|
Gulomova donoxon
|
Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 231,76 Kb. | | #260164 |
Bog'liq Gulomova donoxon Gulomova donoxon Bajardi Reja - 1) Tabiatshunoslikning falsafiy konsepsiyasi
- 2) Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida
- 3) Tabiatshunoslikning falsafiy konsepsiyasi haqida qisqacha malumot
Mavzu;Tabiatshunoslikning falsafiy konsepsiyasi
Tabiiiy dunyoqarashni shakllantiradi, jonli va jonsiz tabiatni tushuntirishda, fundamental qonunlar asosida mikro - makroolamdan to megaolamgacha mulohazalar yuritiladi. Bu kurs avvalambor bir necha fanlar sohasida: fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, ekologiya va boshqa tabiiy fanlardagi asosiy ta’limotlar, m a’lumotlar, konsepsiyalar haqida talabalarga tushuncha beradi.
Shuning bilan birga keyingi yillardagi dolzarb masalalar hamda yagona moddiy dunyo haqidagi tabiiy-ilmiy paradigmalarini ko‘rsatib beradi. Tabiatda ro‘y berayotgan hozirgi zamon fizikasidagi o'zg
arishlami chuqurroq va soddaroq maksimal darajada zarur boTgan matematik ifodalarini yoritib bersa, ikkinchi tomondan hozirgi davrda fundamental fanlarning asosiy yo‘nalishlari rivojlanib borayotganligini ifodalab beradi.
Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari, dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega bo'lish, har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bir-biri bilan uzviy bog'liq holdagina tabiat, jamiyat va inson to‘g‘risida yaxlit bilim berishi mumkin.
Falsafa ham maxsus bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash o‘zida tabiat to‘g‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini dam ning tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish taraqqiyotning qonuniy va zaruriy yo‘nalishi fanlar differensiatsayasida ham, integratsiyasida ham namoyon bo‘ladi.
Tabiiyotshunoslikning asosiy prinsipi shundan iboratki. tabiat haqidagi bilimlar empirnk tekshiruvga yo‘l qoldirishi kerak. Bu degan so‘z, ma’lum nazariyani qabul qy-lishda tajriba hal qiluvchi dalil hisoblanadi. Tabiiyotshunoslikning maqsadlari ikki xil: 1) tabiat hodi-salarining mohiyatini aniqlash, qonunlarni ifodalash va shu-lar asosida yangi hodisalarni oldindan ko‘ra bilmoq; 2) tabiat-ning aniqlangan qonunlari, kuchlari va moddalarini amalda qo‘llash imkoniyatlarini ochib berish. Bu tabiiyotshunoslikning pirovard maqsadidir. Tabiiyotshunoslik tom ma’noda umum ahamiyatga ega bo‘lib barcha uchun yaroqli va qo‘llaniladigan haqiqatni ochib beradi. Shuning uchun u an’anaviy ravishda ilmiy ob’ektivlikning etaloni sifatida qabul qilingan.
Fanlarning yana bir yirik kompleksi - jamiyatshuioslik esa, aksincha, guruhning qadriyat va manfaatlari biian bog‘liq-dir. Shuning uchun jamiyatshunoslikning metodologiyasida ob’-ektiv usullardan tashqari, o‘rganilayotgan ob’ektga sub’ektiv yoidoshiga, ichki kechinmalar ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Tabiiy va texnik fanlar, fundamental va amaliy fanlarni farqlay bilish kerak. Fundamental fanlar - fizika, ximiya, biologiya, astronomiya - olamning fundamental strukturalari-ni o‘rganadilar, amaliy fanlar esa fundamental tadqiqotlar asosida olingan natijalarni ijgimoiy-amaliy masalalarni yechishga tatbiq etish bilan shug‘ullanadilar. Bu ma’noda barcha texnik fanlar amaliydir, lekin barcha amaliy fanlar ham tex-nik fanlar qatoriga kirmaydi. Masalan, metallar fizikasi yarim o‘tkazgichlar fizikasi kabi fizikaning sohalari nazariy dissiplinalardir, metallshunoslik, yarim o‘tkazgichlar texnologiyasi kabisohalar esa - amaliy dissiplinalardir.
Xulosa;
Shuning uchun, tabiiy, ijtimoiy va texnik fanlar orasida aniq chegara o‘tkazish qiyin, chunki bir qator dissiplinalar borki, ular oraliq holatda bo‘lib, o‘z mohiyati jihatidan kom-pleks hisoblanadilar (biotexnologiya, biogeoximiya, astrofi-zika va h.k.). Tabiiy va ijtimoiy fanlar tugashishidan hosil bo‘lgan fanlarga iqtisodiy geografiya, tabiiy va tsxnik fanlar tutashishidan hosil bo‘lgan fanlarga esa biotexnologiya, bioni-ka dissiplinalari misol bo‘la oladi.
|
| |