Grey and Black Modern Social Media Report Presentation




Download 4.74 Mb.
Sana25.03.2024
Hajmi4.74 Mb.
#176324
Bog'liq
1-mustaqil
Ahmedov, Bayonnoma N3, big data, 4-amaliy ish, 3-mustaqil ish, 2, 1-ЛАБОРАТОЛРИЯ, BOSHLANG\'ICH MAKTABDA TA\'LIMDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARI, kelishik kategoriyasi, BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR, sevara, 4-labaratoriya elektron, 4-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 3-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 20 МАВЗУ

ZARIPOV.SH
KABEL TAVSIFI VA TURI.
KABEL STANDARTLARI
·AXBOROT UZATISH MUHITI
1
2
O‘RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
REJA:
KOAKSIAL KABELLAR, SHISHA TOLALI KABELLAR
3
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, baholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi).
AXBOROT UZATISH MUHITI
Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:
·o‘ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya’ni ekranlashtiriladi (экранированные - shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya’ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные , unshielded twisted pair, UTP);
·koaksial kabellar (coaxial cable);
·shisha tolali kabellar (оптолоконные кабели – fiber optic).
AXBOROT UZATISH MUHITI
O‘ralgan juft simlar hozirgi kunda eng arzon va eng ko‘p tarqalgan kabellarda ishlatiladi. O‘ralgan juftlik asosidagi kabel tuzilishi ikkita mis sim dielektrik material bilan har biri alohida qoplanib, ular o‘zaro bir-biriga o‘ralgan, bunday juftliklarning bir nechtasi umumiy dielektrik (plastikli) g‘ilofga olingan bo‘ladi. U ancha egiluvchan va uni aloqa kanaliga yotqizish qulaydir.
O’RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
Himoyalanmagan o‘ralgan juftliklar tashqi elektromagnit xalaldan (помеха) sust himoyalangan va shuningdek, sanoat ayg‘oqchiligi maqsadida axborotlarni eshitishdan ham himoya­lanmagan. Axborot o‘g‘irlashning ikki turi ma’lum: ulanish (контактный) va ulanmasdan masofadan turib (бесконтактный). Ulanish orqali axborotni o‘g‘irlash ikkita ignani kabelga sanchish orqali amalga oshirilsa, ulanmasdan axborotni o‘g‘irlash esa, kabel tarqatadigan elektromagnit maydonni radio orqali egallash usulidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). To‘qilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq to‘qilgan metall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashtiriladi.
O’RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
Ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 standartiga ko‘ra yetti toifasi mavjud:
·1-toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (o‘ralmagan juft sim) bo‘lib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik ko‘rsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (to‘liq qarshiligi, o‘tkazish yo‘lagi, chorraha yo‘nalishi);
2-toifadagi kabel — bu o‘ralgan juftlikdan iborat kabel bo‘lib, axborotni 1 MGs.gacha chastota oralig‘ida uzatish uchun mo‘ljallangan. Kabel chorraha yo‘nalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EШA/T1A 568 standarti 1 va 2-toifadagi kabellarni ajratmagan;
O’RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
·3-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGs.gacha chastota oraliqda uzatishga mo‘ljallangan, o‘ralgan juftlikdan tashkil topgan bo‘lib, 1 metr uzunlikda ikki sim bir-biriga 9 marotaba o‘ralgan, kabel hamma ko‘rsatgichlar bo‘yicha testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi bo‘lib, hozirgi vaqtda ko‘p tarqalgan;
·4-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGs.gacha chastota oraliqda uzatishga mo‘ljallangan. Kam ishlatiladi, chunki ko‘rsatgichlari bo‘yicha 3-toifadagi kabel ko‘rsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel o‘rniga 5-toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni hamma texnik ko‘rsatgichi bo‘yicha testlash mumkin va 100 Om to‘lqin qarshilikka ega. IEEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir;
O’RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
·5-toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel bo‘lib, 100 MGs chastota oralig‘ida axborot uzatishga mo‘ljallangan. O‘ralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta o‘ramdan kam emas (1 futga 8 ta o‘ram). Kabelning hamma ko ‘rsatgichlari testlanadi va 100 Om to‘lqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, ya’ni Post Ethernet va TPFDDT foydalanish tavsiya etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30 — 40 % qimmat;
·6-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi yaxshi bo‘lib, 200 MGs.gacha chastota oralig‘ida axborot uzatadi;
·7-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi porloq va 600 MGs. gacha chastota oralig‘ida axborot uzatishi mumkin.
O’RALGAN JUFTLIK ASOSIDAGI KABELLAR
Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzilishi 3.2-rasmda ko‘rsatilgandek, markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib, metall sim to‘qmaga (ekran) o‘ralgan hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo‘ladi
KOAKSIAL KABELLAR
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to‘qimasi — ekran mavjudligi), to‘qilgan juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o‘ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni ta’mirlash va yig‘ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi o‘ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5-3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar o‘rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.
KOAKSIAL KABELLAR
Koaksial kabellarning asosan ikki turi mavjud:
    • ingichka (thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan:
    • yo‘g‘on (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.

    • Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo‘g‘on kabellarga nisbatan ko‘p ishlatiladi, chunki ularda signal so‘nishi ko‘proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga o‘tkazish mumkin.
      Xuddi o‘ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muhim ko‘rsatgich hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek, plenum kabellari ishlatiladi

KOAKSIAL KABELLAR
Shisha tolali kabel — bu yuqorida ko‘rib chiqilgan ikki kabel turlaridan tubdan farqlanuvchi kabel. Bu kabel turida axborot elektr signali ko‘rinishda emas, yorig‘lik ko‘rinishida uzatiladi. Bu turdagi kabelning asosiy elementi — shaffof shisha tola bo‘lib, u orqali yorug‘lik juda katta masofalarga (o‘nlab kilometrgacha) kam (sezilarsiz) so‘nish bilan uzatiladi.Shisha tolaning tuzilishi juda oddiy bo‘lib, u koaksial elektr kabel tuzilishiga o‘xshash . Faqat markaziy mis sim o‘rniga bu kabel turida ingichka (diametri 1 - 10 mkm atrofida) shisha tola ishlatilgan, ichki himoya qoplama o‘rniga esa, yorug‘likni shisha tola tashqarisiga tarqatmaydigan shisha yoki plastik qoplamadan foydalanilgan.
SHISHA TOLALI KABELLAR
Shisha tolali kabel to‘siqlardan himoyalanish va uzatilayotgan axborotni sir bo‘lib qolish ko‘rsatgichlari yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Hech qanday tashqi elektromagnit to‘siq nurli signalni o‘zgartira olmaydi, signalni o‘zi esa, hech qanday elektromagnit nurlanish hosil qilmaydi. Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni olish uchun kabelga mexanik ulanish amalda mumkin emas, chunki bunday ulanish tufayli kabelni butunligi buzilib, ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan chastotada shisha toladagi signalning so‘nishi, odatda, taxminan 5 dB/km tashkil qiladi, past chastotali elektr kabel ko‘rsatgichiga to‘g‘ri keladi. Shisha tolali kabelda signalni kabel orqali uzatish chastotasi oshishi bilan signalni so‘nishi juda kam bo‘ladi
SHISHA TOLALI KABELLAR
Shisha tolali kabellarni ikki turi mavjud:
    • ko‘p modli yoki multimodli kabel, ancha arzon, lekin sifati past;
    • bir modli kabel, narxi ancha qimmat, lekin yaxshi texnik ko‘rsatgichlarga ega.

    • Bu tur kabellarni asosiy farqi shuki, ularda yorug‘lik nuri turli tartibda o‘tadi. Bir modli kabellarda hamma nur bir xil yo‘ldan o‘tish natijasida ularning hammasi qabul qilish qurilmasiga bir vaqtda yetib keladi va signalning tuzilishi o‘zgarmaydi. Bir modli kabelning markaziy tola diametri 1,3 mkm atrofida bo‘lib, faqat 1,3 mkm to‘lqin uzunligidagi yorug‘likni uzatadi

SHISHA TOLALI KABELLAR
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 4.74 Mb.




Download 4.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Grey and Black Modern Social Media Report Presentation

Download 4.74 Mb.