• DNK ning birlamchi strukturasi
  • Mavzu: Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/101
    Sana21.02.2023
    Hajmi4.83 Mb.
    #43090
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
    Bog'liq
    O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
    asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
     
    Mavzu: Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK) 
    Reja: 
    1. DNK ning birlamchi strukturasi 
    2. DNK ning ikkilamchi strukturasi 
    3. DNK ning uchlamchi strukturasi 
    4. Ribonuklein kislotalar (RNK) 
     


    84 
    Oqsillarga o‘xshash DNK ham birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturaga ega. 
    DNK ning birlamchi strukturasi 
    Dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlarda va ayrim viruslarda mavjud. U 
    genetik (irsiy) axborotlarni o‘zida saqlab, uni avloddan-avlodga uzatishda bevosita ishtirok etadi. 
    DNK molekulasining birlamchi strukturasida irsiy belgilar rejalashtirilgan, ular birin-ketin 
    joylashgan 
    dezoksiribonukleotidlar 
    qatoridan 
    iborat. 
    DNK 
    tarkibida 
    to‘rt 
    xil 
    dezoksiribonukleotid bo‘lib, oqsildagi aminokislotalar sonidan kam bo‘lsa ham ularning ketma-
    ket qator soni oqsildan uzun bo‘ladi. 
    DNK nukleotid qatorini ya’ni, birlamchi strukturasini aniqlash (sekvenirlash) oxirgi 
    yillarda juda yaxshi yo‘lga qo‘yilib, faqat alohida genlar emas, balki butun xromosoma 
    genlaridagi nukleotid qatori aniqlangan. Jumladan, odam genomi ham sekvenirlanib, boshqa 
    jonzotlar genomi qatorida kompyuterga joylashtirilib, bank axboroti sifatida saqlanadi. 
    Bakterifaglar DNK sining nukleotid qatori unikal, ya’ni bir marta uchrab, boshqa 
    qaytarilmaydi. Ayrim organizmlarda DNKdagi nukleotidlarning ketma-ketligi unikal bo‘lsa ham, 
    ayrim qismlarida qaytariladigan nukleotid qatori bir necha marta uchraydi (t-RNK va u-
    RNKlarning kodlovchi qismlari) jumladan, bateriyalarda. Eukariot genomlarda DNKning 60%ni 
    strukturali, ya’ni oqsil sintezini belgilovchi qismlar tashkil qiladi. Hayvon DNKsining 10-25%ini 
    tashkil qiluvchi bo‘limlar qaytariladigan nukleotid qatoridan iborat bo‘lib, ular ribosom, t-RNK, 
    gistonlar, immunoglobulinlarning genlaridan iborat. Ular DNK molekulasida bir gen ikkinchisi 
    bilan ketma-ket joylashib, ularni qaytariluvchi tandemlar deyiladi. YA’ni bir gen ikkinchi 
    gendan speyser (inglizcha spaser-oraliq) orqali ajraladilar. Qaytariladigan nukleotid qatorlari, 
    ularni satelit (kichik-sayyor) qismlaridir, bular xromosomaning sentromer qismida joylashib, 
    uning bo‘linishida va o‘zaro bog‘lanishida ishtirok etadi. 
    Tabiiy manbalardan ajratib olingan DNKlarning nukleotid tartibini o‘rganish natijasida 
    AQSH olimi CHargaff va rus akademigi A.N.Belozerskiylar qator miqdoriy qonuniyatlarni 
    aniqladilar. Bu qonuniyatlar quyidagicha ifodalanadi: 
    1. DNK molekulasidagi purin asoslari, adenin va guanin molyar konsentratsiyasini 
    yig‘indisi pirimidin asoslari-sitozin va timinning molyar konsentratsiyasi yig‘indisiga teng: 
    Pur=Pir yoki
    1



    Т
    Ц
    Г
    A
    2. Adeninning molyar konsentratsiyasi timinnikiga, guaninniki esa sitozinga teng: 
    A=T, G=S yoki
    1

    T
    A

    1

    Ц
    Г


    85 
    3. DNK zanjiridagi 6-aminoguruhli asoslar miqdori 6-ketoguruhli asoslar miqdoriga teng, 
    ya’ni adenin va sitozin molyar konsentratsiyalarining yig‘indisi guanin va timin molyar 
    konsentratsiyalari yig‘indisiga teng: 
    A+S=G+T yoki
    1



    T
    Г
    Ц
    A
    4. Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig‘indisining adenin bilan timinning 
    (DNK molekulasida yoki uratsil RNK da) molyar konsentratsiyalari yig‘indisining nisbati turli 
    manbalardagi nuklein kislotalarda turlicha bo‘ladi. Bu spetsifiklik koeffitsienti deb ataladi va 
    )
    (У
    Т
    А
    Ц
    Г


    shaklida ifodalanadi. 
    Agar, 
    Т
    А
    Ц
    Г


    ning qiymati birdan kam bo‘lsa, bunday DNK AT tipga, agar uning 
    qiymati birdan katta bo‘lsa, GS tipga kiritiladi. 
    YUksak o‘simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub, zamburug‘lar, suvo‘tlar va 
    bakteriyalarning DNKsi ko‘pincha GS tipga mansub. Bu ko‘rsatkichlarni o‘simlik, hayvon va 
    mikroorganizmlarni taksonomik qatorini aniqlashda foydalanish mumkin. 

    Download 4.83 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Dezoksiribonuklein kislotasining struktura va vazifasi (DNK)

    Download 4.83 Mb.
    Pdf ko'rish