• Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
  • Guruh Zaripov Niozmiddin Amaliyot ishi 2 Mavzu : Kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi Ishdan maqsad : Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi bilan tanishish. Reja




    Download 0,6 Mb.
    bet1/10
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,6 Mb.
    #149370
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Guruh Zaripov Niozmiddin Amaliyot ishi 2 Mavzu Kompyuter tarmo-fayllar.org


    Guruh Zaripov Niozmiddin Amaliyot ishi 2 Mavzu : Kompyuter tarmoqlarining

    951-17 guruh Zaripov Niozmiddin

    Amaliyot ishi 2

    Mavzu : Kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi

    Ishdan maqsad : Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi bilan tanishish.

    Reja:
    1.Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
    2.Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
    3.Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
    4.Simsiz tarmoq arxitekturasi.
    5.Tarmoq skanerini tadqiq qilish.
    6.Asosiy tarmoq hujumlari.
    7.Regional simsiz tarmoqlar.


    Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
    Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‘llari. Konsepsiyada ifodalangan maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechish yo‘llari asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab chiqishni uch bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.



    Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ishlab chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart. Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob`ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
    Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar tahlil qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘ngra, niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan harakatlarining ehtimolligini tahlil qilish lozim.
    Uchinchi bosqichning bosh masalasi – vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab chiqarish jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlil qilishdan iborat.



    Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar, prinsiplar va muolajalar aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. Ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:
    Himoya vositalarining tahlili;
    • Hujum bo‘lganini aniqlash.
    Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko‘rilayotgan masala maqsadi va unga yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo‘lib, tarmoq fizik arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi.


    Download 0,6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh Zaripov Niozmiddin Amaliyot ishi 2 Mavzu : Kompyuter tarmoqlarining arxitekturasi Ishdan maqsad : Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi bilan tanishish. Reja

    Download 0,6 Mb.