Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari




Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.01.2023
Hajmi288.68 Kb.
#40076
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bobojonov Rasul Tohir og’li (1)
13.Plitali oraliq qurilmalariga ta’sir etuvchi yuklarni yig‘ish va kesim mustaxkamligini tekshirish, Dars jadvali, bunyod, 10-sinf Informatika BSB-2


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
3– SON / 2022 - YIL / 15 - NOYABR 
www.bestpublication.org
 
517 
HARBIY PEDOGOGIKA VA HARBIY PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASH 
MASALALARI. 
 
Bobojonov Rasul Tohir og’li
Nizomiy nomidagi TDPU harbiy ta’lim fakulteti talabasi. 
 
Anotatsiya: Zamonaviy innovatsion usullardan foydalanish, ularni o’zlashtirish, o’quv 
tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish masalalari, mamlakat va hayotida harbiy 
pedogogikaning ahamiyati. 
Kalit so’zlar: Harbiy ta’lim va fanda innovatsiya, didaktik talimot, jangovar 
tayyorgarlik. 
Hozirgi kunda ―Harbiy pedagogika‖ pedagogika fanining alohida tarmog‗i sifatida 
boshqa fanlar bilan hamkorlikda taraqqiy etmoqda. 
Harbiy pedagogika askarlar va harbiy jamoalarga ularda doimiy yuksak jangovar 
tayyorgarlikka ega bo‗lishlari, tinchlik davrida va urush sharoitida o‗z harbiy burchini 
muvaffaqiyatli bajarishlari uchun yuksak ma‘naviy, siyosiy va jangovar xislatlarni
jangovar mahoratni shakllantirish, aqliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish, 
ma‘naviy-ruhiy tayyorgarligini amalga oshirishning pedagogik qonuniyatlarini 
o‗rganuvchi fandir. 
Harbiy pedagogikaning ob‘ekti shaxsiy tarkibni o‗z xizmat va jangovar 
vazifalarini bajarishga tayyorlash jarayonidan iborat; uning predmeti (mazmuni) 
sifatida askarlarning jangovar va ma‘naviy-ma‘rifiy tayyorgarligi jarayonining 
pedagogik qonuniyatlari xizmat qiladi. 
Harbiy pedagogikaning asosiy tushunchalari quyidagilardan iborat: 
Tarbiya – ilmiy dunyoqarash, ma‘naviy-ma‘rifiy tushunchalar, axloqiy 
munosabatlar, jangovar va kasbiy xislatlar, borliqqa estetik munosabat, jismoniy va 
ruhiy kuchini rivojlantirish maqsadida askarning ongi, ruhiyati, irodasiga maqsadli
belgilangan tizim asosida pedagogik ta‘sir ko‗rsatishdir. 
Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida askarlarni xizmat va jangovar 
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bilim, ko‗nikma va malakalar bilan 
maqsadli va belgilangan tizim asosida qurollantirish jarayonidir. 
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida egallangan va tizimga solingan bilim, hosil 
qilingan ko‗nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. 
Rivojlanish – askarning aqliy va jismoniy imkoniyatlarining bajarilishi lozim 
bo‗lgan vazifalar xususiyatlari va harbiy xizmat sharoitlariga muvofiq maqsadli 
takomillashuvi jarayonidir. 
Ruhiy tayyorgarlik – harbiy burchini bajarish, turli sharoitlarda qo‗yilgan 
vazifalarni ado etish uchun askarning doimiy ichki tayyorligi va yuksak hissiy-irodaviy 



Download 288.68 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harbiy pedogogika va harbiy pedagog kadrlarni tayyorlash masalalari

Download 288.68 Kb.
Pdf ko'rish