• Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
  • 2. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan.
  • Guruh Xaitov Muxiddin topshiriq 1 vazifa 1




    Download 27.21 Kb.
    bet1/3
    Sana23.03.2023
    Hajmi27.21 Kb.
    #46309
      1   2   3
    Bog'liq
    1-topshiriq Xaitov Muxiddin
    2022 йил учуй руйхатдан утказилди да, Коротчук Зоя Ивановна, Галлямов Илхам Наилевич., II chorak. 7 sinf Algebra 3 - BSB umumtalim I - variant, II chorak 10 sinf Geometriya 3 BSB original II variant, II chorak. 7 sinf Algebra 3 - BSB umumtalim II - variant, Прогноз 2023 yil 2-4 DEKABR, toplamlar quvvati., 1-amaliy ish, Kiberxavfsizlik asoslari 2-amaliy ish, mustaqil ish. Jisimlarning o’zora to’qnashuvi. (1), 34. Психрометрические, Xalilova Gulxayo 2-topshiriq, 1-topshiriq 66


    040-19 guruh Xaitov Muxiddin

    TOPSHIRIQ 1


    vazifa 1
    Berilgan vazifa bo`yicha BBB pedagogik texnologiyasi bo`yicha javob yozishingiz kerak.
    Pedagogika. Psixologiya fanidan (nimani bilaman, Bilishni xohlayman, va Bilib oldim) degan savollarga javoblarni yozing

    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim

    1.Har birimizda mavjud bo‘lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutq, tafakkur, hissiyot, iroda kabilar psixik jarayondir.
    2. Pedagogika atamasi qadimiy bo’lib, "bola yetaklovchi" degan ma’noni bildiruvchi grekcha "paydogogos" so’zidan kelib chiqqan.

    1.Psixik jarayonlarning umumiy yig‘indisini xaqida ma’lumot.
    2. Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi ma’lumot.

    1.Bulardan tashqari har bir shaxsning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar: qiziqish, havas, qobiliyat va iste’dod, temperament va xarakter kabilar ham psixik jarayonlar jumlasiga kiradi.
    2. Keyinchalik esa bu tushuncha keng ma’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni egallagan mutaxassislarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Shu bilan birga ta’lim - tarbiya ishlari bilan shug’ullanuvchilar kasb - hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshlaydilar. Ularning ta’lim - tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari PEDAGOGIKA fanini vujudga kelishiga olib keldi.



    vazifa 2
    Berilgan tushunchalar mazmunini izohlab bering.

    tushunchalar mazmunini




    shaxs



    Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.


    tarbiya



    Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.


    bilim



    Kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.


    Ko’nikma

    Insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. K.lar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. K. faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi.


    Malaka

    Psixologiyada — muayyan kasb, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan mahorat. Odatda, biron ish jarayonida harakatlar anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok etishi tufayli ish gʻayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga eʼtibor kamayadi. Harakatning qisman gʻayriixtiyoriy ravishda bajarilishi tufayli uning tuzilishida ayrim sifat uzgarishlari yuz beradi. Harakatni hissiy nazorat qilish, uni markazdan turib boshqarish usullari oʻzgarib boradi. Harakat usullarini idrok etishdan diqqat xoli boʻladi va u harakat vaziyati hamda mahsuliga qaratiladi


    Ma’lumot



    Shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi. Taʼlimtarbiya hamda mustaqil bilim olish jarayonida olinadi. M. insoning ongli faoliyati jarayonida oʻzlashtirib boriladi. Ushbu jarayon bolaning fikrlash qobiliyati shakllanishidan boshlab dastlab oilada, soʻngra uzluksiz taʼlim tizimining turli bosqichlarida taʼlimtarbiya olish davomida amalga oshiriladi. Uzluksiz taʼlim tizimining har bir bosqichida tegishli taʼlim standartlari hamda oʻquv das-turlari bilan belgilangan hajm va yoʻnalishdagi M. oʻzlashtirib boriladi. M.ni oʻzlashtirish jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli taʼlim va tarbiya mashgulotlaridan iborat.


    bilim

    Kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va qoidalarga zid kelmasa bunda ishonch hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz Bilim darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.


    rivojlantirish

     Tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obʼyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekin-asta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyutsion rivojlanish va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iborat inqilobiy rvojlanish Evolyutsion rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi.


    Metod

    (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.M.ning kelib chiqish tarixi kishilarning amaliy faoliyatiga borib taqaladi. Biror ishni bajarish M.ini egallagan kishi shu ishni boshqalarga nisbatan oson, tez va soz bajara oladi. M.ni egallamagan inson esa bu ishni bajarish uchun koʻp vaqt va kuch sarflaydi. 




    Mafkura

    (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. har qanday jamiyat hayotida zarur. 




    Download 27.21 Kb.
      1   2   3




    Download 27.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh Xaitov Muxiddin topshiriq 1 vazifa 1

    Download 27.21 Kb.