Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Genlar organizatsiyasi 
DNK molekulasi turli funksiyalarni bajaradi. DNK nukleotidlar ketma-ketligini belgilab 
berish, genetik informatsiyani tashish kabi funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda, genlar 
ekspressiyasini, replikatsiyasini ham nazorat qiladi. 
DNK molekulasi funksiyalari bilan yaqindan tanishib chiqish uchun, prokariot hujayra 
genlari eukariot hujayra genlari ularning yaqin turlari va vazifalari bilan tanishamiz. 
Struktura genlari – DNK yoki RNKning ma’lum bir qismi bo‘lib, turli xil oqsil 
aminokislotalarining ketma-ketligini kodirlaydi. YUqori rivojlangan organizm hujayralarida 
struktura genlari 1-5x10
5
ni tashkil qiladi. Struktura genlari viruslarda bor-yo‘g‘i 5-6 gendan 
iborat, prokariot hujayra genomi eukariot hujayra genomining taxminan 0,1%ini tashkil qiladi. 
Prokariot organizm hujayrasi xromosoma DNKsida taxminan 2000-3000 yashirin 
bo‘lmagan genlar DNK bo‘ylab joylashgan. 
Prokariotlar xromosomasida struktura genlari 3 xilasosiy tiplari uchraydi: 
4. 
Mustaqil genlar; 
5. 
Transkripsion birliklar; 
6. 
Operonlar. 
SHular bilan bir qatorda avtonom holda replikatsiyalanuvchi birliklar – plazmidalar ham 
uchraydi. 
Mustaqil genlar – bu shunday genlarki, ularda transkripsiya qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar, transkripsiya aktivligini regulyasiya qiluvchi mexanizmlarga bog‘liq bo‘lmaydi, shu bilan 
ikkita boshqa gen sinflaridan farq qiladi. SHuning uchun bu gen ekspressiyaning konstruktiv 
formasi yoki regulyasiyasiz transkripsiya darajasidagi ekspressiya deb ataladi. 


78 
Speyser DNK genlararo joylashgan bo‘lib, u har doim ham transkripsiyalanmaydi. Ba’zida 
bu DNKning ma’lum bir uchastkalari qo‘shni genlar bilan birgalikda transkripsiya regulyasiyasi 
va initsiatsiyasiga tegishli bo‘lgan informatsiyani saqlaydi. Lekin uning qisqa takrorlanuvchi, 
mo‘l ketma-ketlikka ega bo‘lgan DNKsining roli haligacha aniqlanmadi. 
Transkripsion birliklar yoki transkriptonlar bular bir paytning o‘zida transkripsiyalanuvchi, 
yonma-yon keluvchi genlar gruppasi. Masalan, E. soli da transkripsion birliklar topilgan bo‘lib, 
unga 2 ta tRNK genii va YAna 3 ta har xil rRNK genii kiradi. Transkripsion birliklarda 3 ta, 
hatto 4 tagacha tRNK genlari tez-tez uchratish mumkin, tRNK genlarining bunday joylashuvi 
rRNK genlarining joylashuvi Bilan hech qanday qoida asosida bog‘lanmagan. Bu sinf genlari 
mRNK molekulasida katta butun transkript gen gruppalarini hosil qiladi. Bunday mRNK 
politsistronli mRNK deb nomlanadi. 
Operonlar – bu navbatdagi struktura genlar tartibi bo‘lib, DNKning operator deb 
nomlanuvchi ma’lum bir uchastkasida joylashgan. Misol qilib, eng yaxshi o‘rganilgan operon – 
ichak tayoqchasining operoni – las operonini olishimiz mumkin, las operoni 3 ta struktura 
genlari (Z, Y va A ) hamda regulyator uchastkadan tashkil topgan. DNK regulyator uchastkasi 
o‘z navbatida ikkita ketma-ketlik – promotor va operatordan tashkil topgan. Bundan tashqari
YAna bir gen – regulyator genii oqsil tabiatli moda repressorni kodirlaydi. hujayra hayot 
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ko‘plab metabolitlarni, fermentlarni biosintez yoki metabolizmini 
kodirlovchi genlar shu operonlarda joylashgan. Operonlarda odatda spayserlar bo‘lmaydi. 
Plazmidalar – uncha katta bo‘lmagan har xil uzunlikdagi uzuksimon (halqasimon) DNK 
molekulasiga ega bo‘lgan moddalar hisoblanadi. «Plazmida» deb 1952 yili Lederberg tomonidan 
nomlana boshladi. Plazmidalar moleklyar massasi 1,0x106 dan to 150x106 – 170x106 gacha 
bo‘ladi. Katta plazmidalar 100gacha genga ega. Bunday plazmidalar tez-tez bir hujayradan 
ikkinchi bir hujayraga o‘tib (kon’yugatsiya yo‘li bilan) genetik axborotni tashiydi. Kichkina 
plazmidalarda genlar soni 10 tagacha boradi, ular kon’yugatsiya jarayonida bir hujayradan 
boshqa bir hujayraga o‘tishga qodir emaslar. Genlar soni plazmidada doimiy emas. 
Transpozonlar – bular DNKning ma’lum bir uchastkasi bo‘lib, ular bir molekuladan boshqa 
bir molekulaga o‘tuvchi antibiotiklarga sezuvchan bo‘lmagan genlarni saqlaydi. Transpozonlar 
xilma-xil strukturaga ega bo‘lsalar ham, barcha transpozon molekulasi ikki chetida mahsus 
nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida 
«yopishqoq» uchlar hosil qilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen 
mavjuddir. Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib 
kesadi va transpozon uchlarni qovushtiradi. hosil bo‘lgan xromosoma DNKsi va transpozon 
DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo‘laklarini bog‘lovchi ferment ligaza yordamida 
o‘zaro kimyoviy bog‘ orqali bog‘lanadi. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar bo‘lgan 


79 
transpozonlardagi ma’lum bo‘lgan genlar plazmidadan xromosomadagi DNK va aksincha 
bemalol ko‘chib yuraveradi. 
Viruslar – hujayradan tashqarida rivojlana olmaydigan avtonom genetik tuzilmalar. 
Viruslarda genetik material DNK yoki RNK da joylashgan bo‘ladi. RNK har doim bir zanjirli 
holda, DNK esa bir zanjirli (masalan, fX174 bakteriofagda), ikki zanjirli (T2, T4, T5 va T6 
bakteriofaglarida) bo‘ladi. 
Prokariot viruslarida yashirin genlar joylashgan bo‘lib, yashirin genlarda bir nukleotid 
ketma-ketligiga 2 ta, 3 ta har xil oqsillarni kodirlaydi. Bunday genlar 1977 yili Senger va uning 
xamkasblari tomonidan fX174 kolifag (shu bilan birga E. solini zararlovchi bakteriofagda 
ham)da aniqlangan. Ular fag DNKsining nukleotid ketma-ketligida uchta genni aniqlashdi (bu 
genlarni K, S, AK harflari bilan belgilaylik), har uchala gen bitta DNK molekulasida joylashgan, 
lekin har bir gen nukleotid ketma-ketligi o‘z o‘qilish ramkasiga ega. 
Endi eukariot organizmlar hujayrasining struktura genlari, ularning xillari va funksiyalarini 
ko‘rib chiqamiz. Eukariot organizmlar genetik informatsiyasi yuqorida bir necha bor tilga olinib 
kelinayotgan ikki zanjirdan tashkil topgan DNKda joylashadi. Struktura genlari hujayra 
strukturasi va uning metabolizmini ta’minlab turadigan oqsil kodirlovchi genlar regulyator 
genini ekspressiyasi tufayli nazorat qilinadi va 3 ga bo‘linadi: 
4. Mustakil genlar; 
5. Takrorlanuvchi genlar; 
6. Klaster genlar. 
Kodirlanuvchi bu ketma-ketliklarga intronlar deb nomlanuvchi kodirlanmaydigan ketma-
ketliklar ham suqilib olishi mumkin. Bundan tashqari DNKning ma’lum uchastkasida joylashgan 
ko‘p marta takrorlanuvchi DNK (satellitnoy DNK) va transkripsiyalanuvchi yoki 
traskripsiyalanmaydigan speyser DNK ham shu genlararo joylashgan bo‘ladi. 
Mustaqil genlar – bu genlar transkripsiyasi xudi prokariotlarniki singari bo‘lib, 
transkripsion birliklar ramkasidagi boshqa genlar transkripsiyasi bilan bog‘lanmagan. Ularning 
faolligi faqat ekzogen moddalar bo‘lishi gormonlar orqali idora qilinadi. 
Takrorlanuvchi genlar – bu genlar xromosomadagi bir genning bir necha marta 
takrorlanishida ishtirok etuvchi genlar. Masalan, 5S – RNK ribosoma genii bir necha yuz marta 
takrorlanishi mumkin. YAdrocha DNKsida mujassamlashgan, 5S – RNK bo‘lgan 5,8S - 18S va 
28S – rRNK genlari ham shular jumlasidandir. 
Genlar klasteri – bular xromosomaning ma’lum bir uchastkasida (lokusida) 
mujassamlashgan gruppalari har xil, lekin funksiyalari jihatdan bir – biriga yaqin bo‘lgan genlar 
yig‘indisi. Klasterlar ham xromosomada tez-tez takrorlangan holda uchrab turadi. Masalan, 
odam genomidagi giston genlari klasteri 10-20 marta takror holda uchraydi. 


80 
Intronlar va ekzonlar DNK ma’lum bir uchastkasida joylashgan «uzluksiz(prerыvistыe 
genы) genlar» hisoblanadi. 
Bu genlar haqidagi ma’lumotlar birinchi bo‘lib, 1977 yilda sichqonlardagi globina geni 
va plodovoy mushki Drosophilamelanogasterlarning ribosoma genlari ustida olib borilgan 
izlanishlar natijasida aniqlandi. 
Intronlar – bular DNKning ma’lum bir uchastkasida joylashgan, ekspressiyani buzadi, 
kodirlanmaydi. Bir genda bir qancha intronlar joylashadi. Masalan, tovuqning tuxum albumini 
genida 8 ta intron borligi aniqlangan. Ko‘p hollarda intronlarning soni ko‘p bo‘ladi. Masalan, 
kollagenning b
2
- zanjirida intronlar soni 50 tagacha boradi. 
Ekzonlar – bular DNKning ma’lum bir uchastkasida joylashgan kodirlanuvchi qism. 
Transkripsiya protsessida RNK-polimeraza gendagi yozilgan xamma ma’lumot ko‘chirib 
olinadi. Keyin mahsus splaysing – fermentlar yordamida olingan ma’lumot «montaj» (splaysing) 
qilinadi. Bunda genning kodirlanmaydigan intron qismlari qirqib tashlanib, kodirlanuvchi ekzon 
qismlar bir-biri bilan ulanadi. Intronlarning biologik funksiyasi hozirgacha ma’lum emas. 
Satellit DNKsi ham eukariot organizm hujayrasida uchraydi. Bu DNK 10 dan 200 
tagacha nukleotiddan tashkil topgan bo‘lib, satellit DNKsi ko‘p marta takrorlanadi. Uning 
funksiyasi hozircha aniq emas. 
Endi eukariot organizmlarni zararlovchi viruslar ustida o‘anizatsiyasi formalaridan 
foydalanadi; shunday viruslar ham borki, ularda ham yashirin, ham (prerыvistыe genы) uzlukli 
genlarga ega bo‘ladi. Masalan, yashirin genlar sutemizuvchilarning SV40 virusida topilgan 
bo‘lib, DNKsida ikki oqsil: VR1 va VR2ni kodirlovchi uchastkasi (boshidan to oxirigacha 1488 
to1601 ta nukleotid qoldig‘iga ega) bor. 
Xudi shu virusda (prerыvistыe genы) ham topilgan bo‘lib, T
1
va T

ekzonlarga ega. T
1
– 
ekzoni 246 juft, T

1879 asosga ega bo‘lib, ularni bo‘lib turuvchi yagona introni uzunligi 345 juft 
asosdan iborat. T
2
geni splaysinlanganida bu intron kesib tashlanib, ekzonlar bir-biri bilan 
ulanadi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish