Genlar ekspressiyasi regulyasiyasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Genlar ekspressiyasi regulyasiyasi 
Genning oxirgi mahsuloti oqsil bo‘lganligidan uning regulyasiyasi bevosita oqsil sintezini 
nazorat qilish mexanizmi kalitidir. Ichak tayoqchasi xromosomasi DNKsining kattaligi, tRNK va 
rRNKlar hisobga olinmaganda taxminan 3000 oqsilni kodirlash uchun etarli. Ammo bir vaqtning 
o‘zida faqat 1000tagina oqsil sintezlanadi. Insonning 46 xromosomasidagi kodirlanadigan 
oqsillar soni 10-100 marta ortiq, lekin bu erda ham bu oqsillarning hammasi ham har doim sintez 
qilinmaydi. SHu bilan bir qatorda genlar ham polipeptid zanjirini hosil qilmaydi
ekspressiyalanmaydi. Ekspressiya – bu genda yozilgan informatsiyaning oqsil shaklida amalga 
oshishidir. 
Jonli hujayra oqsillar sintezini idora qilish qobiliyatiga ega, ba’zi oqsillar faqat ularga 
ma’lum bir sharoit tug‘ilgandagina sintezlanadi. Manna shunday nazorat mexanizmini 
tushuntirish uchun 1961 yilda ikki ulug‘ fransuz olimlari F. Jakob va J. Mono genlar induksiyasi 
va repressiyasi nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya so‘ngra yana takomillashib, juda ko‘p 
tajribalar bilan tasdiqlandi. 


30 
Jakob va Mono E. solining v - galaktozidaza faolligining induksiyasini tadqiq qilish 
asosida operon gipotezasini ishlab chiqdilar. Bu gipotezaga binoan oqsil sintezi regulyasiyasi 
bakteriyalarda asosan genlar transkripsiyasi, ya’ni mRNKning hosil bo‘lishi sur’atini nazorat 
qilish yo‘li bilan bajariladi. Jakob va Mono o‘z tajribalarida o‘rgangan laktozani 
induksiyalaydigan uchta ferment v– galaktozidaza, galaktozid permeaza va A oqsilni kodirlovchi 
genlar z, y, a genlar struktura genlari hisoblanadi va operator uchastkasi Bilan birgalikda las – 
operon deb nomlanadi. 
Induksiya va repressiya nazariyasiga ko‘ra, gen bu modelning genetik elementlari, ya’ni 
DNKning ma’lum bir chegaralangan segmenti, regulyator gen, operator gen va struktura 
genlaridan tashkil topgan. Struktura genlari regulyator genining ekspressiyasi tufayli nazorat 
qilinadi. (Struktura genlari – bu oqsillarni kodirlovchi genlar). Bu funksiyani regulyator gen – 
repressorlarni sintez qilish yo‘li bilan ta’minlaydi. Repressor – bu oqsil bo‘lib, gen 
transkripsiyasini bloklab qo‘yadi. Las – sistemada repressor tetramer oqsil tuzilishga ega bo‘lib, 
u las – repressor deb nomlanadi. Repressor DNKning ma’lum bir uchastkasidan joy olgan 
operator Bilan bog‘lanib, struktura genlarning transkripsiyasiga ruxsat bermaydi. Struktura 
genlarining bu holati, ularning repressiyalangan (ya’ni jabrlangan holati) deb ataladi. Gen 
ishlashi uchun repressor faolsizlanishi lozim. Bu funksiyani induktor (ko‘pincha gen ta’sir 
etadigan substrat) bajaradi. hujayrada substrat bo‘lmasa genning ishlashi ham kerak emas. 
Muhitda induktor paydo bo‘lishi bilan gen ishlay boshlaydi vash u substratdan foydalanish 
uchun lozim bo‘lgan ferment (uni induksiyalangan ferment deyiladi) sintezlanadi. Repressorning 
operator bilan bog‘lanadigan joyi promotor bilan struktura genlari orasi hisoblanadi. DNK 
molekulasining bu genlar yonida boshqa ingibirlovchi uchastka ham bor, u repressor regulyator 
oqsilining aminokislota qatorini kodirlash orqali struktura genlari z, y va a ni ingibirlab turadi. 
DNK molekulasida YAna bir mahsus regulirlovchi uchastka bor: u promotor uchastkasi 
deb atalib, r bilan belgilanadi. Promotor uchastkasi transkripsiyani initsirlash qobiliyatiga ega 
bo‘lib, uning vazifasi RNK polimerazani bog‘lashdir. U operator gen oldida joylashga. DNKga 
bog‘liq RNK polimerazani bog‘lanadigan joyi promotorligi start nuqtasidir. Repressorni operator 
bilan bog‘lanishi tufayli RNK-polimeraza promotor bilan birika olmaydi, natijada transkripsiya 
blokirlanadi. DNK molekulasining regulyator uchastkasida operatorlar – regulyator oqsillarni 
taniydigan joy, promotorlar initsiatsiya (struktura gen ish boshlaydigan joy) ni boshlaydi. Ba’zi 
vaqtlarda shu qismga «ijobiy» nazorat qilinadigan elementlar (masalan, siklik AMF, KFO 
kattabolitik faollovchi oqsil) kompleks ham kiradi. Manna shu uchastkalarning hammasi 
struktura genlari, promotor va bitta operatordan iborat funksional birlik «operon» ni hosil 
qiladilar.


31 
Transkripsiya qilinayotgan gen (yoki genlar) tugagani haqida DNK matritsada 
asoslarning mahsus terminlovchi qatori signal beradi. Transkripsiyaning tugashi uchun r harfi 
bilan belgilangan spetsifik oqsil ham kerak. 
Struktura genlari initsiyalovchi kodondan boshlanib, terminirlovchi kodon Bilan tugaydi. 
Promotor DNKga bog‘liq bo‘lgan RNK polimerazani, operator regulirlovchi molekulalarni 
bog‘laydi. 
Eng yaxshi o‘rganilgan operon ichak tayoqchasining laktoza operoni – las – operondir. 
Laktoza operonining barcha promotor operatorli uchastkasi ajratib olinib, uning nukleotid qatori 
aniqlangan. Umumiy uzunligi 122 qo‘sh asoslar bo‘lib operator 1/3, promotor 2/3 qismni tashkil 
qiladi. Operator Bilan struktura genlari orasida 162 qo‘sh nukleotidlardan iborat «lider qatorlik» 
joylashgan, uning ma’lum bir qismi attenyuatr deb ataladi. Attenyuatr uchastkasi gen 
transkripsiyasida operatorni to‘latadi. qoidaga binoan atteyuatrda, agar qandaydir stimulyatorlar 
to‘sqinlik qilmasa, transkripsiya tugaydi. Operonda nazorat ostida bittadan gen ham bo‘lishi 
mumkin. Laktoza operonida 3 ta birin-ketin keladigan genlar (v– galaktozidaza, permeaza, 
transatsetilaza) uchta ayrim start, terminal kodonlar tashuvchi bitta mRNK sifatida transkripsiya 
qilinadi. Bittadan ko‘p oqsilni kodirlovchi mRNK molekulasi politsistron (yoki poligen) 
transkript deb ataladi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish