9-mavzu. Xromosoma. Xromosomaning malekulyar tuzulishi Xromosomalarning molekulyar tuzilishi.Organizmlar xromosomalarining
kariotipi va morfologiyasi. T. Morganning irsiyatni xromosoma nazariyasi. Jins bilan
birikkan holda va belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover jarayoni.
Genetik va sitologik xaritalar. Odam kariotipi va xromosom guruhlari. Xromosoma
va 7-xromosomadagi irsiylanish. Mitoxondrianal DNK va ekstranuklear irsiylanish.
Bakteriya va viruslar genetikasi. Gen ekspressiyasining molekulyar biologiyasi. Gen
regulyatsiyasining molekulyar mexanizmlari. Transformatsiya va transduktsiya.
Genomika, proteomika va transgenezis.
10-mavzu. T.Morganining irsiyati xromosoma nazariyasi. 1910-yilda amerikalik genetik olim
T.Morgan tomonidan drozofila meva
pashshasida olib borilgan tadqiqotlar irsiyatning
xromosoma nazariyasi ni
asoslashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra, genlar
xromosomada chiziqli tartibda joylashgan. Hujayradagi genlarning birikish guruhi
gomologik xromosomalarning gaploid to’plamiga teng ekanligi, bir guruhga birikkan
genlar ikkinchi guruhdan mustaqil ravishda nasldan-naslga berilishi aniqlandi.
1925- yilda
G.A.Nadson va
G.S.Filippov lar achitqi zamburug’ida radiy
nurlari ta'sirida mutaSiyalar olishga muvaffaq bo’ldilar.
1927- yilda esa amerikalik
genetik olim
G.Meller drozofila meva pashshasiga rentgen nurlarini ta'sir ettirib,
ularning irsiyatini o’zgartirish ya’ni mutaSiya’ni sun'iy yo’l bilan vujudga keltirish
mumkinligini isbot etdilar.
XX asrning 20-30 yillarida
S.Rayt, R.Fisher lar populyaSiyalardagi
6
jarayonlarni matematik metodlar yordamida o’rganish mumkinligini asoslab berdilar.