Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
RNK tuzilishi. Ribonuklein kislotalar (RNK) ning kimyoviy tuzilishi DNK ga o‘xshash, 
faqat RNK tarkibida timin o‘rnida uratsil va dezoksiriboza o‘rnida riboza uchraydi. Ular asosan 
UMF, SMF, AMF va GMF lardan tashkil topgan. RNK ham nukleotidlarning bog‘lanishi xuddi 
DNK ga o‘xshash, ya’ni nukleotidlar o‘zaro fosfodiefir bog‘lari orqali birikadilar. RNK 
molekula tarkibida oz miqdorda bo‘lsa-da, 5-metilsitozin, 1-metilguanin va psevdouratsillar 
uchraydi. 
RNK molekulasi bitta polenukleotid zanjiridan tashkil topgan bo‘lib, uning fazoviy 
konfiguratsiyasi beqaror bo‘ladi. RNK ning ayrim qismlari bir-biriga yaqin kelib, o‘zaro vodorod 
bog‘lari bilan birikadi va spiral struktura hosil qiladi. Bunday strukturalar RNK xillariga qarab 
har xil shaklda bo‘ladi. 
RNK ning turlari masalan r-RNK, i-RNK va t-RNK lar o‘zlariga xos makromolekula 
struktura tuzilishiga ega. RNKlarning molekulasida spirallashgan qismlar bilan bir qatorda spiral 
bo‘lmagan joylar ham uchraydi. Akademik A.S.Spirinning ko‘rsatishicha, eritmaning ion kuchi, 
harorati va boshqa omillarga qarab, RNK ning makromolekulalari har xil strukturaga ega bo‘lishi 
mumkin. 
 
 
 
 


93 
 
Mavzu: Nuklein kislotalar biosintezi. 
Nuklein kislotalar almashinuvi 
 
Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, gen muhandisligi va biotexnologiya 
fanlarining shakllanishida va hozirgi kunda jamiyat hayotida etakchi o‘rin egallab turishida 
nuklein kislotalar va ularning metabolizmi asosiy o‘rin egallab kelmoqda.
Ozuqa mahsulotlari tarkibida nukleoproteinlar ma’lum miqdorda bo‘lib, ovqat hazm 
qilish jarayonida oshqozon va ichak suyuqliklari tarkibidagi HCl va proteolitik fermentlar 
ta’sirida oqsil va nuklein kislotalarga parchalanadi. Nuklein kislotalarni nukleazalar deb 
ataladigan fermentlar ta’sirida mononukleotidlarga ajraladi. Nukleazalar gidrolizlaydigan 
nuklein kislotalar turiga qarab dezoksiribonukleaza (DNK-aza) va ribonukleazalar (RNK-aza) ga 
bo‘linadi.
Oshqozon osti bezi suyuqligi tarkibida DNK-aza va RNK-aza fermentlari bo‘lib, ular 
ta’sir chegarasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

zanjirdagi ichki nukleotidaro bog‘larga-endonukleazalar, ohirgi nukleotid qoldiqlariga-
ekzonukleazalar ta’sir qiladi; 

bir zanjirli yoki ikki zanjirli nuklein kslotalarni parchalovchilar ; 

murakkab efir bog‘lari 3' yoki 5' bo‘lgan holda ta’sir etuvchilar; 

nuklein kislotalarni 

yoki 

bog‘lariga ta’sir etuvchilar; 
5' - F – N – F – N – F – N – F – 3'

-guruh

-guruh 
N – nukleozid; F – fosfat. 

purin yoki pirimidin azot asoslari bo‘yicha ta’sir etuvchi fermentlar; 

restriktaza asosida ta’sir etuvchi enzimlar. 
DNK va RNKlarning degradatsiyasi gidrolitik va fosforilitik nukleazalar ishtirokida sodir 
bo‘ladi. Fosforilitik parchalanishda jumladan, RNK molekulasidan nukleotid qoldig‘i noorganik 
fosfat kislotasiga uzatiladi.
RNK
n
+ N
3
RO
4
RNK
n-1
+ NDF (nukleoziddifosfat) 
Ushbu reaksiya hujayradagi noorganik fosfat kislota konsentratsiyasini bir me’yorda 
saqlanishida hizmat qiladi. 


94 
RNK –aza va DNK-a’zalarning hujayradagi vazifalari bir xil bo‘lmaydi. Masalan, 
pankreatik ribonukleaza (RNK – aza I ) egzo-va endonukleaza xususiyatiga ega bo‘lib, turli xil 
RNK larni parchalaydi. Bular bilan bir qatorda yuqori spetsifik to‘qimali RNK-azalar bo‘lib, ular 
RNK-dagi muayyan bog‘larini uzishda xizmat qiladi. Bu reaksiya ribosom va transport RNK 
larni shakllanishida ishtirok etadi.
Oshqozon osti bezining tarkibidagi DNK - aza bir zanjirli molekulasini 5' tomonidagi 
fosforil guruhidan boshlab oligodezoksiribonukleotidlargacha parchalaydi. Taloq tarkibida 
aniqlangan DNK-aza II, DNK ning ikkita zanjiridagi 3'- 5'- fosfodiefir bog‘larini katalizlab, 3'-
fosfooligonukleotidlarni hosil qiladi.
Restriktaza fermentlari DNK-azaga o‘xshab, DNK molekulasini depolimerlash jarayonini 
muayyan nuqtalardan boshlaydi. Restriktazalar yuqori spetsifiklikka ega bo‘lib, ma’lum azot 
asoslari bo‘yicha DNK molekulasini gidrolizlaydi. Bu fermentlar fag va viruslarga tegishli DNK 
molekulasini nukleotid qatorini aniqlashda, genetik muhandisligida keng qo‘llaniladigan 
rekombinativ DNK (gibrid) tayyorlashda ishlatiladi.
SHunday qilib, oshqozon-ichak yo‘lidagi bir qator fermentlar ovqatdagi nuklein 
kislotalarni nukleotid va nukleozid darajasigacha parchalaydi. Hosil bo‘lgan mahsulotlar qonga 
so‘rilib, hujayralarga etkaziladi. Nukleotidlar nuklein kislotalar sintezida ishtirok etishi bilan 
birga organizmdagi boshqa metabolitik jarayonlarda ham qatnashadilar. Nukleotidlar 
nukleozidlar, purin va pirimidin asoslari, riboza va dezoksiribozalarga parchalanadi, yangidan 
sintezlanib, bir-biriga o‘tadi. Bu o‘zgarishlar turli fermentlar ta’sirida, bir qator oraliq bosqichlari 
orqali sodir bo‘ladi.

Download 4.83 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Genetika va genomika asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua

Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish