Translyasiyaning elongatsiyasi




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/101
Sana21.02.2023
Hajmi4.83 Mb.
#43090
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
O.N. Imomov. Genetika va genomika asoslari
asosiy texnologik jarayon va qurilmalar, Sharofat diss.slayd, kompyuter haqida umumiy ma\'lumot Sitora, Birinchi jahon urushining boshlanishi va borishi, Calendar plan-Qattiq jismlar fizikasi (22), eksperement tadqiqot, akt, СИ узб (лаб) , Farg\'ona politexnika insitituti kimyo texnologiya” fakulteti-fayllar.org, Ўзбекистон тарихи модел-папка, @uqituvchiga hujjat sinf rahbari daftari, Chiqish xati, BREND MASHINA, 8-mavzu. Web ilova yaratish asoslari. PHP tili.
Translyasiyaning elongatsiyasi 
To‘liq shakllangan ribosomada polipeptidning hosil bo‘lishi va uning uzunasiga 
ko‘payish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu jarayonda GTF va yana oqsil tabiatli uchlik elongatsiya 
omili ishtirok etadi. Ular prokariotlarda quyidagicha belgilanadi: EF-T
i,
EG‘-T

va EG‘-G yoki 
ularni qisqa belgilar orqali ham ifodalash mumkin: T
i
, T
s
va G. Elongatsiya omillaridan T
i, 
GTF 
va sitoplazmadagi aminoatsil-t-RNK bilan bog‘lanadi. Bir necha qismdan tashkil topgan 
kompleks to‘liq ribosomadagi A-markazga ko‘chiriladi. Bu erda i-RNK dagi kodon, t-RNK 
tarkibidagi antikodon bilan bog‘lanadi. T
i
oqsil omili gidrolizlaydigan GTF-aza xususiyatiga ega. 
Demak, oqsil omillari aminoatsil-t-RNK ni i-RNK dagi maxsus kodonga bog‘lashda va 
ribosomani i-RNK bo‘ylab harakatini ta’minlaydi. 50S ribosoma tarkibidagi oqsil-ferment 
peptidiltransferaza polipeptid zanjirini uzaytirishda ishtirok etadi. 
Elongatsiya bosqichi uch qismdan iborat. Birinchi bosqichda ta’kidlanganidek, 
aminoatsil-t-RNK i-RNK dagi kodon bilan aminoatsil markazga oqsil omillari orqali bog‘lanadi. 
Ikkinchi qismda ikkita aminokislota qoldiqlari peptidiltransferaza fermenti ishtirokida peptid 
bog‘i hosil bo‘ladi. Avval R-markazda turgan N-formilmetionin-t-RNK
fMet
dagi murakkab efir 
bog‘i uzilib, N-formilmetionil A-markazdagi t-RNK tarkibidagi aminoatsilning amino guruhiga 
bog‘lanib, peptid bog‘i hosil bo‘ladi. Bu jarayonni peptidiltransferaza amalga oshiradi. Mazkur 


112 
ferment ta’sirida peptidil markazda erkin t-RNK
fMet
qolib, aminoatsilda esa dipeptidil-t-RNK 
hosil bo‘ladi.
Elongatsiyaning yakunlovchi uchinchi bosqichida bir nechta siljishlar ribosomada yuz 
beradi. To‘liq ribosoma i-RNK bo‘ylab bitta kodonga siljiydi. SHunday harakat asosida 
ribosoma tashqarisida AUG kodoni va t-RNK
MET
lar chiqib qoladi. Peptidil markazga dipeptidil-
t-RNK ko‘chirilib, aminoatsil markaz esa yangi aminoatsil-t-RNK ni qabul qilishga tayyor 
turadi. Elongatsiyaning uchinchi bosqichi biologik harakat har doim maqsadga muvofiq 
bo‘lishligiga misol bo‘lib, bu jarayonni translokatsiya deb ataladi. Har bir tronslokatsiyadan 
so‘ng ribosoma yangi elongatsiyani boshlashga tayyor turadi. 
RNK informatsiyada qancha ma’noli kodonlar bo‘lsa, elongatsiya shuncha takrorlanadi. 
Elongatsiyaning ishlash prinsipi xuddi kiyim tikadigan mashinaning mokisiga o‘xshaydi. Uning 
borishi va qaytishi materialni choklab boraverganidek, ribosomadagi harakat ham davriy 
ravishda peptid bog‘ini uzaytirishni ta’minlaydi. 35-rasmda ribosomada oqsilning matritsali 
sintezi ko‘rsatilgan: 

Download 4.83 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Download 4.83 Mb.
Pdf ko'rish