• Infeksion bo’lmagan ko’z kasalliklarining oldini olish.
  • Hid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish




    Download 0.75 Mb.
    bet5/12
    Sana29.04.2022
    Hajmi0.75 Mb.
    #20500
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    ANALİZATORLARNİNG YOSH XUSUSİYATLAR1
    Kitobni qaytarish muddati
    Ko’ruv gigiyenasi. Yaqindan va uzoqdan yaxshi ko’rmaslik har xil sabablarga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzoqdan ko’rish uchraydi. Odatda, maktab yoshidagi bolalarda yaqindan ko’rish ko’p uchraydi. Yaqindan ko’rish yotib o’qish yoki juda yegilib o’qish tufayli kelib chiqadi, chunki doim yotib o’qiganda, yegilganda ko’zga qon to’lishi ortadi, bosimi ko’tariladi, natijada ko’z soqqasi kattalashadi va fokus oralig’i o’zgaradi. Yorug’lik yetarli bo’lmaganda ham kipriksimon muskullar uzoq vaqt davomida qisqarib turadi va gavharning nur sindirish xossasi ortadi. Partalar, sinf doskasi, ish joyi yetarli darajada yoritilmaganda esa o’quvchilar yaqindan ko’radigan bo’lib qoladi. Ishlab chiqarishda mayda detallarni uzoq muddat qayta ishlash, mayda harflarni terish kipriksimon muskullarni qattiq charchatadi va yaqindan ko’rishga sabab bo’ladi.
    Yaqindan ko’radigan o’quvchilar albatta shifokor maslahati bilan ko’zoynak taqishi kerak. Bunday bolalarni yorug’lik yaxshi tushib turadigan oldingi partalarga o’tqazish zarur.
    Gigiyena talablariga ko’ra, o’qiyotgan yoki yozayotgan vaqtda xonaga yorug’lik chap tomondan tushishi, kitob bilan ko’zning orasi 30, 35, 40 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Ko’zning zo’riqib ishlashiga aloqador mashg’ulotlarda (rasm chizish, applikasiya) ko’z charchamasligi uchun bolalarni vaqti-vaqti bilan boshqa ishga chalg’itib turish kerak. Ana shunda ko’z charchamaydi va o’tkirligi normal saqlanadi.
    Infeksion bo’lmagan ko’z kasalliklarining oldini olish. Infeksion bo’lmagan ko’z kasalliklari jumlasiga «shapko’rlik» kiradi. Bu kasallikka duchor bo’lgan odamlar qorong’i tushishi bilan deyarli hyech narsani ko’rmaydigan bo’lib qolganidan noliydi. Kunduzgi va yetarlicha ravshan sun’iy yorug’likda ular odatdagicha ko’raveradi. Kasallikning sababi ko’pincha yetarlicha to’yib ovqatlanmaslikda, ayniqsa ovqatda vitamin A bo’lmasligidadir; bunga ba’zan jigar kasalliklari, bezgak ham sabab bo’ladi.
    «Shapko’rlik»ning oldini olish ovqatda yetarli miqdorda vitaminlar, ayniqsa vitamin A bo’lishini ta’minlashdan iboratdir. Ovqatni vitaminlarga boyitish uchun baliq moyi, polivitaminlar, moyda dimlangan yoki sutda pishirilgan sabzi, har xil ko’kat, salat, ismaloq,
    piyoz, shovul va pomidor ishlatiladi. «Shapko’rlik»ning oldini olish uchun ovqatni yaxshilashdan tashqari kun tartibiga rioya qilish, ish joylarini to’g’ri va yaxshi yoritish, maxsus ko’zoynak tutib ravshan yorug’likdan himoyalanish zarur.

    Download 0.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hid bilish analizatori Ko’rish analizatori Ta’m bilish

    Download 0.75 Mb.