Fsmu texnologiyaSI




Download 15.95 Kb.
Sana03.08.2023
Hajmi15.95 Kb.
#77939
Bog'liq
FSMU TEXNOLOGIYaSI
9-Konspekt Geometriya 1-chorak, Maqola yangi, 4- SINF ONA TILI DARSLARIDA TOVUSHLAR VA HARFLAR, “TABIIY FANLAR”FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI, AMALIY VA LABARATORIYA MASHG\'ULOTLARGA TAYYORGARLIK KO\'RISH VA BAJARISH, agroximiya, Sanoat elektr yuritmalari sxemalarida qisqa tutashuv va o’ta yuklanishdan himoyalarni tashkil etish., hamshiraga (2)

FSMU TEXNOLOGIYaSI
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o'tkazishda yoki o'quv-seminari yakunida (tinglovchilarning o'quv seminari haqida fikrlarini bilish maqsadida), yoki o'quv rejasi asosida biron bo'lim o'rganib bo'lingach qo'llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o'z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini boshqalarga o'tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o'rgatadi.

FSMU TEXNOLOGIYaSINI O'TKAZISh BOSQIChLARI


1 - BOSQICh
- o'qituvchi tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo'lgan muammoni yoki o'rganilgan bo'limni belgilab oladi;
- o'qituvchi o'quv mashg'ulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo'lib ishlanishi haqida tinglovchilarga ma'lumot beradi;
- mashg'ulot davomida har bir tinglovchi o'z fikrini erkin holda to'liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o'tiladi.
2 - BOSQICh
- har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog'ozlar tarqatiladi:
F - fikringizni bayon eting;
S - fikringizning bayoniga sabab ko'rsating;
M - ko'rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring;
U - fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qog'ozni FSMU ning 4 - bosqichi bo'yicha o'z fikrlarini yozma bayon etgan holda to'latadi.
3 - BOSQICh
- har bir tinglovchi o'z qog'ozlarini to'latib bo'lgach, trener ularni kichik guruhlarga bo'linishlarini iltimos qiladi yoki o'zi turli guruhlarga ajratish usullarining biridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo'lib yuboradi;
- o'qituvchi har bir kichik guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog'ozlarni tarqatadi;
-o'qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog'ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo'yicha yozishlarini taklif etadi.

4 - BOSQICh


- kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o'zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a'zolarini tanishtirib o'tadi. Guruh a'zolarining barcha fikrlari o'rganilgach, kichik guruh a'zolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh a'zolari FSMUning 4 bosqichini har biri bo'yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko'radilar;
- fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi o'z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5 - BOSQICh
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o'qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba'zi bo'limlarni isbotlashi, ya'ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o'tishi mumkin.
6 - BOSQICh
- o'qituvchi mashg'ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o'z munosabatini bildiradi;
- quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojaat qiladi;
- ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga o'rgandingiz?
- ushbu texnologiyaning o'quv jarayoniga qo'llanilishi qanday samara berdi?
- ushbu texnologiyaning qo'llanilishi talaba-o'quvchilarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
- ushbu texnologiyani o'quv jarayonining qaysi bosqichida qo'llash ma'qul va nima uchun?
- ushbu texnologiyaning dars jarayonida qo'llanilishi o'quvchi talabalarga nima beradi va nimaga o'rgatadi?
- ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda o'tkazish mumkin?
- ushbu treningda o'qituvchining asosiy vazifasi nimadan iborat.
IZOH: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib trener (o'qituvchi) tomonidan tinglovchilarga yoki talaba-o'quvchilarga berilishi mumkin.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
FSMU TEXNOLOGIYaSI
(F) - Fikringizni bayon eting;
(S) - Fikringiz bayoniga biron sabab ko'rsating;
(M) - Ko'rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) - Fikringizni umumlashtiring.
Download 15.95 Kb.




Download 15.95 Kb.