I P O Z Y
............ .... . ... . . ..... ... .. ...... Ген-регулятор Промотор Оператор Лактозали оперон Репрессор молекулалари Лактоза Репрессорнинг нофаол моле- кулалари
-галакто- зидаза
-галакто- зидпермеаза галактозид- трансацетилаза 37-rasm. Lac. Operonning tuzilishi.
Operon strukturali genlardan tashqari o‘z tarkibida gen-operator, gen-regulyator bo‘lib,
oxirgisi oqsil tabiatli repressorni kodlaydi. Gen-operatorga yondosh holda promotor joylashgan.
Bu qism transkripsiyaning initsiatsiyasini boshlang‘ich sayti hisoblanadi. Oqsil-repressor gen-
operator bilan bog‘langanida promotor faoliyati qisman to‘xtatiladi. Bu jarayon o‘z faoliyatida
RNK-polimeraza fermentini promotorga bog‘lanishiga imkoniyat bermaydi, natijada
transkripsiya to‘xtatiladi.
Hujayrada
-galaktozidazaning hosil bo‘lishi laktozani gidrolizlanishiga sababchi
bo‘ladi. Natijada energiya manbai bo‘lgan glyukozaning to‘planishiga olib keladi. Provardida,
transkripsiyaning tezligi va
-galaktozidazaning sintezi laktoza repressor (induktorini) miqdorini
kamaytirib, Lac-operonning faoliyati esa repressiyaga uchraydi. SHunday qilib, genlarning
regulyasiyasi teskari bog‘lanish tizimi orqali amalga oshadi. Mazkur jarayonda markaziy o‘rinni
oqsil-repressor egallaydi. U 4-ta subbirlik va ikkita bog‘lovchi markazdan iborat. Ular laktoza
induktori va gen-operator bilan bog‘lanadilar. Mazkur markazlar bir vaqtda faoliyat ko‘rsatmay,
balki navbat bilan ishlaydi. Agar oqsil-repressor induktor yoki gen-operator bilan bog‘langan
bo‘lsa, induksiya boshlanadi, yoki Lac-operonning faoliyati repressiyaga uchraydi.
Operon vazifasining boshqarilish usullarini yana bir xili aniqlangan. Bakteriyani
glyukozali muhitda o‘stirilsa, laktozali operon faoliyat ko‘rsatmaydi. Bu jarayonda muayyaan
mahsulot glyukozani parchalovchi katobolit bu jarayonni repressiyalaydi. Ma’lum bo‘lishicha,
62
RNK-polimeraza maxsus oqsil CAP (catabolite gene activation protein) orqali promotorga
bog‘lanadi. Mazkur sAMF bilan bog‘langan kompleks katobolit genlarini faollashtiradi.
Glyukozaning katoboliti sAMF ni hosil qilishda ishtirok etadigan adenilatsiklaza fermentini
ingibirlash natijasida kompleks shakllanmaydi, laktozali aperon induksiyaga uchramaydi.