33
bo‘lib, ma’lum erlaridan ori-sayt (Origin-replikatsiyani boshlanishi) boshlanib,
DNK zanjiri
ikkiga ajralgan ayri qarama-qarshi tomonlarga harakatlanadi. Eukariotlarda ori-saytlar ko‘p
miqdorda bo‘lganligi uchun replikatsiya DNK molekulasining ko‘p qismlaridan boshlanishi
aniqlangan. DNK molekulasida AT jufti qaerda ko‘p bo‘lsa, o‘sha nuqtalarda replikatsiya
boshlanadi, chunki GS juftidagi bog‘ni uzishga nisbatan AT bog‘larni ajratish osondir.
Replikatsiyaning initsiatsiyasi
Hujayralarning bo‘linishi DNK molekulasini replikatsiyasiga sababchi bo‘ladi. DNK
molekulasini ikkiga ajralishi xelikaza fermenti ta’sirida bo‘ladi.
Bu ferment DNK molekulasi
orasida joylashib,
zanjirni despirallab, ikkiga ajratadi. Mazkur jarayon ATF ishtirokida sodir
bo‘ladi. DNK molekulasidagi zanjirning echilishi juda tez va muttasil bo‘lganligi
uchun DNK
molekulasining ayrim erlarida qo‘shimcha bog‘lar hosil bo‘lib qoladi. Bunday bir-birlariga o‘ta
o‘ralib ketgan qo‘shimcha molekulalarni topoizomeraza fermentlari parchalab, yo‘qotib turadi.
Bunday fermentlarni girazalar deb ham ataladi. Ikkiga ajralgan DNK molekulasini stabil, turg‘un
holatda ushlab turadigan oqsillar mavjud bo‘lib, ular
DNK molekulasini qaytadan
rekombinatsiyaga to‘sqinlik qiladi. Mazkur oqsil SSB (single strand binding) deb ataladi.
SHunday qilib, ikkiga ajralgan DNK, hosil bo‘lgan replikativ ayri, ferment va substratlar DNK
replikatsiyasi uchun boshlang‘ich bosqich hisoblanadi.
Replikatsiya jarayonida qatnashadigan oqsillar va ularning vazifalari 10-jadvalda
keltirilgan.
Replikatsiyada qatnashuvchi oqsil xillari
10-jadval