O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DASTURIY INJINERING FAKULTETI
MUSTAQIL
ISH
Mavzu: Vorislikdan foydalanishning qanday afzalliklari mavjud
Fan nomi: Dasturlash 1
Guruh: SWD007
Bajardi: Xusenov Shoxrux
Tekshirdi: Rustamova Moxichexra
Sinf
Sinf, shu turdagi obyektning tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun qat’iy muloqot shartlarini aniqlaydi. Yopiq berilganlarga yoki kodga faqat shu obyekt ichida murojaat qilish mumkin.
Boshqa tomondan, ochiq berilganlarga va kodlarga, garchi ular obyekt ichida aniqlangan bo‘lsa ham, programmaning ixtiyoriy joyidan murojaat qilish mumkin va ular obyektni tashqi olam bilan muloqatni yaratishga xizmat qiladi.
Yaratilgan obyektlarni, ularni funksiya – a’zolariga oddiygina murojaat orqali amalga oshiriluvchi xabarlar (yoki so‘rovlar) yordamida boshqarish mumkin.
VORISLIK
Vorislik – bu shunday jarayonki, unda bir obyekt boshqasining xossalarini o`zlashtiradi. Vorislik orqali mavjud sinflar asosida hosilaviy sinflarni qurish mumkin bo`ladi.
Sinf-avlod – o`zining ota sinfdan (Sinf-ajdod) berilgangan va funksiyalarni vorislik bo`yicha oladi, hamda ular qatoriga faqat o`ziga xos bo`lgan qirralarini amalga oshirilgan imkon beruvchi berilgan va funksiyalarni qo`shadi. Ajdod sinfdagi himoyalangan berilgan-a’zolariga va funksiya-a’zolariga ajdod sinfda murojaat qilish mumkin bo`ladi.
Vorislik asosida bir-biri bilan “ota-bola” munosabatidagi sinflar shajarasini yaratish mumkin.
Tayanch sinf termini sinflar shajarasidagi ota sinf sinonimi sifatida ishlatiladi.
Agar obyekt o`z atributlarini (berilgan- a’zolar va funksiyalar-a’zolari) faqat bitta ota sinfdan vorislik bilan olsa, yakka (yoki oddiy) vorislik deyiladi.
Agar obyekt o`z atributlarini bir nechta ota sinflardan olsa, to`plamli vorislik deyiladi.
Sinf obyektlari
Odatda sinf tavsifida <
|