• Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish
  • Guruh talabasi Ataxonov O’tkir Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi




    Download 415.5 Kb.
    bet1/9
    Sana30.12.2022
    Hajmi415.5 Kb.
    #37334
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    46.Ataxanov O\'tkir
    Mundarija, Amaliy ko’nikmalar

    032-19 guruh talabasi Ataxonov O’tkir

    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi




    Reja:


    1. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini isitish

    2. Bug‘ va suv bilan isitish tizimlarini hisoblash


    3. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarini shamollatish
    4. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish




    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi
    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi ishchining sog‘lig‘iga va ish unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
    Ishlab chiqarish xonalarining mikroiqlimi хопа havosining harorati, nisbiy namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta’siridagi issiqlik nurlanishining intensivli gi orqali tavsiflanadi.
    Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori keng oraliqda o‘zgarib turishi mumkin Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini tavsiflovchi ushbu ko‘rsatkichlarning optimal miqdorlari o‘rnatilgan bo‘lib, bu sharoitda ishchi o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vaholanki, mikroiqlim ko‘rsatkichlarini belgilangan me’yordan chetga chiqishi ishchining sog‘lig‘iga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi.
    Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo‘lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e’tibori hamda ko‘rish va eshitish a’zolarining reaksiya tezligi susayadi.
    Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog‘lig‘iga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini pasayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish уo‘llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
    Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi. Agar havoning tezligi 0,1 m/s dan kam bo‘lsa, havo dim, 0,25 m/s dan ortiq bo‘lsa yelvizak bo‘ladi. Мa’lumki, ikkala holatda ham inson sog‘ligi va ish qobiliyati yomonlashadi.
    Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlim holati ko‘rsatkichlarini aniqlashda bir qancha asboblardan foydalaniladi. Masalan, havoning harorati – termometrlar, termogratlar, havoning harakatlanish tezligi – katatermometrlar va anemometrlar, havoning nisbiy namligi – psixrometrlar, issiqlik nurlanishlari – aktinometrlar va havoning bosimi – barometrlar bilan o‘lchanadi.

    Download 415.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 415.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh talabasi Ataxonov O’tkir Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiqlimi

    Download 415.5 Kb.