Geografiya darslarida amaliy mashg’ulotning o’rni va ahamiyati




Download 150.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.10.2022
Hajmi150.77 Kb.
#27625
  1   2   3   4
Bog'liq
pMamW9lYATO8EpHNe2oYN5blxjmBct6hU18EO2wQ
Mavzu 27-dars. Amaliy dasturlar va ulardan turli sohalarda foyd


Geografiya darslarida amaliy mashg’ulotning 
o’rni va ahamiyati. 
 
Amaliy mashg`ulot darslari umumiy o’rta ta’lim maktablarida o`quv 
jarayonining asosiy shakllaridan biri bo`lib unda, o`quvchilarning mustaqil ishlash 
qobiliyatlari shakllantiriladi. O`z bilimlarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. 
Amaliy mashg`ulot darslariga o`qituvchi juda puxta tayyorgarlik ko`rishi talab
etiladi. U amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo`ladigan har qanday 
muammolarni atroflicha o`quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo`lishi 
lozim. 
O`qituvchi har bir amaliy mashg`ulot darsini o`tkazish rejasini puxta tuzib 
chiqishi kerak. Uni qanday yangi pedagogik texnologiyalaridan yoki yangi 
interaktiv usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur. Kerakli ko`rsatma va 
tarqatma materiallarini oldindan tayyorlab qo`yish talab etiladi. Amaliy 
mashg`ulotda yangi pedagogik texnologiyalar yoki interaktiv usullardan 
foydalanish uchun imkoniyatlar katta bo`ladi. O`qituvchi darsga kirib tashkiliy 
ishlarni o`tkazadi, sinf xonasini darsga tayyorgarligi yozish va o`cherish 
vositalarining mavjudligi hamda o`quvchilarning davomati aniqlanadi. Amaliy 
mashg`ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok 
etgan talabalar rag`batlantiradi. 
Amaliy mashg`ulot darslarini dastur bo`yicha sifatli o`tilishini o’quvchilar 
bilimining o`z vaqtida adolatli va xolisona baholanishini nazorat qilib borishi shart.
Amaliy mashg`ulotda ko`proq o`quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga 
ajratib o`qitishning aqliy hujum, bahs-munozara, suhbat metodlaridan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bu metodlar o`quvchilarni mavzu yuzasidan ko`proq 
mustaqil fikr yuritishga, o`z fikrini bayon etishga undaydi. Darsga bo`lgan 
qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o`rgatadi. Bundan tashqari amaliy 
mashg`ulot so`ngida o`qituvchi har bir o`quvchining faoliyatini togri va xolisona 
baholashga erdishishi zarur. Shuningdek, baholarni e`lon qilib faol o`quvchilarning 
familiyalarini aytib rag`batlantirishi va aksincha passiv, nutqi rivojlanmagan yoki 
uyatchan o`quvchilarga yengil tanbeh berishi ham muhim ahamiyatga ega. 
Geografiya tabiiy fanlar ichida o’zining keng qamrovligi, qiziqarligi va 
ommabopligi bilan ajralib turadi. Geografiya o’quv dasturi hamda geografiyadan 
qabul qilingan davlat ta’lim standartlarida ko’rsatib o’tilgan talablarda o’quvchilar 
o’rganib o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar keltirilgan. 
Ammo, geografik obyekt, hodisa va jarayonlar, ularni keltirib chiqaradigan sabab – 
oqibat bog’lanishlarini mohiyatini to’liq anglab yetish uchun nazariy bilimlarning 
o’zi kifoya etmaydi. Nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun ayrim geografik 
hodisa va jarayonlarga oid mashq hamda masalalar yechish zarurati o’z–o’zidan 


paydo bo’ladi. Ko’pgina geografik qonuniyatlar mazmunini tushunish uchun 
tegishli hisob – kitob ishlarini bajarish kerak. Geografiyadan mashq va masalalar 
yechish o’quvchilarda quyidagi ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga ximat qiladi: 1. 
O’quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. 2. O’quvchilarda geografik 
obyekt, hodisa va jarayonlarning tashqi ko’rinishi bilan birga uning ichki 
tuzilishini tasavvur eta bilish qobiliyati rivojlanadi. 3. O’quvchilarda geografik 
obyekt, hodisa va jarayonlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga qaratilgan 
bilimlar rivojlanadi. 4. O’quvchilarda muayyan geografik obyekt, hodisa va 
jarayonlar ko’lamini aniqlashga doir hisoblash malakalari takomillashadi. 5. 
O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va mantiqiy tafakkurlay olish malakalari 
shakllanadi.
Quyida sing xonasida bajariladigan ayrim amaliy mashg’ulotlar bilan 
tanishib chiqamiz 

Download 150.77 Kb.
  1   2   3   4




Download 150.77 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geografiya darslarida amaliy mashg’ulotning o’rni va ahamiyati

Download 150.77 Kb.
Pdf ko'rish