• Foydalanilgan Adabiyotlar
  • Gatda ma`lumotlar strukturasi va modellari Reja




    Download 20.46 Kb.
    Sana25.01.2023
    Hajmi20.46 Kb.
    #39413
    Bog'liq
    Gat da malumotlar strukturasi va modellari
    kkkkk, parchin mixli birikmalar, Дастурлаш 2 рус, Электроника ва схема 1. ўзб, Веб дастурлашга кириш рус, Веб дастурлашга кириш узб, PPT Presentation, Klasterizatsiya-fayllar.org (1), HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI, Pedagogik faoliyatda muloqot, 2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja, Matematika o\'qitish metodikasi, linux server 5, Doc2111

    Gatda ma`lumotlar strukturasi va modellari

    Reja:
    1. Ma`lumotlar strukturasi
    2. Gat malumotlari
    3. Ma`lumotlar modellari

    Ma’lumotlarni kiritishning muhim bosqichi kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish va taxrir qilish. Hatolarni yoqotish yo’llari birorta yozuvni yokima’lumotlarni umuman o’chirishdan iborat. Demak, ma’lumotlar kiritish paytidahatolar vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik lozim va chiziqlar va maydonlarni diqqatbilan kiritilishga e’tibor berilishi lozim.Ma’lumotlarni kiritish paytida ekranda hosil bo’lgan tasvirni diqqat bilan kuzatish maqsadga muvofiqdir. Ohirigacha chizilmagan chiziq yoki ochiq qolgan maydon xato borligini bildiradi.


    Noto’g’ri parametrlarni o’rnatish  natijasida ham hatolar vujudga kelishi mumkin va shunday xatolarni sistematik tabiati, ya’ni bir xil miqdor yoki tartibda takrorlanishi tufayli aniqlash va to’g’irilash osondir. Shunday xatolarni tasvirning shakli buzilishi, misol uchun, masshtab noto’g’ri belgilanishi natijasida birorta yo’nalishda shaklni cho’zilib yoki kichrayib ketishi orqali aniqlash mumkin.
    Ko’rinib turibdiki, haqiqiy koordinatalar o’rniga 0 yoki juda katta miqdordagi ko’rsatkich kompyuterning dasturi yoki  vositasi xatosi tufayli kiritilsa shunday vaziyat hosil bo’ladi. Ikki marta chiziq yoki nuqta taqqoslanib kiritilsa, chiziq ohirigacha yetkazilmasa, nuqtalar birlashtirilmay qoldirilsa, paydo bo’lgan xato operatorning xatosidir va ishni qayta bajarish lozimdir.
    Xaritaning topologiyasi chiziqlarni birlashtirishini, ayrim shakllarni barpo etish va nuqtalarni maydonlar ichida joylashtirishini bildiradi. Dasturlar shunday ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan va bir biriga yaqin bo’lgan nuqtalarni avtomatik yo’l bilan birlashtirishga harakat qiladi.
    Ma’lumotlar aniqligi deb ularning fazoviy joylashishining aniqligini tushunish kerak, ya’ni xaritadagi ob’ektning joylashishi haqiqiy joylashishiga nisbatan tekshiriladi. Raqamli tarzga aylantirilgan xaritada albatta “eng aniq xaritaga” nisbatan hatolar mavjud. Tuzilayotgan xaritaga nisbatan aniqligi yuqori bo’lgan xarita yoki dalada yuqori aniqlikdagi olingan ma’lumotlar bilan solishtirish yo’li bilan fazoviy joylashish hatosini aniqlash mumkin.
    Shunday tekshirishlar va to’g’rlashlarni avtomatik ravishda bajarish imkoni bor, chunki ma’lumotlar komp’yuterning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan va geografik axborotni idora qiluvchi tizim shunday ishlarni bajarib bera oladi.
    Albatta xaritaning muhim bo’lgan matematik elementlari to’g’ri belgilangan holda komp’yuterga kiritilish kerak. Raqamli xaritaning aniqligi va sifati uni yaratish uchun manbaa sifatida ishlatilgan xaritaning masshtabi va proektsiyasiga, maz’munining tuzilish asoslariga bog’lik holda bo’lgani tufayli undan yaxshiroq bo’la olmaydi. Xaritadagi elementlarni raqamli tarzga aylantirishda nuqtalar orasidagi masofa joydagi 10 metrdagi masofadan kam bo’lmasa, shunday xaritadagi ma’lumotlardan foydalanib aniqligi yuqoriroq bo’lgan xaritalar bilan solishtirish mantiqqa to’g’ri kelmaydi.
    Demak raqamli xaritalarda qog’ozda chop etilgan xaritalardagi hatolarga o’xshash xatolar mavjud, va ularning taqsimlanish tabiati va qonunlari bor. Raqamli xaritaning shu sababli imkoniyat va sifatlarini to’g’ri tasavvur qilingani maqsadga muvofiq.
    Tez-tez uchrab turadigan xatolarning misollari: geografik ma’noga ega bo’lmagan kichik poligonlar, «osilib turgan» nuqtalar, ohirigacha olib borilmagan chiziqlar. Shunday xatolarni aniqlab, ularni darhol tuzatish kerak.
    Hatolarning tabiati bir necha guruhga bo’linadi: operatorning hatolari; dasturlashning xususiy hatolari Hatolarni kanday kilib topish mumkin? Tajriba shuni ko’rsatadi, raqamli  tarzga aylantirishda oddiy shartlarga ko’ra ish olib borilsa, hatolarning oldini olish mumkin, ya’ni: poligonga rang berish; printerdan chiqarib manba bilan solishtirsh; hamma bor yozuvlarning poligonlarga va chiziqlarga mos kelishini tekshirish.
    Aniqlik va to’g’rilikni aniqlash yo’llari quyidagilar: ob’ektlarning joylashishi yoki boshqacha aytganda ularning koordinatalari yuqori aniqlikka ega bo’lgan xarita bilan yoki GPS kuzatishlar natijalari bilan taqqoslash yo’li bilan tekshiriladi; atributlarinng to’g’riligini, ya’ni tegishli ob’ektlarga mosligini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasida tekshirishni avtomatik ravishda ham bajarish mumkin; man’baning masshtabi ma’lumotlarning aniqligiga ta’sir kiladi. Kartografik tasvir umumlashtirilgan tabiatga ega bo’lgani sababli ob’ektlarning joylashishi va
    klassifikatsiyasi aniqlikka katta ta’sir ko’rsatadi. Agarki mayda masshtabli man’badan foydalanilgan bo’lsa, hosil bo’lgan raqamli ma’lumotlarni yirik masshtabli xarita bilan solishtirish noto’ri.
    Ko’p hatolarning vujudga kelishining sababi raqamli tarzga aylantirish usullar va jarayonlardan noto’ri foydalanilgandan kelib chiqadi. Ayrim hatolar ma’lumotlarning qayta ishlash, saqlash, idora qilish va taxlil qilish paytida oshib boradi.ma’lumotlar aniqligi deb xisoblangan ko’rsatkichlarining haqiqiy ko’rsatgichlarga yaqinligi. Fazoviy ma’lumotlar ko’pincha umumlashtirilgan va shu sababli ularning haqiqiy ko’rsatkichlarini aniklash oson emas. Amaliyotda kuzatilgan yoki o’lchangan ko’rsatkichlar haqiqiy deb faraz qilinadi. Misol uchun, raqamli ma’lumotlarga ko’ra poligonning chegarasi uzunligini hisoblash vazifasida aniqlikni tekshirish maqsadida ushbu ko’rsatkich man’ba xaritadagi hisoblangan chegarasi bilan solishitiriladi. SHunday chegaralarni dalada tekshirish imkoni yo’k, chunki ular haqiqatda yo’q. SHundan kelib chiqadiki, ma’lumotlar bazaning aniqligi va undagi ma’lumotlar asosida xisoblangan natijalar anikligi bir xil bo’lmaydi.
    Joylashish aniqligi ob’ekt joylashish to’g’risidagi axborotini hakikiy koordinatalarga mosligini bildiradi. Misol uchun, xaritada ob’ektlar 0.5 mm aniqligi bilan ko’rsatiladi va joyda agar 1:25000 masshtabdagi xaritadan foydalanilgan bo’lsa bu 12,5 metrga to’g’ri keladi, agar 1:250000 masshtabdagi xaritadan foydalanilgan bo’lsa bu 125 metrga to’g’ri keladi. Ma’lumotlar bazasida 1:25000 masshtabadgi xaritalardan olingan ma’lumotlar shartli aniqligi 0,01, 0,01, 0,001 ga teng deb xisoblasa bo’ladi. Joylashish aniqligini qanday qilib tekshirsa bo’ladi? Yuqori aniqlikka ega bo’lgan man’badan foydalanish kerak va ular yirikroq masshtabdagi xarita;
    Xaritani raqamli tarzga aylantirish usullariga ko’ra hatolarning bir necha turi mavjud: hato hakikiy chiziq va uning raqamli tarzga aylantirilgan chizig’i solishtirish yo’li bilan hisoblanadi;registratsiya hatosi va kontrol nuqtalar joylashish hatosi ma’lumotlar bazasi aniqligiga katta ta’sir ko’rsatadi; koordinatalarni qayta ishlash natijasida hatolar paydo bo’ladi; atributlardagi hatolar daladagi ko’zatishlar va ularni qayta ishlash natijasida
    vujudga keladi, lekin hamisha qayta ishlash natijalarni dalada tekshirib bo’lmaydi. Aerosuratdan olingan ma’lumotlar ham hato bilan bo’lishi mumkin. Xaritani yaratish jarayoni shunday hatolarga olib keladi: mazmun va ko’rsatkichlar umumlashtiriladi;chiziqlar to’g’rilab chiziladi va elementlar joyini o’zgartiradi. Misol uchun, temir yo’l bilan ustma-ust tushmasligi uchun ko’pincha avtomobil yo’lning joyi o’zgartiriladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarishda geografik axborot tizimining o’rni. 
    Foydalaniladigan ma’lumotlarning eng muhim belgisi – bu uning raqamli yoki raqamsiz shaklda olinganligi, u yoki bu shakllarda olingan ma’lumotlarning saqlanishi va foydalanilishi, GATning raqamli muhitga ushbu ma’lumotlarni kiritish aniqligi va qiymati, yangiligi nimaga bog’liqligi va hokazolardir.
    Ma’lumotlar bazasining mavzuli tarkibini shakllantirish uchun birlamchi ma’lumotlar manbalari sifatida geografik xaritalardan foydalanish qator sabablarga ko’ra qulay va samaralidir. Xaritadan olingan ma’lumotlar quyidagi afzalliklarga ega:
    – aniq hududiy bog’lanishga ega ;
    – istalgan shaklda axborotlarni kompyuterda saqlash uchun mumkinlik
    darajasiga ega. Kartografik manbalar juda ko’pligi va turli-tumanligi bilan farqlanadi.
    Umumgeografik va topografik xaritalardan tashqari o’nlab va hatto yuzlab tipdagi turli mavzuli xaritalar mavjud. Xaritalar, seriyalar va majmuaviy atlaslarning rolini alohida qayd qilish zarur, chunki bu yerda ma’lumotlar bir xillikda, tizimlashtirilgan, o’zaro kelishilgan shaklda keltiriladi. Bunday xaritalar to’plamlari ayniqsa mavzuli ma’lumotlar bazasini yaratishda muhimdir.
    Shu sababli bugungi kunda amalda qo`llanilayotgan va foydalanilayotgan GATlarning ko`pchiligi o`lchash natijalarini ishlab chiqishga va ularni tahlil qilishga mo`ljallangan. GAT bilan ishlayotganda kompyuter ekranida bir yoki bir nechta Sizni qiziqtirgan kartani (yoki plan-sxemani) ko`rishingiz mumkin. Ish jarayonida tasvirning detallashaganlik darajasini oson o`zgartirish, ayrim elementlarini kichiklashtirish yoki kattalashtirish mumkin. Masalan shaharda biror bir uyni, uning podezdini, atrofidagi obyektlarni ko`rishimiz mumkin.
    Bundan tashqari ma`lumotlarning mavzuli tarkibi bo`yicha boshqarish ishlarini ham olib borish mumkin, masalan, foydali qazilmalar kartasida ish paytida kerakli bo`lmagan ba`zi foydali qazilmalar tasvirlangan xatlarni o`chirib qo`yish; zarur bo`lgan qatlamlarni esa paydo qilish mumkin.
    Biror obyektni belgilab u haqida ma`lumot olish mumkin: masalan, binoning narxini, kimga qarashli ekanini, qanday holatda ekanligini, obyektning o`lchamini, shahar asosiy muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko`rsatkichlarni kompyuter monitorida bevosita o`lchash ham mumkin.
    GAT da maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan obyektlar ko`rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va tizimli avtomatik ravishda talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo`lmagan va temir yo`l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalarini, 1 km dan oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko`rsatilsin va h.k.
    Maxsus vositalar orqali ma`lumotlarni analitik qayta ishlab, qiyin masalalarni ham echish mumkin, ya`ni real borliq modelini hosil qilish. Masalan, truboprovod trassasida ro`y beradigan portlashlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo`lini tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash va unga qarab rejalarni belgilash.
    Ma’lumotlarni to’plash bilan bir qatorda ularni saqlash va qayta ishlash, ya’ni zaruriy tartibda boshqarish kerak. Buning uchun maxsus dasturiy ta’minot talab qilinadi. GAT ning ko’pgina mavjud dasturiy vositalarida yetarli darajadagi samarali yondashuvlardan foydalaniladi. Bu yondashuvlar asosan ma’lumotlar bazasi (MB) ko’rinishidagi ma’lumotlarni tashkil etishga, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) nomini olgan boshqariladigan dasturiy vositalarga asoslanadi. Ma’lumotlar bazasi deganda, odatda «amaliy dasturlarga bog’liq bo’lmagan, ma’lumotlar izohi, saqlanishi va o’zgartirilishini ko’zda tutuvchi, ma’lum bir tartib-qoida asosida tashkil etilgan ma’lumotlar to’plami», ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
    deganda esa ma’lumotlar bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun zarur bo’ladigan dasturlar hamda til vositalari tushuniladi. Demak, ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun maxsus dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Zamonaviy MBBT, jumladan GAT dasturiy ta’minotida foydalanilayotgan tizimlar ham ma’lumotlarni talab darajasida tutib turadigan modellarning tiplariga qarab ierarxik, tarmoqli va relyatsion turlarga bo’linadi. Relyatsion tipdagi MBBT fazoviy ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda ularning nisbiy yoki jadvallar ko’rinishidagi tavsiyalarini keltirishga imkon beradi. MBdagi ma’lumotlarni o’zgartirishning qulayligi MBBTning til vositalari bilan uzviy bog’liqdir. Bunda MBBT dan foydalanuvchiga katta imkoniyatlar berilgan. Bunday imkoniyatlar GAT ning MB ga fazoviy so’rovlarni kengaytirishga, ushbu holatga moslashtirishga zamin yaratadi.
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish jarayonida ularni tahlil qilish bloki GATning 3 ta yirik moduli (kiritish, qayta ishlash va chiqarish) ishida muhim bo’lib, u geoaxborot texnologiyasining yadrosi sanaladi. Boshqa barcha operatsiyalar uning asosiy analitik va modellashtirilgan funktsiyalarining servis qismi sifatida e’tirof etilishi mumkin. SHunday qilib, GATda ma’lumotlar bazasini to’g’ri boshqarish ulardan samarali foydalanishga imkon beruvchi MBBTni yaratish bilan uzviy bog’liqdir.
    Foydalanilgan Adabiyotlar

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 sentyabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2045 sonli qarori.


    2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi 255-sonli qarori
    3. T.X.Boltaev va boshqalar. Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari. O’quv qo’llanma. Tashkent. “Iqtisod-Moliya”. 2016y. 
    Download 20.46 Kb.




    Download 20.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gatda ma`lumotlar strukturasi va modellari Reja

    Download 20.46 Kb.