• 1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
  • 1.5. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
  • Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
  • O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi




    Download 49.96 Kb.
    bet4/17
    Sana07.07.2023
    Hajmi49.96 Kb.
    #76427
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    0.5 HFH ishchi ingliz tili 4-kurs 2021y (2)
    21 Мухаммадалига
    1.3. O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi


    Insonlarni texnosferadagi faoliyati xavfsizligining asoslarini o‘rganish avvalo, tirik mavjudotlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan bir-biriga munosabati to‘g‘risidagi umumiy bilimlarda hayotiy faoliyat xavfsizligining o‘rnini bilishdan boshlanadi.
    Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘qitish talabalarning o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan olgan bilimlariga tayangan holda olib boriladi.

    1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
    Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o’rganish nafaqat texnosferada xavflar tug’ilganda, balki ishlovchilarni kasb kasalligiga chalinishlarini qisqartirish, baxtsiz hodisalarning shuningdek, biosferada (atrof-muhitda) yuz beradigan favqulodda vaziyatlarda insonlar o’limi va moddiy zararlar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.


    1.5. Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
    Dastur talabalar bilimini reyting-nazoratidan foydalanadigan o‘quv jarayonini tashkil qilishning yangi tamoyillari asosida amalga oshadi.
    O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.
    “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

    Download 49.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 49.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

    Download 49.96 Kb.