Global kompyuter tarmoqlari




Download 0.57 Mb.
bet4/5
Sana17.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#60649
1   2   3   4   5
Bog'liq
14.Global kompyuter tarmoqlari
Prezentatsiya, 3wHHMf0nKMdzh0iRXE9oFaZzU6iLRBfU4huquhib, 9 sinf kimyo fanidan konspekt, ЭКОЛОГИЯ, Lesson 7 Eating, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, ESMP (Amaliy) 8-semestr, Joriy ABN, xorazm viloyati shovat tumani tetkda elektr energiyani hisobga olishning, 3- Labaratoriya ishi Mobil 021-19 Ahmedov R, 1-2-3-Laboratoriya, dinnnn, 1-Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash, 2-m.O‘chib ketgan malumotlarni tiklash.

EARN – Europan Akademic Research Network BITMAP tarmog‘i bilan bevosita ulangan bo‘lib, juda ko‘p milliy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bo‘lib, ajratilgan kanallar orqali ma’lumot almashiniladi, o‘z-o‘zini xo‘jalik hisobida qoplash asosida ishlaydi. EUNET – Europe Union Network (Evropa kompyuter tarmog‘i uyushmasi). Uning markaziy qismi Amsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi. FIDONET(1984) – shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi mumkin.

INTERNET – International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘kuv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, kattakatta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.

1983 yilda - Internet tashkil etildi. Internet-axborotlar bilan mustaqil almashish imkonini yaratdi. Internet (International Network – xalqaro kompyuter TARMOQ) butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. 1990 yillar o‘rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun ko‘llanila boshladi. Biroq, bu borada turli muammolar mavjud edi. Internetning statistik ma’lumotlari quyidagicha: 1981 y.- Internet ga 213 ta kompyuter ulangan; 1983 y.- Internet ga 562 ta kompyuter ulangan; 1986 y.- 5089 ta kompyuter ulangan; 1992 y.- 727000 ta kompyuter ulangan; 1995 y.- 20-40 million kompyuter birlashdi. Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 milionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-10%ga ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotlarga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.


Download 0.57 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.57 Mb.