Guruh talabasining elektronika va sxemalar 1




Download 232,77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana30.11.2023
Hajmi232,77 Kb.
#108592
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-mustaqil ishi

tok 
bilan 
borshqariluvchi 
asbob 
deyiladi.
Ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asboblar
VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo‘lgan, uch va undan ortiq p-n 
o‘tishlarga ega ko‘p qatlamli yarimo‘tkazgich asbob tiristor deb ataladi. 
Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bo‘lishi mumkin. Berk holatda 
tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor 
qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. SHundan yarimo‘tkazgich asbobning 
nomi (tira - eshik) qo‘yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa 
qurilmalarida, avtomatikada manfiy o‘tkazuvchanlikka ega yarimo‘tkazgich 
asbob sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o‘zgartgichlarning 
bo‘sag‘aviy elementlari sifatida yoki boshlang‘ich holatda energiya iste’mol 
qilmaydigan 
asbob 

triggerlar 
sifatida 
keng 
ishlatiladi.
Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (dinistor), triodli (trinistor) va tetrodli 
tiristorlarga bo‘linadi va to‘rt qatlamli p-n-p-n tuzilmadan mos ravishda 
chiqarilgan ikki, uch va to‘rt chiqishga ega bo‘ladi. Tuzilma chekkasidagi r – 
qatlam anod (A), n – qatlam esa katod (K) deb nomlanadi. Anod va katod 
orasidagi n – va r – sohalar baza deb ataladi, ularga o‘rnatilgan elektrodlar esa 
boshqaruvchi elektrodlar deb ataladi. Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir 
tomonlama o‘tkazadi. Bu o‘z navbatida, tiristorlarning o‘zgaruvchan tokni 


boshqarish imkoniyatini cheklaydi. O‘zgaruvchan tok zanjirlarida ikki 
tomonlama kalit sifatida simistor (simmetrik tiristor) ishlatiladi. Simistor triak 
deb ham ataladi. Simistor p-n-p-n-p tuzilmaga va bir yoki ikki boshqaruvchi 
elektrodga 
ega.
Uchta p-n o‘tishga ega diodga o‘xshash ikki elektrodli asbob dinistor deb ataladi. 
Uning tuzilmasi 3.1 a – rasmda, shartli belgilanishi esa 3.1 b – rasmda keltirilgan. 
Dinistorning 
uchta 
p-n 
o‘tishi J
1

J
2
va 
J
3
deb 
belgilangan.
Dinistor sxemalarda o‘zaro ulangan ikkita triodli tuzilma bilan almashtirilgan 
xolda ko‘rsatilishi mumkin. Dinistorni tashkil etuvchi tranzistorlarga ajratilishi 
va o‘zaro ulangan tranzistorlar bilan almashtirilishi 3.2 – rasmda ko‘rsatilgan. Bu 
ulanishda T1 tranzistorning kollektor toki T2 tranzistorning baza tokini, T2 
tranzistorning kollektor toki esa T1 tranzistorning baza tokini tashkil etadi. 
Tranzistorlarning bunday ulanishi hisobiga asbob ichida musbat TA hosil bo‘ladi.
Tiristor dinistorga o‘xshash tuzilmaga ega bo‘lib, baza sohalaridan biri 
boshqaruvchi bo‘ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos 
tranzistorning 
uzatish 
koeffitsienti 
ortadi 
va 
tiristor 
ulanadi.
.
Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar katod 
bilan va anod bilan boshqaruvchilarga ajratiladi. BE larning joylashishi va 
tiristorlarning shartli belgilanishi 
.
BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham mavjud. Bunday tiristorlarning 
BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka qiymat 
jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo‘llaniladi.
Elektrod toklari asosiy zaryad tashuvchilarning kristall hajmidagi elektr maydon 
ta’sirida dreyf harakatlanishiga asoslangan uch elektrodli, kuchlanish bilan 
boshqariladigan yarimo‘tkazgich asbob maydoniy tranzistor (MT) deyiladi. 
MTlarda tok hosil bo‘lishida faqat bir turli– asosiy zaryad tashuvchilar 
(elektronlar yoki kovaklar) qatnashgani sababli ular ba’zan unipolyar 

Download 232,77 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 232,77 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasining elektronika va sxemalar 1

Download 232,77 Kb.
Pdf ko'rish