Mavzu: Epigenom va epigentika haqida tushuncha. «Odam epigenomi» loyihasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Mavzu: Epigenom va epigentika haqida tushuncha. «Odam epigenomi» loyihasi. 
REJA: 
1. Epigenom va epigentika haqida tushuncha. 
2. Ongning rivojlanishiga muxitning ta’siri 
3. Har bir genni ikki xil ko‘rinishi va vazifasi. 
O‘zligini anglashni istagan inson borki, genida yashayotgan sirli iqtidor, salohiyatni 
bilgisi, yuzaga chiqargisi keladi, aslida kimning avlodi ekaniga qiziqadi. Bugungi 
suhbatdoshimiz Butunjahon Fanlar akademiyasi a’zosi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-
prezidenti, Genomika va bioinformatika markazi direktori, biologiya fanlari doktori, professor -
Ibrohim ABDURAHMONOV barcha uchun qiziq va sirli bo‘lgan ana shu fan bilan mashg‘ul 
kam sonli olimlardan biri. «Oila davrasida» nashri olim bilan bo‘lgan qiziqarli suhbatni 
e’lon 
qildi
.
Nazarimda, xalqimizda o‘ziga ishonmaslik tuyg‘usi bor. Bu sobiq tuzumning odamlarga 
qilgan jabri, bo‘yniga sirtmoq solgani va shunga o‘xshash omillar sabab paydo bo‘lgan tuyg‘u. 
Agar odamlar o‘zini, o‘zligini anglasa, katta ishlarga qodirligini sezsa, bir joyda depsinib 
turmasdan, olg‘a qadam tashlaydi. Xalqimiz genofondini tekshirganimizda genlarning o‘ta 
qadimiyligi hamda ularda katta kuch, salohiyat yashirin ekanini aniqlaganmiz. Buni xalqqa 
oddiy, tushunarli tilda yetkazishda yozuvchining asari qo‘l keldi. Yozuvchi bilan juda ko‘p bu 
haqda suhbatlashdik, bahslashdik, ishladik. Shu tarzda romanning birinchi nusxasi paydo bo‘ldi. 
Maqsadimiz xalqni, yoshlarni uyg‘otish, o‘zligini anglashga yordam berish, bunga turtki berish 
edi. Qarang, bugun o‘ziga ishonmasligi sabab bolalarimiz qayerlargadir, kimlarningdir qora 
ishini qilish uchun mardikorlikka ketmoqda. Bu bizning millat bolalariga yarashmaydigan ish. 
Aslida ularning genlarida ulkan iqtidor, salohiyat, kuch yashirin. Buni esa, ularning o‘zi anglab 


55 
ololmayapti. Biz juda qadimiy xalqmiz. Biz boshqalarga emas, boshqalar bizga kelib xizmat 
qilishi kerak. Chunki sivilizatsiyaning rivojlanishida ajdodlarimizning o‘rni beqiyos. Bizning 
yurtimiz dunyoda nafaqat siyosiy jihatdan strategik, balki genofondimizning boyligi va xilma-
xilligi tufayli biologik ahamiyatga egadir. Romandan maqsad ana shuni xalqqa yetkazish edi. 
— Ma’ruzalarda, targ‘ibotlarda buni tushuntirishga harakat qilaman, yoshlarni g‘ururliroq 
bo‘lishga chaqiraman. Biroq bu harakatlarim kichkina auditoriyalarda qolib ketadi. Roman esa, 
badiiy tarzda kengroq ommaga yetkaziladi. Bu jihatdan uning kuchi katta. Ayniqsa, qishloqlarda 
juda ulkan salohiyatga ega yoshlar ko‘p. Ammo biron ish haqida o‘ylashganida ularda 
«Uddalolmayman, kulgiga qolaman», degan hadik ustunlik qiladi. Mana shu qo‘rquv yo‘qolsa, 
salohiyat 
yuzaga 
chiqadi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Epigenom va epigentika haqida tushuncha. «Odam epigenomi» loyihasi

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish