|
Guruh: 411-21(ocs001) Tekshirdi: Mirazimova Gulnora Toshkent-2024
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #239825 |
Bog'liq optik 2MI
O'zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Telekommunikatsiya fakulteti
Optik aloqa tizimlari fanidan 2-mustaqil ish
Bajardi: Murodillayev Abdulatif
Guruh: 411-21(OCS001)
Tekshirdi: Mirazimova Gulnora
Toshkent-2024
30-variant
30. Мисол: Optik tola parametrlari n1=1.9; Δ= 0.013 boʻlsa apertura sonini toping.
Савол: Sinxron raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya qanday ahamiyatga ega?
2-savol. Sinxron raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya qanday ahamiyatga ega?
Sinxron raqamli iеrarxiya tuzilishining asоsiy prinsiplari
SRI quyidagi imkоniyatlarga ega:
- Uzatish tеzliklari iеrarxiyasini standartlashtirish va PRI da chеklanganlarni davоm ettirish;
- Elеktr alоqaning yo‘naltiruvchi оptik tizimlarini qo‘llashga iеrarxiyani yo‘naltirish;
- yagоna shakldagi turli xabarlar (trafik) ni uzatish;
- kiritish/chiqarish kоmpоnеnt оqimlari, agrеgat оqimlarni yig‘ish/sоchish murakkab jarayonini chеtlab o‘tib, agrеgat оqimga kiruvchi har bir kоmpоnеnt оqimni aniqlash imkоniyatiga ega bo‘ladi;
- SRI оqimi sikllari tuzilmasini shakllantirish, ular оqimlar signalizasiyasi va marshrutizasiyasining turli ko‘rinishlarini amalga оshiradi;
- Iеrarxiya tasarrufida turli tоpоlоgiyadagi tarmоqlar kоnfigurasiyasini bоshqarishni amalga оshirish;
- tarmоqni bоshqarish va mоnitоringining yagоna tizimini yaratish;
- turli ishlab chiqaruvchilar uskunalarining mоs kеlishi uchun standart intеrfеyslarni ta’minlash;
- zahiralashning turli usullarini qo‘llab tarmоqlarning ishоnchliligi va ishlash qоbiliyatini оshirish.
SDH tizimlarini xosil qilishdan maqsad:
1. Kirish oqimlarini yig'masdan va ajratmasdan kiritish va chiqarish (masalan, E1 oqimlarni kiritamiz, bunday oqimlar 63 ta, shundan bittasini osongina ajratib olish mumkin. Bundan tashqari oqimlar turli sinxronizatsiyalash chastotasiga ega);
2. Har qanday murakkab topologiyali boshqaruv tarmoqlarini marshrutlarini amalga oshirish uchun freymlarning yangi tuzilishini qayta ishlash zarur (masalan, paketli aloqada aniq manzili va marshruti aniqlangan bo'lishi lozim);
3. PDH ning 3 ta ierarxiyasini birlashtirish va PDH chegarasida davom ettirish
4. Virtual konteynerlar asosida “bir-birini ichiga joylashtirish” texnologiyasini qo'llash.
5. SDH uchun birlamchi standart tezlik 155 Mbit/s ga teng (barcha zarur narsalar konteynerda joylashadi).
Sinxron raqamli ierarxiya tizimlari
SDH da liniya signallari besh bosqichga ega sinxron raqamli multipleksorlarda (STM) – (Synchronous Digital Multiplexer) shakllanadi.
Birinchi bosqich – STM-1 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 155 Mbit/s). bunday tezlik 2 Mbit/s tezlikdagi 63 ta raqamli signallar oqimini uzatishni ta'minlaydi.
Ikkinchi bosqich – STM-4 (sinxron raqamli opik liniya traktida uzatish tezligi 622 Mbit/s). Bunday tezlik 4 ta STM-1 transport modullarini 155 Mbit/s tezlikda uzatishni ta'minlaydi.
Uchinchi bosqich – STM-16 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 2488 Mbit/s). Bu 4 ta 622 Mbit/s tezlikdagi STM-4 transport modullarini birlashmasidir.
To'rtinchi bosqich – STM-64 (sinxron raqamli optik liniya traktidagi uzatish tezligi 9952 Mbit/s). 4 ta STM-16 transport modullarining birlashmasi.
Beshinchi bosqich – STM-256 (sinxron raqamli optik liniya traktda uzatish tezligi 39808 Mbit/s). 4 ta STM-64 transport modullarining birlashmasi.
|
| |