Moped — eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga
50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm kubdan
oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega
bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25
kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan
elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli
transport vositasi.
Xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan
kvadrisikl (kvadrosikl), trisikl, skuter hamda
yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga
moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar
ham mopedlarga tenglashtiriladi;
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2Fn…
5/13
Shu yil 12 aprelda tasdiqlangan yangi Yo‘l
harakati qoidalarining 8-bandiga ko‘ra,
moped, mototsikl va ularga tenglashtirilgan
mototransport vositalarini boshqarish
uchun haydovchi tegishli «A» toifadagi
transport vositasini boshqarish huquqini
beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega
bo‘lishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
YPX xodimlariga aynan mana shu havola
qilinayotgan band bo‘yicha skuterlarni
«ovlash» to‘g‘risida topshiriq berilgani aniq.
Qarang: 8-bandga moped atamasi qo‘shilgan.
Moped atamasiga izoh berilgan boshidagi
preambulada esa skuterlar ham shunga
tenglashtirilgani qistirib o‘tilgan — bo‘ldi!
Xalqaro standartlarga ko‘ra, moped so‘zi 8-
bandda bo‘lmasligi kerak. «A» toifa faqat
mototsikllarga tegishli.
Vena konvensiyasining O‘zbekistonda
hurmati yo‘q
Yangi turdagi amaldagi haydovchilik
guvohnomasida ham «A» toifa uchun
mototsikl tasviri tushirilgan xolos, eski
turdagi har ikki haydovchilik
guvohnomalarimizda «A» toifa faqat
mototsikllar uchun ekani yozib ham
qo‘yilgan.
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2Fn…
6/13
Lekin bu 2011 yilning 28 martigacha bo‘lgan
xalqaro talab. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena
konvensiyasida haydovchilik toifalariga 2011
yil 29 martdan buyon talab o‘zgargan, biroq
nimagadir O‘zbekistonda joriy etilmagan.
Yangi Yo‘l harakati qoidalari shu yilning 12
aprelida qabul qilingan bo‘lsa-da, hech kim
«jahonda toifalar qanaqa ekan?» deb qiziqib
ko‘rmagan. Binobarin, skuter borasida ham
Vena konvensiyasiga «qo‘l artib yuborilgan».
Masalan, Vena konvensiyasiga ko‘ra, dvigateli
hajmi 50 kub santimetrdan boshlangan va 125
kub santimetrdan ortiq bo‘lmagan yengil
mototsikllar uchun A1 toifa joriy qilish
mumkinligi belgilangan.
Yangi qo‘shimcha toifalar qo‘shnilarimiz
Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda,
shuningdek Ukrainada beriladigan
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2Fn…
7/13
haydovchilik guvohnomalarida ham o‘z aksini
topgan.
Bizda toifalar nega avvalgi holda
qolaverganining javobini topdim. Chunki
Rossiya Federatsiyasida ham haydovchilik
guvohnomalarida yaqingacha haydovchilik
toifalari aynan shunday ajratilgan ekan.
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2Fn…
8/13
Lekin barcha narsada Rossiya Federatsiyasiga
taassub qiladigan Ichki ishlar vazirligimizdagi
akalar bilishmaydiki, Rossiya ham allaqachon
yangi talablarga moslab, yangi haydovchilik
guvohnomasini chiqarishgan.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
«Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi
qonuni
ning 2-moddasida «Agar O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida
O‘zbekiston Respublikasining yo‘l
harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi
qonunchiligida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi»,
deb belgilangan.
1968 yilning 8 noyabr sanasida Avstriya
poytaxti Vena shahrida qabul qilingan Yo‘l
harakati to‘g‘risidagi konvensiyani
O‘zbekiston Respublikasi ham ratifikatsiya
qilgan.
Vena konvensiyasida «A1» toifa dvigateli
hajmi 50 kub santimetrdan 125 kub
santimetrgacha bo‘lgan yengil mototsillarga
berilishi, undan katta quvvatli mototsikllar
uchun «A» toifa berilishi belgilab qo‘yilgan.
Ya’ni «A» toifadagi haydovchilik guvohnomasi
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2Fn…
9/13
jahon bo‘ylab faqat mototsikllarni boshqarish
uchun beriladi.
Dvigateli hajmi 50 kub santimetrdan kichik
bo‘lgan skuter va moped (motorli
velosiped)larni boshqarish uchun
haydovchilik guvohnomasi shart emas.
Skuter haydashga ham avtomaktabda
o‘qiladimi?
Keling, shu o‘rinda YPX xodimlari haq,
moped va skuter haydovchilar ham «A»
toifadagi haydovchilik guvohnomasi
uchun o‘qishi va uni olishi shart, deb
hisoblaylik.
Skuter haydaydigan odam (asosan yoshlar)
katta quvvatga ega mototsiklni boshqara
olmasligi mumkin. Skuterda boshqarish
uchun haydovchilik guvohnomasini olishda
mototsiklda imtihon topshirishga to‘g‘ri
keladi. Haydovchi og‘ir, kuchli va beso‘naqay
mototsikl boshqarishni istamasa-chi?
(Skuterni qizlar ham bemalol boshqarishini
inobatga oling shu yerda).
Agar «A» toifadagi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun imtihon skuterda
topshiriladigan bo‘lsa, haydovchi mototsiklni
boshqarish huquqiga ham ega bo‘lib qoladi-
ku? Bu mantiqsizlik emasmi?
Qonun-qoidalarni tushunarsiz-chalkash
qabul qilib, so‘ng uni o‘zlaricha talqin qilib,
xalqni qiynagandan ko‘ra, mavjud xalqaro
qoidalarga rioya qilingani afzal emasmi?
Eng yaxshisi — ko‘p hujjatlar va qonunchilikni
tushunmaydigan YPX xodimlariga rahbariyat
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2F…
10/13
davlat raqam belgisi taqish shart
bo‘lmagan transport vositalari —
velosiped, moped, skuter, kvadrisikl,
tramvay, trolleybusni to‘xtatib,
haydovchilik guvohnomasi so‘ramaslikni
uqtirish kerak.
IIVga savollar
Endi birgina skuterning jarima maydoniga
kiritib qo‘yilishi ortidan bir qator haqli
savollar yuzaga qalqib chiqmoqda va IIVdan
mas’ul shaxslar bu savollarga javob berib,
oydinlik kiritsa yaxshi bo‘lar edi.
Yangi turdagi haydovchilik guvohnomasiga
kelsak, Ichki ishlar vazirligimiz mas’ullari
endi nima qiladi? Zudlik bilan xalqaro
talablarga mos qo‘shimcha toifalarni qo‘shib
haydovchilik guvohnomasini joriy etishadimi?
Ko‘plab mehnat migrantlarimiz xorijiy
davlatlarga chiqishmoqda, ularning katta
qismi haydovchilik bilan ham
shug‘ullanishadi. Ularga xalqaro standartlarga
to‘g‘ri kelmaydigan haydovchilik
guvohnomasi berishda davom etyapmiz. 2010
yilgacha davrda berilgan eski guvohnomalarni
almashtirish uchun muddat bir necha marta
surildi. Nega shunda ham yana eski
standartdagi haydovchilik guvohnomalari
berilmoqda?
Jahon davlatlarida A, B, C, D, BE, CE, DE kabi
7 asosiy toifadan tashqari, A1, B1, C1, D1,
C1E, D1E kabi qo‘shimcha 6 toifa ham aks
etgan guvohnomalar berilishi 2011 yildayoq
joriy qilingan ekan. Nega shu paytgacha
avtomaktablarimizda o‘qitish va haydovchilik
guvohnomasi berish bor-yo‘g‘i o‘sha yetti
asosiy toifa bo‘yicha amalga oshirilmoqda?
Nega poytaxt Toshkentda yo‘l patrul xizmati
xodimlari va ularga noqonuniy og‘zaki
topshiriq berayotganlar xalqaro standartlarga
moslashish o‘rniga xalqaro standartlarni
inkor etib, skuter egalardan «prava» so‘rab
yurishibdi?
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2F…
11/13
#skuter
#IIV
#moped
Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi
departamenti davlat yo‘l xavfsizligi bosh
boshqarmasidagi mas’ullardan birortasi
chiqib shu savollarga ro‘yi-rost va dangal
javob bera olarmikan?
Yo‘llari tobora avtomobillarga to‘lib
borayotgan, avtomobilga moslashgan tirband
poytaxt ko‘chalarida velosiped, samokat va
skuterda harakatlanishni targ‘ib qilish va
rag‘batlantirish o‘rniga, ularni
boshqarayotgan yoshlarni jazolash qay bir
mantiqqa to‘g‘ri keladi?
Shuhrat Shokirjonov, jurnalist
Mavzuga oid
Rossiyada IIV tuzilmalaridan 5000 xodim ishdan bo‘shab ketdi
09:01 / 11.08.2023
Jahon
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2F…
12/13
IIV litseylariga kirish test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi
13:41 / 10.08.2023
Jinoyatchilik statistikasidagi o‘sish: mas’ullar nima deydi?
11:40 / 09.08.2023
O‘zbekiston
Jamiyat
21.08.2023, 12:29
«Dunyodan ortda qolayotgan O‘zbekiston IIV». Poytaxt ko‘chalarida moped va skuterlarga «ov» boshlandi
https://kun.uz/uz/news/2022/10/18/dunyodan-ortda-qolayotgan-ozbekiston-iiv-poytaxt-kochalarida-moped-va-skuterlarga-ov-boshlandi?q=%2F…
13/13
Sayt haqida
RSS
Aloqa
Reklama
Кун мавзулари
Kun.uz jamoasi
“KUN.UZ” saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish
faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Guvohnoma: №0987. Berilgan sanasi: 22.06.2015-yil. Muassis: “WEB EXPERT” MCHJ. Tahririyat manzili:
100043, Toshkent shahri, K. Yormatov koʻchasi, 12-uy. Elektron manzil: info@kun.uz.
Saytda eʼlon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Kun.uz
tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Ⓣ - maqola va materiallarda qo‘yilgan mazkur belgi ularning tijorat va reklama huquqlari asosida eʼlon
qilinganligini bildiradi.
BIZNES
HAMKORLIK QILISH
Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakat qilgan IIV xodimlari jazolandi
21:24 / 05.08.2023
GeForce RTX 40:
maktab o‘quvchilari
va talabalar uchun
samarali noutbuklar
Beeline Uzbekistan
Surxondaryoda
tarmog‘ini
kuchaytirmoqda
Veterinar olimlar
yangi antigen ixtiro
qildi
Yoshlar ishlari
agentligi xorijiy
tillarini bepul
o‘rgatuvchi loyihani
takomillashtirmoqda
O‘zbekiston
|