-rasm. DNK replikatsiyasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
-rasm. DNK replikatsiyasi 
DNK REPARATSIYASI 
Makromolekula bo‘lgan DNK zanjirining matritsali sintezi bo‘lmish replikatsiya 
jarayonining biror nuqtasida molekulyar xatolik ro‘y bersa, maxsus fermentlar tizimi tuzatib, 
ta’mirlab, to‘ldirib turadi. Bu jarayonni reparatsiya jarayoni deb ataladi. Bir zanjirli DNK 
replikatsiyasida uzilish, xatolik yuz bersa, DNK-polimeraza, DNK-ligaza fermentlari orqali 
tuzatiladi. DNK-polimeraza III esa azot asoslarini ketma- ketligini, nukleotidlar bog‘lanishini 
nazorat qiladi. DNK ultrabinafsha nur ta’sirida ayrim qismlarning kimyoviy bog‘lari o‘zgarib, 
timinli dimer hosil bo‘ladi. Reparatsiya fermentlari shunday tabiiy bo‘lmagan dimerlarni 
parchalaydi. Hosil bo‘lgan bo‘shliqni oligonukleotidlar orqali DNK-polimeraza I fermenti 


100 
to‘ldiriladi. Mazkur fragmentlar DNK-ligaza enzimlari tufayli DNK molekulasiga kovalentli 
bog‘laydi. SHu asnoda shikastlangan DNK molekulasi tabiiy holatga keltiriladi.
YUqori harorat ta’sirida purin nukleotidlari azot asoslaridan ajralib, replikatsiyaga 
ishtirok eta olmay qoladi. Bu jarayon reparatsiyasi maxsus ferment apurinli endonukleaza orqali 
amalga oshadi. Bu reaksiyalar ham timinli dimerlar reparatsiyasiga o‘xshaydi.
DNK molekulasidagi azot asoslarining turli xil kimyoviy alkillash asosida hosil bo‘lgan 
metillangan birikmalari DNK-glikozilaza degan ferment guruhlari orqali reparatsiya qilinadi. 
SHikastlangan nukleotidlardan azot asoslari ajratilsa ham, uglevod, fosfor qoldiqlari 
o‘zgarmaydi. Ajratilgan alkillangan azot asoslari o‘rniga tabiiy azot asoslarini DNK-glikozilaza 
fermentlar DNK zanjiriga bog‘laydi. 
DNK sintezida xatolik reparatsiya orqali uzatilmasa, replikatsiya jarayoni to‘g‘ri 
kechmaydi. DNK molekulasidagi bunday o‘zgarishlarni mutatsiya deb ataladi. Mutatsiyalar o‘z-
o‘zidan (spontanli) va indutsirlanish asosida bo‘lishi mumkin. Organizmda DNK molekulasida 
o‘z-o‘zidan mutatsiya bo‘lish chastotasining ehtimoli juda kam bo‘lib, 10
-5
-10
-8
ga teng. DNK 
molekulasidagi mutatsiyalar aksariyat tashqi omillar ta’sirida (radiatsiya, viruslar, kimyoviy 
agentlar) sodir bo‘ladi. Genomga ta’sir qiluvchi mutagenlar ichida atrof-muhitning ifloslanishiga 
sabab bo‘luvchilar xavfli hisoblanadi. Sanoat chiqindilari suv va havoni buzilishi genomga 
salbiy ta’sir qilishi mumkin. Oziq-ovqatga qo‘shiladigan bo‘yoqlar, stabilizatorlar, yoqimli 
ichimli moddalarning ayrimlari mutagen bo‘lganligi uchun ularning ishlatilishi hozirgi kunda 
qat’iy nazoratga olingan. Ko‘pchilik dorivor moddalar ham mutagen bo‘lib, ularning genomga 
ta’sir qilishi aniqlanmoqda. 

Download 4.83 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish