Guruh talabasi Qamarov Nurmuxammadning Informatika o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan




Download 217.5 Kb.
bet10/11
Sana28.02.2023
Hajmi217.5 Kb.
#43758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qamarov Nurmuhammad
Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, молкуляр, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari
X u l o s a
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o'qituvchilar mahoratini oshirish avvalo ularning maxsus kasbiy salohiyatiga bog'liq. Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o'qitiladigan fanlarning soati ko'pligini inobatga olgan holda ular bilimini oshirish muammosini ham har xil yo'llar bilan hal qilish zarur. Ammo, ularning metodik mahorati shunday universal komponentlarni o'z ichiga qamrab oladiki, ushbu komponentlardan turli o'quv fanlari pedagoglari foydalana oladilar va bu yo'nalishda ular tez vaqtda yaxshi natijaga erishishlari mumkin.
Salohiyat aniq fan yo'nalishida aniq ishni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan o'ziga xos xususiyatni bildiradi. Salohiyat tushunchasi o'z ichiga maxsus bilimlar, o'ziga xos ko'nikmalar, fikrlash usullarini va o'z harakatlariga javobgarlikni tushunishni qamrab oladi. Yana shu ham ma'lumki, bakalavr o'qituvchilar o'gkazilayotgan mashg'ulotlardan, o'zi qilayotgan ishidan qoniqish hosil qilishi ham juda katta ahamiyatga ega.
Mahoratni egallash uchun ko'p narsani bilish va qila olish kerak. Tarbiyalash qonunlari va tamoyillarini uning tarkibiy qismlarini bilish kerak. Ta'lim-tarbiya jarayonining samarali texnologiyalaridan foydalanishni bilish, har bir aniq holat uchun ularni tanlash, jarayonni berilgan daraja va sifatida loyihalashni bilish kerak. Bakalavr o'qituvchilarning mahorati shunda ifodalanadiki, unda eng avval u o'quv jarayonini shunday tashkil qiladiki eng qiyin barcha sharoitlarda ham o'zining talabalarining zaruriy tarbiyalanganlik darajasi, rivojlanishi va bilimlarga ega bo'lishga erishishadi.
Haqiqiy o'qituvchi har qanday savolga nostandart javob topadi, o'quvchi(talaba)ga alohida yo'l topa oladi, fikrini uyg'otadi, uni to'lqinlantiradi. Bunday o'qituvchi o'z fanini chuqur biladi, zamonaviy adabiyot, madaniyat, sport yaigiliklarini biladi, xalqaro voqealarni tahlil qila oladi.
O'qituvchi mahoratining ma’nosi - uning shaxsiy madaniyati, bilimi va
dunyoqarashini qorishmasi, uni har tomonlama nazariy tayyorligi, o'qitish va tarbiyalash usullaridan ustalik bilan foydalanish, zamonaviy texnika va tajribani qo'llashdir.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullrdan foydalanish faoliyatining xarakteri tavsiya etilgan texnoligiya, metod va usullardan dars jarayonida samarali foydalanish, uni qo'llay olish zarur.
Shunday qilib, Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullrdan foydalanish maqsad va vazifalarini qayta ko'rib chiqish, ularni zamonaviylashtirish bugungi kun talabi. Chunki, hozirgi kunda bu ta'lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlar, chuqur bilimli, o'z qobiliyati va imkoniyatlarini to'la ishga sola biladigan o'qituvchilarni faoliyat ko'rsatishini talab qilmoqda. Shunday ekan, o'qituvchilar tayyorlash faoliyati va uning me'yoriy-huquqiy asoslarini; bakalavr o'qituvchilarni tayyorlash metodlari, vositalari va shakllarini; ular faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqishni, ta'lim olishgabo'lgan tashabbuskorlik-ijodiy munosabatni shakllantirishni; ularning o'z salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratib berishni innovatsion yondashuvlar asosida amalga oshirilsa albatta kelajak uchun bilimli, malakali, fidoiy, o'z kasbining ustasi bo'lgan o'qituvchilarni etishtirib chiqarish mumkin.
Xulosa siftida shuni aytish joizki, dars mashg'ulotlarida innovatsion texnologiya, usul va metodikalardan foydalanishda natijasida:

  • o’quvchilarning bilim olishga intilishi ortadi;

  • fikrlash qobiliyatlari rivojlantiriladi;

  • erkin fikrlashga o’rganadi;

  • darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi;

  • boshqalar fikrini eshitishga va ularni hurmat qilishga o’rganadi;

  • o’z fikrini erkin va mustaqil ayta olishga o’rganadi;

  • ko’proq o’z ustida ishlashga o’rgatadi;

  • kompyuter bilan ishlash malakasi oshadi;

  • internet va u bilan ishlash malakasi ortadi va h.k.

Bundan ko’rinib turibdiki, interfaol usullami dars jarayoniga qo’llash o’qituvchining bilimi, malakasi, kasbiy mahorati, tajribasiga ham bog’liq. O’qituvchi o’quvchilarni darsda faollikka chaqirish uchun u bolalarda qiziqish uyg’otuvchi savollar va interfaol usullami tanlay olish kerak. Ana shundagina dars qiziqarli bo’lishi bilan birga ko’zlangan natijaga erishish mumkin.

Download 217.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 217.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasi Qamarov Nurmuxammadning Informatika o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan

Download 217.5 Kb.