DNK ning uchlamchi strukturasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
DNK ning uchlamchi strukturasi 
Ikki spiralli DNK molekulasi har qanday organizmda zich holda joylashib uch o‘lchovli 
murakkab strukturani hosil qilishi mumkin. Prokariot organizmlarda ikki zanjirli DNKning 


89 
kovalentli tutashtirilgan aylana shaklidagisi chap superspiral holatidagi ko‘rinishi uning 
uchlamchi strukturasini yaratadi. DNK ning superspiralizatsiyasi nihoyatda katta bo‘lgan 
molekulani kichik hajmdagi hujayraga joylanishini ta’minlaydi. E soli DNK sining uzunligi 1 
mm, hujayrasi esa 5 mkm dan oshmaydi. DNKning superspiralizatsiyasi zanjirning ajralishini
replikatsiya jarayonining dastlabki bosqichini tezlashtirishda va transkripsiyani boshlash uchun 
zarur omil hisoblanadi (17-rasm). 
DNK ning uchlamchi strukturasi xromosomadagi oqsil bilan kompleks holda shakllanadi. 
17-rasm. Qo‘sh spiralli DNK shakllari 
1-chiziqli struktura; 2-aylana shakldagi DNK; 3-halqali superspiral; 4-ixcham o‘ralgan 
struktura. 
Ayrim viruslar, mitoxondriy, xloroplastlar va boshqa ob’ektlardan ajratib olingan tabiiy 
holdagi DNK aksariyat, qo‘sh spiralli zanjir alohida qismlari bo‘yicha superspiral holda 
joylashadi. 
Xromosomadagi giston xilidagi oqsillar asosli xossaga ega bo‘lib, DNK dagi kislotali 
guruhlar bilan ion bog‘lari va qo‘shimcha ta’sirlar yordamida bog‘lanib, xromatinni hosil qiladi. 
Xromatin va xromasomada DNK superspirallangan holatida bo‘lib, bir necha bosqichli 
superspirallanishni kuzatish mumkin. Birinchi bosqichda xromatinda DNK o‘ta zich, bir-biriga 
o‘ralgan, ixcham shaklda bo‘ladi. DNK molekulasining 200 nukleotid masofasi giston oqsili 
bilan qoplangan matinning birligi-nukleosomani tashkil qiladi. Dezoksiribonukleoproteid 
tasmasi o‘z navbatida ikkinchi tartibli spiralni hosil qiladi. Ko‘rsatilgan birliklar 5, 10, 13 va 50 


90 
nm larda qaytariladi. Xromosomadagi gistonlar spiralning ichki qismida joylashadilar. DNKning 
superspiral holatidan oddiy holatga va aksincha bo‘lishi topoizomeraza fermentlari ishtirokida 
sodir bo‘ladi. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish