• АҚШ давлати хозирда аниқ ва индивидуал тиббиётни ривожлантириш учун 1000000 одам геномини ўрганмоқчи
  • Агарозный электрофорез
  • Секвенирование ДНК по Сангеру Mavzu: Genomika fanining yutuqlari Reja
  • Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/101
    Sana21.02.2023
    Hajmi4.83 Mb.
    #43090
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101
    Bog'liq
    O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
    asosiy texnologik jarayon va qurilmalar
    Одамнинг Геном лойихаси
    1000 ГЕНОМ ЛОЙИҲАСИ 
    100 000 ГЕНОМ ЛОЙИҲАСИ 
    2008 йил бошланган. 14 та популяцияга
    тегишли
    1092
    та
    индивид
    сексвинс
    қилинган. Лойиҳа қиймати 30-50 млн.
    АҚШ доллари.
    2012 йил Буюк Британияда бошланган.
    АҚШ давлати хозирда аниқ ва индивидуал
    тиббиётни ривожлантириш учун 1000000 одам 
    геномини ўрганмоқчи
    Genomikaning uslublari: 

    Polimeraza zanjirli reaksiyasi (PZR) 

    Elektroforez 

    Xromatografiya 

    DNKni sekvenslash 

    DNKni kartalash. 


    20 
    Агарозный электрофорез
    • Гель загружается образцами 
    порезанной ДНК и
    прогоняется под 
    электричеством от 5 минут 
    до 2-3 часов
    • Затем гель окрашивается 
    раствор бромида этидия, 
    который связывается с ДНК
    – Это вещество светится под 
    ультрафиолетовой лампой
    Секвенирование ДНК по Сангеру
     
    Mavzu: Genomika fanining yutuqlari 
    Reja: 
    1. Genomika fanining yutuqlari 
    2. 
    Mamlakatimiz seleksionerlarining ulkan yutuqlari
    3. Fanning fan taraqiyotidagi o‘rni 
    Mamlakatimiz seleksionerlarining ulkan yutuqlari 
    Saxovatli zaminimizda yetishtirilayotgan noz-ne’matlar butun dunyoga ma’lum va mashhur. 
    Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo‘jaligi tubdan isloh 
    qilinib, g‘alla mustaqilligiga erishildi. Paxta yakkahokimligidan voz kechish uni yetishtirishni 
    yanada takomillashtirish, yangi serhosil navlar yaratish, tola sifatini yaxshilash imkonini berdi. 
    Dunyo bozorida mamlakatimizda yetishtirilgan paxtaga talab muntazam ortib borayotgani 
    buning 
    yorqin 
    tasdig‘idir.


    21 
    Talab yuqori bo‘lgan oppoq, tolasi uzun va pishiq paxta navlarini yetishtirishni maqsad qilgan 
    mamlakatimiz 
    olimlari 
    bu 
    boradagi 
    ishlarga 
    salmoqli 
    hissa 
    qo‘shmoqda.
    Paxtaning turlari ko‘pligiga qaramasdan, yetishtirilayotgan g‘o‘za navlari genetik xilma-
    xilligining cheklanganligi dunyo paxtachiligining global muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
    Jahon seleksionerlari bir necha o‘n yillardan buyon o‘rta tolali g‘o‘za navini yaratish ustida ish 
    olib bormoqda. Chunki ushbu nav tolasining har bir qo‘shimcha millimetri uning qiymatini 
    oshiradi. Biroq tola sifatini yaxshilash jarayonida uning ertapisharlik xususiyati va hosildorligiga 
    putur yetishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida o‘rta tolali paxtaning sifatini yaxshilash, gullashi va 
    ochilishini tezlashtirish, shuningdek, hosildorligini oshirish oson emas. Ushbu vazifani hal etish 
    ko‘p 
    vaqt 
    va 
    mablag‘ 
    talab 
    etadi.
    Mazkur muammoning hal etilishi qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish barqarorligini, qisqa 
    vegetatsiya davrida kichik ekin maydonlarida yuksak samaralarga erishishni ta’minlaydi. 
    Shuningdek, xo‘jalik yuritish faoliyatining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Aynan shu 
    jihatlar olimlarimizni «yangi avlod innovatsion biotexnologiyasi»ni yaratishga undadi.
    Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarining gen-hujayra injeneriyasini 
    rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani olimlarimizga g‘o‘za genomikasi va gen 
    injeneriyasi 
    sohasida 
    olamshumul 
    yangiliklar 
    yaratish 
    imkonini 
    bermoqda.
    So‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va 
    bioinformatika markazi olimlari dunyo ilm-fanida birinchi bo‘lib g‘o‘zaning muhim ahamiyatga 
    ega belgilari, xususan, tola sifati, gullashi, tezpisharligi va hosildorligi, turli biotik va abiotik 
    omillarga chidamliligini ta’minlaydigan genlarni tavsiflab berdi. Shuningdek, g‘o‘zaning ayrim 
    hujayralaridan to‘la qimmatga ega o‘simliklar yaratildi va ilk bor O‘zbekistonning intellektual 
    mulki deb e’tirof etilgan g‘o‘zaning «gen-nokaut» texnologiyasi ishlab chiqilib, amaliyotga 
    tatbiq 
    etildi.
    Ushbu yangi texnologiya an’anaviy paxta seleksiyasining asosiy vazifalarini hal etish imkonini 
    berganini alohida ta’kidlash joiz. Chunonchi, paxtachilik tarixida ilk marotaba o‘rta tolali paxta 
    navidan qisqa muddat ichida agronomik muhim belgilarining asosiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan 
    «Porloq» navlari yaratildi. Bu navlar uzunligi 38-42 millimetr bo‘lgan 1-2 tipdagi yuqori sifatli 
    tolaga ega. Buning asosida mamlakatimizda ushbu yangi turdagi tola narxiga o‘zgartirish 
    kiritildi. 

    oddiy 
    navli 
    tolaga 
    qaraganda 
    12 
    foiz 
    qimmat 
    sotiladi. 
    Xalqaro mutaxassislar «Porloq» navlarining tolasiga yuqori baho bermoqda. Jumladan, «Cotton 
    Incorporated» kompaniyasi vitse-prezidenti Xek Kater (AQSh) bu borada quyidagicha fikr 
    bildirdi: «Porloq» navi tolasining sifatini Kaliforniyada yetishtiriladigan «SJV Asala» g‘o‘za 
    navining eng yaxshi tolasi bilan taqqoslasa bo‘ladi. «Porloq-1» navi tolasini tarash va yigirish 
    orqali 
    yuqori 
    sifatli 
    kalava 
    olish 
    mumkin».


    22 
    Bundan tashqari, markazimiz olimlari tomonidan dunyo ilm-fanida ilk bor g‘o‘za genomida 
    rekombinatsion bloklar o‘lchami uzunligi aniqlandi, tola chiqishi va sifatiga javob beradigan 
    DNK-markerlar identifikatsiya qilindi. Ushbu muhim yutuqlar mamlakatimizda o‘simliklarning 
    an’anaviy seleksiyasini bir necha marta tezlashtiradigan samarali «markerlarga asoslangan 
    seleksiya» 
    (MAS) 
    texnologiyasini 
    yaratish 
    imkonini 
    berdi.
    MAS – o‘simliklar genomi molekulasi (molekulyar marker) asosidagi muayyan belgili 
    seleksiyadir. Marker ma’lum bir xususiyatni aniq belgilaydigan mahsulot hisoblanadi. Masalan, 
    inson tanasiga xos bo‘lgan turli chandiq, xol va boshqa belgilar shaxsni tanish uchun “markerlar” 
    vazifasini o‘tashi mumkin. Boshqacha aytganda, bunday molekulyar markerlar yordamida 
    mavsum boshidayoq eng yaxshi ekinlarni saralab olish mumkin. Yana bir muhim jihat shundaki, 
    molekulyar markerlar yordamida bir o‘simlikda bir necha foydali va zarur genlarni jamlash 
    imkoniyati 
    mavjud.
    MAS texnologiyasi an’anaviy seleksiyadan farqli ravishda ekin maydonida zararli 
    o‘simliklarga qarshi sarf-xarajatlarni qisqartirish, seleksiya jarayonini bir necha marta 
    tezlashtirish, uning samaradorligi va aniqligini oshiradi. Masalan, seleksioner viltga chidamlilik 
    markeriga ega bo‘lsa, g‘o‘za bargini sinovdan o‘tkazish orqali o‘simlikning kasallikka 
    chidamliligini aniqlashi mumkin. Bunda kasallikka chidamlilikni va kasallik alomatlarining 
    paydo bo‘lishini aniqlash uchun butun g‘o‘za populatsiyasini vilt bilan zararlantirishga hojat 
    yo‘q. Eng muhimi, MAS texnologiyasi qisqa muddatda istalgan nav DNKsiga bir paytning 
    o‘zida genlarning yangi fragmentlari va guruhini kiritish imkonini beradi. Buning samarasida 
    navning moslashuvchanligi, barqarorligi va chidamliligini belgilaydigan genetik xilma-xilligi 
    yanada 
    kengayadi.
    O‘tgan davrda markazimiz olimlari tomonidan g‘o‘za genlari uchun dastlabki molekulyar 
    markerlar to‘plami yaratildi va ularning xo‘jalik-qiymat belgilari bilan genetik bog‘liqlik darajasi 
    tadqiq etildi. Ushbu tadqiqotlar turli mamlakatlardagi g‘o‘za navlarini taqqoslash va O‘zbekiston 
    yangi navlarining o‘ziga xosligini molekulyar darajada isbotlash imkonini berdi. Shu bilan birga, 
    bu boradagi natijalar mamlakatimizda ekiladigan navlarning molekulyar va genetik xilma-
    xilligining kamligini ham ko‘rsatdi. Bu kelgusida yurtimiz paxtachiligida yuzaga kelishi mumkin 
    bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida ekiladigan navlarning genetik bazasini 
    kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni taqozo etmoqda.
    Buning samarasida qisqa muddat ichida 4-5-tipdagi tolaga ega bo‘lgan “Andijon-35” va 
    “Mehnat” navlari negizida “Ravnaq-1” va “Ravnaq-2” navlari yaratildi. Ayni paytda sifatli (3-
    tipdagi) tola va yuqori hosildorligi bilan ajralib turadigan ushbu navlar davlat tomonidan 
    sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo paxta seleksiyasida MAS 
    texnologiyasi muvaffaqiyatli qo‘llanayotganining dastlabki samarasidir. “Porloq” navlari gen 
    injeneriyasi yutug‘i bo‘lsa, “Ravnaq” navlari gen injeneriyasi qo‘llanilmagan, foydali agronomik 


    23 
    belgilar uchun javob beradigan genom uchastkalarining aniq seleksiyasi asosidagi zamonaviy 
    seleksiyaning 
    namunasidir.
    Ayni paytda markazimizda yigirmadan ortiq yangi MAS genotipi yaratildi. Ular o‘z genomlarida 
    tola sifati, ertapisharligi, yuqori hosildorligi va viltga chidamliligi bo‘yicha paxtachilik 
    seleksiyasida hozircha foydalanilmagan yangi genetik belgilarga ega. G‘o‘zaning ushbu yangi 
    navlari bosqichma-bosqich takomillashtirilib, keng ko‘lamda davlat sinovidan o‘tkazish uchun 
    taqdim etiladi. MAS navlarining joriy etilishi esa mamlakatimiz paxtachiligini barqaror 
    rivojlantirishni 
    ta’minlashi 
    shubhasiz.
    Eng muhimi, bunday zamonaviy texnologiyalarning qishloq xo‘jaligi seleksiyasi 
    amaliyotiga joriy etilishi dunyo miqyosida O‘zbekiston seleksiya ilm-fanining nufuzi va 
    raqobatbardoshligini oshiradi. Ayni paytda markazda MAS texnologiyasi bug‘doy va uzum 
    navlarini yaxshilash uchun ham qo‘llanilmoqda. Kelajakda qishloq xo‘jaligi ekinlarining gen-
    nokaut va MAS navlarini yaratish uchun yangi texnologiyalarni joriy qilish davom ettiriladi.
    Davlatimiz tomonidan bu boradagi ishlar qo‘llab-quvvatlanib, innovatsion faoliyatni yanada 
    rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani hamda ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni hal 
    etishga qodir iste’dodli yosh olimlar yetishib chiqayotgani biotexnologik tadqiqotlarni 
    chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi fanini yuksaltirish, xalqimiz hayot darajasi va sifatini oshirish, 
    pirovardida Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. 
    Prokariot hujayralar yagona DNK genomini saqlovchi gaploid organizmlardir. Prokariot 
    hujayra DNKsi hamma oqsil va nuklein kislotalarni kodirlab xromosoma tarkibiga kiradi. 
    Masalan, E.coli yagona xromosomaga ega bo‘lib, u DNK, RNK va oqsil komplekslarini o‘zida 
    saqlaydi. DNK uzuksimon (yoki halqasimon) molekulaga ega bo‘lib, 4,6x10
    6
    juft asos yoki 
    4600kv (k=kilo=ming, v=base-asosni) saqlaydi. Uzuk diametri taxminan 1mm. dagi uzuksimon 
    molekula diametri 1mkmga teng bo‘lib, DNKsi hujayrada ixcham holda joylashgan. 
    Eukariot hujayralar prokariot hujayralaridan murakkab tuzilgan bo‘lib, diploid holda 
    bo‘ladi. E.colidan nematodalar DNKsi taxminan 40 marta, salamandrlar DNKsi 40000 marta 
    katta. Odam hujayrasi DNKsi E.colidan 700 marta katta. Eukariot hujayralarda DNK hujayra 
    yadrosining alohida fragmentlari bo‘lishi xromosomalarda joylashgan. DNK 400 dan (achitqida) 
    100000 kv (odamda) asosga ega. Agar ikki zanjirli DNKni bir chiziq bo‘ylab tizib chiqsak, u 
    juda uzayib ketgan bo‘lar edi. (masalan, odam hujayrasida 1,74m). shuning uchun xromosomalar 
    kuchli kondensirlangan strukturaga ega, aks holda u yadroga sig‘magan bo‘lar edi. Eukariot 
    hujayra DNKsi strukturasi jihatidan prokariot hujayra DNKsi strukturasiga juda o‘xshaydi. Ular 
    bir-biridan molekulasining uzunligi va spetsifik nukleotid ketma-ketligining joylashuvi bilan farq 
    qiladi. Masalan, E.coli 2000 struktura genga ega bo‘lib, har birining uzunligi 1500 juft asosga 
    teng. Odam genomi 3x10
    6
    genga ega bo‘ladigan bo‘lsa, bu 50000 atrofidagi juft asosga ega 


    24 
    bo‘ladi. har xil organizmlarda genlar sonini har xil baholash mumkin, genning o‘rtacha uzunligi 
    1 kvga teng.

    Download 4.83 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   101




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish