• Ch. Sherrington
  • Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari




    Download 205.82 Kb.
    bet2/4
    Sana24.03.2024
    Hajmi205.82 Kb.
    #176003
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Pedagogika va psixologiya. amaliy2
    Tekst, 4.2-informatika, 60610200-AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI, xrpt 1rlkl02zb7bvxx4ti195llcx5383nlfd5rogpf6sb8dyt8h4xgx9s1umrsf76ka14o7ju33v16j, C 1, C 2, 9-mayga, 7-Qisqa muddatli xotiraning hajmini o’rganish, Bilish jarayonlari diagnostikasi diqqat, 44521, Elektronhukumat1
    2. Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari.
    Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni shisoblanib, moddiy qo’zqatuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali real olamdagi narsa va shodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a'zolarining) ichki sholatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir.
    Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zqatuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta'siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta'limotlariga ko’ra analizatorlar uch o’zaro uzviy uyqunlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir. Sodda qilib talqin qilinganda mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikdagi tuzilishdir:
    1) tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya'ni reseptordan;
    2) analizatorlarning pereferiya qismini markaziy qism bilan boqlovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o’tkazuvchi asab yo’llaridan;
    3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari (sharakatlari) qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po’stidagi qismlaridan (uchastkalaridan) iboratdir.
    Boshqacha so’z bilan aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko’z, quloq, teri, burun kabilar), ta'sirotnii eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorni tashkil qiladi.
    Jahon psixologiyasi fanining so’nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko’rinishi ingliz olimi Ch. Sherringtonga taaluqlidir):
    1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan shamda reseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, ya'ni eksterioreseptiv sezgilar (reseptorlar);
    2) ichki tana a'zolari sholatlarini in'ikos etuvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to’qimalarida joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar;
    3) tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, boqlovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar. Birinchi turkum sezgilarni ko’rish, eshitish, shidlash, teri-tuyush, ta'm-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Ko’rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo’lgan tovush to’lqinlaridan iboratdir. Ko’rish sezgilari bosh miya po’stini tepa burmasining qismidan joy egallagandir. Teri-tuyush, sharakat sezgilari miya po’stini markaziy burmasining orqa qismidan o’rin olgandir.
    Psixologik ma'lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib o’zaro bir-biriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, yuosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
    a) o’zgarish endolimfa suyuqligiga boqliq qo’zqalish;
    b) eshitish nervi;
    v) vestibulyator nerv;
    g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
    d) miya apparatiga o’tadi.
    Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra, reseptor yoinki sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo’zqatuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar sharakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, sharakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.


    Download 205.82 Kb.
    1   2   3   4




    Download 205.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sezgi turlari va uning psixofiziologik asoslari

    Download 205.82 Kb.