovar guruhlariga tegishli bir to‘plam tovarni sotish bilan bog‘liq to‘lanadigan haq franchayziatlardan ma’lum sharoitlarda undiriladi


    Download 15.72 Kb.
      1   2   3




    Download 15.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fronchayzing bu tomonlarning o‘zaro manfaatli bitimga asoslangan biznes olib borish usulidir. Bu bitim yirik kompaniya hamda mayda firma yoki alohida ishbilarmonlar o‘rtasida tuziladi

    Download 15.72 Kb.