Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021




Download 2.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/58
Sana02.11.2023
Hajmi2.36 Mb.
#93227
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
Ўқув қўлланма 2021

 
8-rasm. Tuproq megafunasi 
Janubiy yarim shar tropik o’rmonlarida yashaydigan yirik 2,5 – 3 metr 


61 
uzunlikdagi oligaxet chuvalchanglari ham megafauna tarkibiga kiradi. 
Tuproqda, yuqorida ko’rib o’tilgan ekologik guruhlardan tashqari uya (in) 
qurib yashovchi hayvonlar guruhi ham farqlanadi. Jumladan, yumronqoziqlar, 
sug’urlar, qo’shoyoqlar, bo’rsiqlar, quyonlar va boshqalar tuproq ostida 
ko’payadi, dushmanlardan himoyalanadi, qishlaydi va qisqa muddatli dam 
oladi. Ular o’zlarining er kovlashga moslashgan oyoqlarini yaxshi 
rivojlanganligi, bosh qismining kichik o’lchamliligi, o’ziga xos gavda tuzilishi 
va boshqa moslanishlari bilan ajralib turadi.
Umuman, tuproq ekologik muhit sifatida hayvonlar evolyutsiyasida 
alohida ahamiyatga ega bo’ladi. O’zining tarixiy taraqqiyoti ko’pchilik 
bo’g’imoyoqlilar quruqlikka suv – tuproq – quruqlik yo’nalishi bo’ylab 
chiqqanligi ma’lum. 
 
Biotik omillar 
 
Tabiatdagi biotik munosabatlar xilma-xil bo’lib, ularning eng muhimlari 
yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin, tekinxo’rlik, o’zaro foydali, qarama-qarshi 
aloqalar, betaraflik, o’simlik va hayvonlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar, 
sig’indilik, uya parazitizmi va boshqalar hisoblanadi. Bularning barchasi 
uyg’unlikda biotik omillarni tashkil etadi.
Yirtqich-o’lja va parazit-xo’jayin munosabatlari organizmlar o’rtasidagi 
ozuqa orqali bo’ladigan munosabatlardir. Chunki, geterotroflar boshqa 
geterotrof yoki avtotroflar hisobiga yashaydi. Ma’lumki, yirtqichlar o’ljasini 
ushlab jonsizlantirib, so’ng eydi. Shuning uchun yirtqichlarda o’ziga xos fe’l-
atvor (aktiv reaktsiya, tez harakat va boshqalar) shakllangan bo’ladi. 
Mushuksimonlar oilasiga mansub bo’lgan gepardlar o’lja ketidan quvlaganda, 
bir sekundda 20 metr yo’lni bosadi, soatiga 110 hatto 140 km tezlikda chopa 
oladi.


62 

Download 2.36 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Download 2.36 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021

Download 2.36 Mb.
Pdf ko'rish