44
initsiatsiyasining omili orasida aloqalarning uzilishi, bir qator xollarda esa RNK – polimerazani
elongatsiyaga nisbatan kompetentlik xolatiga o‘tishi bilan boradi. (masalan, RNK –
polimerazadagi CTD-
domen
ining fosfolirlanishi). Elongatsiya fazasi o‘sib
borayotgan
transkriptning ajralib chiqishi va fermentning matritsadan dissotsilanishi bilan tugaydi
(terminatsiya).
Elongatsiya bosqichida taxminan 18 juft DNK bir – biriga birikib ketgan bo‘ladi. DNK
matritsa ipining taxminan 12 jufti RNK ning o‘sib borayotgan oxiri bilan gibrid spiral xosil
qiladi. RNK – polimerazaning matritsa bo‘ylab oldinga xarakatlanishida uning echilishi ro‘y
beradi, orqada esa DNK juft spiralining tiklanishi amalga oshadi.
SHu bilan bir paytda RNK
o‘sib borayotgan zanjirining navbatdagi bo‘g‘ini va RNK – polimeraza ajralib chiqadi. Bu
ko‘chishlar RNK – polimeraza va DNK nisbiy aylanishi bilan amalga oshishi zarur. Xromatin
transkripsiyasida hujayrada bu jarayonni borishini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun DNK
bo‘ylab bunday aylanishni oldini olish uchun RNK - polimeraza bilan topoizomerazalar xarakat
qiladi.
Elongatsiya asosiy elongirlovchi omillar yordamida amalga oshadi.
Ularsiz jarayon
muddatidan oldin tugab qolishi mumkin edi.
Oxirgi paytlarda regulyator omillar xam elongatsiyani boshqarishi mumkinligini
ko‘rsatuvchi ma’lumotlar xam paydo bo‘la boshladi. RNK – polimeraza elongatsiya jarayonida
genning muayyan uchastkalarida tanaffuslar qiladi. Bu xolat substratlarning past
konsentratsiyalarida aniq – ravshan ko‘rinadi. Matritsaning ba’zi
bir uchastkalarida RNK -
polimerazaxarakatlanishida tanaffuslar substratlarning optimal konsentratsiyalarida xam ro‘y
beradi. Bu tanaffuslarning davomiyligi elongatsiya omillari bilan boshqarilishi mumkin.