IP tarmoq tushunchasi. Kompyuter tizimlarining tasnifi kompyuter tarmoqlarining turlari




Download 57 Kb.
bet3/3
Sana23.05.2023
Hajmi57 Kb.
#63650
1   2   3
Bog'liq
14-мавзу 1
The Self , Basic english, Ilmiy ishlar ro\'yhati, 125544, BETLIKLAR, Документ Microsoft Word, 23-, У.Абдуллаева очик дарс 2, oxirgisi, Фалсафа, Информати, Педагогика, Инглиз тили тест 2023, 4-ma ruza, rangtasvir.pptxU.I, salvia-l-marmarak-turkumi-vakillarining-o-zbekistonda-tarqalishi-hayotiy-shakllari-va-ishlatilishi, 54 A1.1 3.Hafta sonu, Mavzu
IP tarmoq tushunchasi. Kompyuter tizimlarining tasnifi kompyuter tarmoqlarining turlari
Reja
1 IP va URL manzillar tushunchasi
2 Kompyuter tizimlarining tasnifi

Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan axborot tarkibi o'zaro o'xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko'plikka" usulda tashkil etilgan ob'ektlar bog'lanishiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai-nazardan internetda mavjud bo'lgan ixtiyoriy kompyuter ko'plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog'langan bo'ladi. Bunday bog'lanish tarmoq (Net) deb ataladi. Axborot nuqtai-nazardan internetda e'lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o'zaro bog'lanishda bo'lishi mumkin. Bu holdagi axborot bog’lanishi to'r (Web) nomini olgan.


Shunday qilib, tarmoq (Net) haqida so'z yuritilganda o'zaro bog’langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, to'r (Web) haqida so'z yuritilganda esa yagona axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog’lanishlar orqali tashkil topgan tarmog'idagi kompyuterlar bilan virtual axborot fazosini tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil manzillar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to'rt qismdan tashkil topgan o'z manziliga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o'zgarmas IP-manzilga ega bo'ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo'lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-manzilga ega bo'ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud bo'lgan ixtiyoriy kompyuter IR-manzilini bilgan holda, unga har xil ko'rinishdagi so'rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Bu so'rovlar o'sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma'lumotlar bazasi yoki bo'lmasa undagi biror bir dasturni ishlatishga, o'sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo'lishi mumkin va hokazo.
Internet axborot muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-manzillaridan boshqa o'zlarining takrorlanmas, unikal manzillariga ega. Bu manzil URL (Uniform Resource Locator) - manzil deb ataladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi hukumatining pacmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma'lumot 6eruvchi elektron sahifa manzili www.gov.uz.
Agar Internet tarmog'ida biror bir hujjat e'lon qilingan bo'lsa, u yagona takrorlanmas URL manzilga ega. Kompyuterda bir nom bilan diskning bir joyida ikkita fayl mavjud bo'lmaganidek, internetda ham ikki elektron hujjat bir xil URL-manzilga ega bo'la olmaydi.
Download 57 Kb.
1   2   3




Download 57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IP tarmoq tushunchasi. Kompyuter tizimlarining tasnifi kompyuter tarmoqlarining turlari

Download 57 Kb.