32
yagona DNK si 4 x 10 qo‘sh nukleotidlardan iborat. Har bir aminokislotani birin-ketin
keladigan uchta asos (triplet) kodirlaganidan va genetik kodda ularni ajratib turadigan vergullar
bo‘lmaganidan, 350 aminokislota koldig‘idan tuzilgan o‘rtacha oqsilni kodirlash uchun 1050
qo‘sh nukleotidlar to‘g‘ri keladi.
Bunday hisobda E. colida mavjud bulgan 4 million qo‘sh
asoslar 3800 genlarni kodirlash uchun etarli bo‘ladi (4 x 10
b
: 1050 = 3800). Gen strukturasida
regulyator qatorlar va genlar orasida kodirlamaydigan uchastoklar (speyserlar) borligini hisobga
olinganda genlarni soni kamroq bo‘lishi kerak.
Eukariotik DNK da genlarni tashkil etilishi struktura va funksiya jihatidan xam ancha
murakkab. Sichqon va boshqa ko‘p organizmlarda o‘tkazilgan tajribalar ularning
xromosomalarida juda ko‘p takrorlanadigan
qatorlar mavjud ekanligini, prokariotlarda ularning
yo‘qligini tasdiqladilar. Bu takrorlanishlarning kichik (10 asosdan kam) qatordan tashkil
topganlari milliondan ortiq bo‘liipsh mumkin. Ular
yuksak takrorlanishlaratalib,
sichkon DNK
sining 10% ini tashkil qiladi. 10000 marta dan kam bo‘lmagan o‘rtacha takrorlanishlar yana
20% egallaydi va qolgan 70 foizi DNK ning unikal (yagona) qismiga to‘g‘ri keladi. Turli
eukariotlarda yuksak va o‘rtacha takrorlanadigan qatorlar soni turli turlarda farqlidir.
Gaploid genomdagi DNK ning miqdori organizmlarning evolyusion zanjirdagi o‘rniga bog‘liq
emas. Bir qator yaqin turadigan turlarda xam DNKning mikdori keskin farqlanishi mumkin.
Ma’lumki, barcha DNK ning faqat ozgina qismigina haqikatdan oksillarni kodirlaydigan DNK
dir. Xromosomadagi DNK ning ko‘p qismi oqsillarni kodirlamaydi. DNK ning qo‘sh zanjiri
yuzasida juda ko‘p oqsillar sochilib yotadilar. Ular nukleotidlarning spetsifik qatorini taniydilar
(regulyator oqsillar). Masalan, oqsil
repressorDNK bilan bog‘lanib laktoza metabolizmiga
javobgar bir butun genlar klasteri (oilasi) sintezini to‘la ingibirlaydi.