Guruh talabasi murakkab qarshilik. Egilish bilan buralishning Birgalikdagi ta`siri




Download 38.74 Kb.
bet2/5
Sana25.10.2022
Hajmi38.74 Kb.
#28081
1   2   3   4   5
Bog'liq
Guruh talabasi murakkab qarshilik. Egilish bilan buralishning Bi

Murakkab qarshilik

Nazariy mexanika fanining materiallar qarshiligi fanidan farqi shundaki,
nazariy mexanika fanida jism absolyut qattiq jism, ya’ni deformatsiyalanmaydi deb
qaraladi. Materiallar qarshiligi fanida esa aksincha, qattiq jism deformatsiyalanadi
deb qaraladi.
9
Nazariy mexanikada absolyut qattiq jism qaralganligi sababli tashqi kuchlar
ta’sirida bo‘lgan absolyut qattiq jismlar o‘z geometrik o‘lchamlari va shaklini
o‘zgartirmaydi. Shu sababli nazariy mexanikada jismlar mustahkamlikka,
bikirlikka va ustivorlikka tekshirilmaydi.
Materiallar qarshiligi fanida jismlar deformatsiyalanadi deb qaraladi, ya’ni
tashqi kuchlar ta’siri natijasida jismlarning geometrik o‘lchamlari yoki shakli
o‘zgaradi. Jismlarning tashqi kuchlar ta’sirida geometrik o‘lchami yoki shaklini
o‘zgartirishiga deformatsiya deb ataladi va u quyidagilarga bo‘linadi:
1. Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin, u o‘zining oldingi o‘lchamlari va
shaklini to‘liq qayta tiklasa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi.
2. Jism tashqi yukdan ozod qilingandan keyin, u o‘zining oldingi o‘lchamlari va
shaklini qayta tiklay olmasa, bunday deformatsiyaga plastik (qoldiq) deformatsiya
deyiladi.
Bino, inshootlar va mashina konstruksiyalari ish va ekspulatatsiya jarayonida
turli yuklar ta’siriga qarshilik ko‘rsatadi. Bu yuklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin (1.1-jadval).
Sirtqi va hajmiy yuklar. Jismga qo‘shni bo‘lgan ikkinchi jismdan o‘tuvchi
kuchlarga sirtqi kuchlar deb ataladi.
Jismning ichki barcha zarrachalariga ta’sir etuvchi kuchlarga hajmiy kuchlar
deb ataladi. Hajmiy kuchga misol qilib jismning xususiy og‘irligini, inersiya
kuchlarini, magnit tortish kuchlarini va boshqalarni keltirish mumkin.
Masalalarni yechish oson bo‘lishi uchun muhandislik amaliyotida materiallar
qarshiligida hajmiy kuchlar, odatda, chiziq bo‘yicha taqsimlangan kuchlar bilan
yoki jismning ayrim bo‘laklarga ajratilib shu bo‘laklarning og‘irlik markazlariga
qo‘yilgan to‘plangan kuchlar jismning butun hajmiga taqsimlangan deb qaraladi.
Taqsimlangan va to‘plangan yuklar. Sirtqi kuchlar konstruksiya sirti yuzasiga
yoki uning elementining biror sirti yuzasi bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi mumkin.
Taqsimlangan kuchlar q intensivlik bilan xarakterlanib, u ixtiyoriy qonun asosida
o‘zgaruvchi yoki doimiy bo‘lishi mumkin. Doimiy yuk element sirti bo‘yicha tekis
taqsimlangan bo‘ladi. Sirt bo‘yicha taqsimlangan kuch yuza birligiga to‘g‘ri kelgan
kuchning miqdori bilan xarakterlanib o‘lchov birligi N/m2 (Pa).
Sterjenlarni hisoblashda sirt bo‘yicha taqsimlangan kuchlar sterjen uzunligi
bo‘yicha chiziqli qonun asosida taqsimlangan kuchlarga keltiriladi. Chiziq
bo‘yicha taqsimlangan uzunlik birligiga to‘g‘ri kelgan kuchning miqdori bilan
xarakterlanib o‘lchov birligi N/m. Taqsimlangan sirtqi kuchlarga misol sifatida
silindrik idishdagi suyuqlikning bosimini, qorning bino tomiga bosimini,
shamolning ta’sirini va boshqalarni keltirish mumkin.
Konstruksiya o‘lchamiga nisbatan juda kichik sirtiga ta’sir etuvchi kuchlar
to‘plangan kuchlar deb ataladi va ularni bir nuqtaga qo‘yilgan deb faraz qilamiz,
to‘plangan kuchlarning o‘lchov birligi Nyuton (N).
Statik va dinamik yuklar. Yuk o‘z miqdori, qo‘yilgan nuqtalari yoki
yo‘nalishlarini sekin-asta oxirgi qiymatigacha o‘zgartiradigan, ya’ni tezlanishlari
e’tiborsiz bo‘lgan yuklarga statik yuklar deyiladi.
Yuklar o‘z miqdor va qo‘yilgan nuqtalarni juda qisqa vaqt mobaynida juda
katta tezlik bilan o‘zgartirsa bunday yuklarga dinamik yuklar deyiladi. Bunda
konstruksiya tebranishlar chastotasi va inersiya kuchlarini e’tiborga olish shart va
ularni aniqlash, hisoblash ishlarining katta qismini tashkil etadi.

Download 38.74 Kb.
1   2   3   4   5




Download 38.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasi murakkab qarshilik. Egilish bilan buralishning Birgalikdagi ta`siri

Download 38.74 Kb.