59
DNK molekulasidagi azot asoslarining turli xil kimyoviy alkillash asosida hosil bo‘lgan
metillangan birikmalari DNK-glikozilaza degan ferment guruhlari
orqali reparatsiya
qilinadi.SHikastlangan nukleotidlardan azot asoslari ajratilsa ham, uglevod, fosfor qoldiqlari
o‘zgarmaydi. Ajratilgan alkillangan azot asoslari o‘rniga tabiiy azot asoslarini DNK-glikozilaza
fermentlar DNK zanjiriga bog‘laydi.
DNK sintezida xatolik
reparatsiya orqali uzatilmasa, replikatsiya jarayoni to‘g‘ri
kechmaydi. DNK molekulasidagi bunday o‘zgarishlarni mutatsiya deb ataladi. Mutatsiyalar o‘z-
o‘zidan (spontanli) va indutsirlanish asosida bo‘lishi mumkin. Organizmda DNK molekulasida
o‘z-o‘zidan mutatsiya bo‘lish chastotasining ehtimoli juda kam bo‘lib, 10
-5
-10
-8
ga teng. DNK
molekulasidagi mutatsiyalar aksariyat tashqi omillar ta’sirida (radiatsiya, viruslar, kimyoviy
agentlar) sodir bo‘ladi. Genomga ta’sir qiluvchi mutagenlar ichida atrof-muhitning ifloslanishiga
sabab bo‘luvchilar xavfli hisoblanadi. Sanoat chiqindilari suv
va havoni buzilishi genomga
salbiy ta’sir qilishi mumkin. Oziq-ovqatga qo‘shiladigan bo‘yoqlar, stabilizatorlar, yoqimli
ichimli moddalarning ayrimlari mutagen bo‘lganligi uchun ularning
ishlatilishi hozirgi kunda
qat’iy nazoratga olingan. Ko‘pchilik dorivor moddalar ham mutagen bo‘lib, ularning genomga
ta’sir qilishi aniqlanmoqda.