• Hayot faoliyati
  • Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana30.11.2022
    Hajmi326.57 Kb.
    #32611
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    h1
    1 sinf tovush va harflar mavzusida da, PISA TEST, ochiq dars kimyo (2), “Aqlli shahar” konsepsiyasi va uning boshqaruv maqsadlari., 4-Mus ish ASH, 1. Aqlli shahar va uning rus va chet el manbalaridagi asosiy x, паспорт ПОН 3 1, 9-sinfga TEST YANGI, Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi (X.Zayniddinov, S.O\'rinboyev, A.Beletskiy), K O’LCHOVLI TEKISLIK, Yosh davrlari psixologiyasi test savollari, Sun sulasida xitoy, Transmilliy kompaniyalarning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni, Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish


    XURRAMOVA GULSUM 
    «HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI” FANINING ASOSIY MAZMUNI, MAQSADI 
    VA VAZIFALARI 
    1.1. Fanning maqsad va vazifalari 
    Hayot faoliyati xavfsizligi
    – inson hayoti, sog‘ligi hamda uning nasliga ta’sir etuvchi real 
    xavflar aniq ehtimollik asosida bartaraf etilgan inson faoliyati holatidir.
    Hayot faoliyati
    – insonning o‘z manfaatlarini qondirish maqsadidagi kunlik mehnat 
    faoliyati va dam olishi, ya’ni insoniyat yashashining muhim shartidir. Inson yashash davrida 
    o‘zining moddiy va ma’naviy manfaatlarini qondirish maqsadida yashash makonini, muhitini 
    o‘zgartiradi. Shu sababli, “Hayot faoliyat xavfsizligi” fani inson organizmi bilan uni o‘rab turgan 
    muhit o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanish va ta’sirni o‘rganadi. Ma’lumki inson o‘z 
    faoliyatini tabiiy, maishiy, ishlab chiqarish, shahar muhiti va favqulodda holatlar sharoitida 
    amalga oshirishi mumkin. Inson har qanday muhit sharoitida faoliyat yuritmasin inson va muhit 
    o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshi ta’sir yuzaga keladi. Shu sababli inson faoliyati ikki maqsadga 
    yo‘naltirilgan bo‘ladi: 
    1. O‘z faoliyati davomida ma’lum samarali maqsadga, manfaatga erishish. 
    2. Faoliyati davrida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish, ya’ni faoliyatni 
    xavfsiz va zararsiz bo‘lishini ta’minlash. 
    Ko‘ngilsiz holatlar deganda insonning hayoti va sog‘liga zarar etishi tushuniladi. Inson 
    faoliyati davomida uning hayoti va sog‘ligiga zarar etkazuvchi har qanday holat, vaziyat, 
    vositalar 
    xavflar deyiladi
    . Xavflar ta’sirida inson sog‘ligiga zarar etadi, hayoti xavf ostida qoladi 
    va organizmning me’yoriy faoliyati qiyinlashadi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi
     – maqsadga olib boruvchi yo‘l, uslub va vositalar majmudir. U 
    atrof-muhit va insoniyatga tahdid soluvchi xavflarning tabiatini, ularni yuzaga kelish va ta’sir 
    etish qonuniyatlarini, xavflarni yuzaga kelishini oldini olish tadbirlarini, xavflardan 
    himoyalanish usullari va xavf ta’sirida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish yo‘llarini 
    o‘rganuvchi ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. 

    Download 326.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari

    Download 326.57 Kb.
    Pdf ko'rish