Dunyo okeanining ekologik zonalari




Download 2.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/58
Sana02.11.2023
Hajmi2.36 Mb.
#93227
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
Bog'liq
Ўқув қўлланма 2021

Dunyo okeanining ekologik zonalari 
Okeanlar ekologik shart-sharoitlari bilan farqlanuvchi bir necha 


48 
zonalardan tashkil topgan (4-rasm). Suvning yuza qatlami pelagial zona deb 
nomlanadi, tubi esa bental zonani tashkil etadi. Chuqurligiga qarab bental 
zonasi quruqlikning 200 metrga qadar pasayib borishi qismi – sublitoral, 
keskin chuqurlashish zonasida jadallashgan abissal zonalarga ajraladi. Okean 
suvining eng chuqur qatlami ultraabiassal zona hisoblanadi. Litoral zona suv 
to’lqini ko’tarilganda suv bilan ta’minlanib turadi. Uning yuqorisida 
supralitoral zona joylashgan va bu zona to’lqin qirg’oqqa urilganda, sachragan 
suv zarrachalari hisobiga namlanib turadi.
Okeanning har bir zonasida yashovchi hayvonlar o’ziga xos ekologik 
guruhlarni tashkil etadi. Jumladan, pelagial zonada pelagoslar tarqalgan, 
suvning yuzasida planktonlar bo’lsa, bental qatlamida bentos hayvonlar hayot 
kechiradi. Pelagoslar qish mavsumida qo’shimcha yorug’lik berilsa, u 
muddatidan oldin ko’payishi mumkin. 
Plankton (lot. Planktos – sayr qiluvchi) – suv qatlamida yashab, suv 
oqimi bilan harakatlanuvchi organizmlar majmui. Plankton tarkibiga 
o’simliklar (fitoplankton), bakteriyalar (bakterioplankton), hayvonlar 
(zooplankton) kiradi. Ko’l planktoni limnoplankton, daryo planktoni 
potamoplankton deb ataladi. Fitoplankton suvning fotosintez qilish uchun 
zarur yuqori (50-100 m gacha) qatlamida, bakterio- va zooplankton suvning 
barcha qatlamida uchraydi. Dengiz fitoplaktoni, asosan, diatom suvo’tlar, 
peridiniyalar, kolitoforid xivchinlilardan, chuchuk suv fitoplaktoni diatom
ko’k yashil va ayrim yashil suvo’tlardan iborat. Chuchuk suv zooplanktonida 
kurakoyokli va shoxdor mo’ylovli qisqichbaqasimonlar, og’izaylangichlar, bir 
hujayralilar; dengiz zooplanktonida har xil qisqichbaqasimonlar, bir 
hujayralilar, bo’shliqichlilar, taroqlilar, baliqlar tuxumi va linchinkasi
umurtqasiz hayvonlar lichinkasi ko’p bo’ladi.
O’lchamiga binoan, plankton nannoplakton (bakteriyalar, juda mayda 
suvo’tlar), mikroplankton (suvo’tlar, bir hujayrali hayvonlar, og’izaylangichlar, 
har xil lichinkalar), mezoplankton (o’lchami 1 sm gacha bo’lgan 
qisqichbaqasimonlar va bentos hayvonlar), makroplanktonlar (o’lchami 1 sm 
dan bir necha sm gacha bo’lgan mizidlar, krevetkalar, meduzalar), 


49 
megaplankton (yirik hayvonlar, mas, qutb meduzasi - diametri 2 m gacha; 
zuxro kamari uz. 1,5 m gacha) ajratiladi. Ko’pchilik plankton organizmlarda 
suvda qalqib yurish uchun gavda nisbiy og’irligini kamaytiruvchi (havo 
pufaklari, yog’ kiritmalari, g’ovak va liqildoq tana), gavda yuzasini 
kengaytiruvchi (gavdaning yassi bo’lishi, turli xil o’simtalar) moslanishlar 
paydo bo’lgan.
Okean fitoplanktoni umumiy massasi (550 mlrd. tonna) zooplanktonga 
nisbatan 10 marta ko’proq. Fitoplankton zooplankton uchun oziq, suv 
havzalaridagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi. 
Litoral (yun. lithoralis – qirg’oqqa tegishli) - dengiz sohilining suv bosib 
turadigan suv ko’tarilish-qaytish zonasi. Mo’’tadil iqlim litoralida bir kecha-
kunduz va yil davomida xarorat, suvning sho’rlanishi ancha o’zgarib turadi. 
Shu sababdan litoralda keng miqyosda moslanish xususiyatiga ega bo’lgan 
evribiont turlar: suvo’tlar (asosan, fukussimonlar, diatom suvo’tlar), 
qisqichbaqasimonlar (balanuslar, yonlab suzarlar), aktiniyalar, korall poliplar, 
mollyuskalar (midiya, littorina va Bentos) va Bentos organizmlar yashaydi. 
Qishda litoral muzlab qolishi mumkin, shuning uchun ayrim organizmlar 
sublitoralga ko’chib o’tadi, boshqalari o’zining faol hayotiy xususiyatlarini 
saqlab qoladi. Mo’’tadil iqlimda 1 m

sovuq litoralda 5-10 kg biomassa hosil 
bo’ladi. Arktika yoki Antarktida ta’sirida litoralda deyarli hayot bo’lmaydi. 
Chuchuk suvli ko’llarda litoral 5-7 m chuqurlikkacha hayotga eng boy zona 
hisoblanadi.

Download 2.36 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Download 2.36 Mb.
Pdf ko'rish