|
Hayot faoliyati xavfsizligi
|
bet | 15/17 | Sana | 07.07.2023 | Hajmi | 49.96 Kb. | | #76427 |
Bog'liq 0.5 HFH ishchi ingliz tili 4-kurs 2021y (2) 21 Мухаммадалига
Kurs ishi (loyixasi) tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar.
O‘quv rejasida mazkur fandan kurs ishi yozish rejalashtirilmagan.
2.5. Mustaqil ta’lim topshiriqlari boyicha tavsiyalar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
darslik va o‘quv qo‘llanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar boyicha ma’ruzalar qismlarini o‘zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar boyicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy (distantsion) ta’lim.
2.6. Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish boyicha tavsiyalar
Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnoma texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan «Kompyuter texnikasi, kinofil’m, videofil’m, diafil’m, slayd va elektron versiyalardan» yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish, bilim ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi.
Didaktik vositalar
Didaktik vositalar: texnik va badiiy model namunalari, texnologik jarayon kartalari, tarqatma materiallar.
|
| |