• Fakul’tet dekani
  • 1.1. Fanning maqsad va vazifalari
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 49.96 Kb.
    bet2/17
    Sana07.07.2023
    Hajmi49.96 Kb.
    #76427
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    0.5 HFH ishchi ingliz tili 4-kurs 2021y (2)
    21 Мухаммадалига
    Kafedra mudiri:__________ p.f.d.v.b.prof., M.X.Shomirzayev

    Fanning ishchi o’quv dasturi Milliy libos va san’at fakul’tet kengashining 2022 yil “____” avgustdagi __ -sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va universitet o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.



    Fakul’tet dekani: __________ dots. A.E.To’raqulov

    Ishchi o‘quv dasturi Termiz davlat universiteti o’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil “____” __________ dagi __ -sonli yig’ilishida tasdiqlangan.


    O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: __________ dots.A.Ibragimov


    I. Kirish
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Ushbu dastur fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda mamlakatimizdagi ijtimoiy-iktisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Hozirgi vaqtda xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena meyor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, insoniyat tomonidan qo‘llanilayotgan turli zaxarli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog‘ligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari dolzarb o‘rin olgan. Aynan shu muammolarning yechimini mazkur fan o‘rganadi.
    1.1. Fanning maqsad va vazifalari
    Fan o‘qitilishidan maqsad – bo‘lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
    Fanni o‘rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalaiish usullariga o‘rgatish, zararlangan shikastlanish uchoqlaridagi fuqarolarni qo‘tqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish, yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko’nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.



    Download 49.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 49.96 Kb.