Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#141000


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Kompyuter injiniring” fakulteti
Kompyuter injinering yo‘nalishi
716-20 – guruh talabasi
G‘offorova Mavludaxonning

Geoaxborot texnologiyalar

fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: G‘offorova M.A
Qabul qildi:
Umurzakova D. M.
Farg‘ona 2023


Mavzu: Geoaxborot tizimining rivojlanish istiqbollari
Reja:
1. Geoportallar va internetga asoslangan tizim
2.
GAT va multimedia vositalari
3.
Mobil gat
4. Onlayn geoaxborot xizmatlari
5. Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan ekspert tizimlarning turlari
6. Uch oʻlchamli geoaxborot tizimi modellari
7.
GNSS va GPS haqida tushuncha
8. Geoaxborot tizimining ilmiy istiqbollari
9. Xulosa.
Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda. Bu,
oʻz
navbatida,
veb-sahifada
multimedia
geotasvirlashning
yangi koʻrinishlarini
yaratishni taqozo etadi. Internet bu millionlab kompyuterlarni birlashtiruvchi ulkan
aloqa tarmogʻidir. Oxirgi yillarda internet faoliyatining oʻsishi
ulkan
axborot
oqimiga ega boʻlgan ma’lumotlarni yagona manbaga birlashtirishga olib keldi.


Multimedia turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda
tasvirlovchi
texnologiyadir.
Texnologiyani
qoʻllagan
holda tasvirlanadigan
ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog
video hamda animatsiyalar kiradi.
Mobillashgan GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga
kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash,
saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu
usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin.
Geoportallar. Geoaxborot tizimi rivojlanishi bilan birga geoma’lumotlar koʻlami ham
kengayib bormoqda va shu oʻrinda ma’lumotlarga boʻlgan egalik huquqi, ochiq yoki
bepul ma’lumotlar, pullik ma’lumotlar kabi tushunchalar paydo boʻla boshladi. Bugungi
kunga kelib geoma’lumotlar birmuncha vaqt davomida
pullik
xizmat
asosida
berilayotgan boʻlsa, oʻz muddatini oʻtab boʻlganidan soʻng keng omma uchun
ochiq holda berilmoqda. Chunki bunda ma’lumotlar eskirib, yangi ma’lumotlarni ishlab
chiqish zaruriyati paydo boʻladi. Bu borada hozirda keng ravishda qoʻllanilayotgan
geoportallarning oʻrni juda muhimdir. Chunki bunday portal internet tarmogʻiga
asoslangan boʻlib, foydalanuvchi istalgan yerdan turib internet tarmogʻiga ulangan
holda oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishi mumkin boʻlmoqda.
Geoportal bu internet tarmogʻi orqali geografik ma’lumotlarni olish yoki
geografik xizmatlardan foydalanishga imkon beruvchi veb -portal turidir.
Bunda geografik xizmatlar turi deganda geoma’lumotni tasvirlash, tahrirlash va tahlil
etish kabi xizmatlar nazarda tutiladi. Geoportalga ma’lumotlarni asosan geoma’lumotlar
ishlab chiquvchi kompaniyalar, tashkilotlar yoki oddiy mutaxassislar joylashtirishi va
aksincha, geoportal foydalanuvchilari ham aynan shular jumlasidan boʻlishi mumkin.
Shuning uchun ham geoportallar ma’lum bir masala yoki muammoga yoʻnaltirilishiga
qarab turlicha boʻlishi mumkin.
9.1- rasm.
Geoportalning umumiy arxitekturasi
(Manba: Internet)


Yuqoridagi rasmdan shu narsa koʻrinib turibdiki, geoportal qanday turda boʻlishidan
qat‘i nazar, 4 ta asosiy xizmat turini koʻrsatishi zarur:
1. Portal xizmati.
2. Tasvirli xizmat.
3. Ma’lumot xizmati.
4. Katalog xizmati.
Atrof-muhit, iqlim oʻzgarishi, tabiiy resurslarni boshqarish, demografiya va boshqa
koʻpgina fazoviy ma’lumotlar bilan ishlaydigan sohalarda geoportal turlicha boʻlishi
mumkin, ammo ularning eng asosiy maqsadi bu ma’lumotlar bazasi
tartibga
keltirilgan
va
mukammal
boʻlgan
fazoviy
ma’lumotlar infratuzilmasini (ingl.
Spatial Data Infrastructure)
tuzishdan iborat. Geofazoviy ma’lumotlar bazasida
ma’lumotlar saqlansa, bu infratuzilmadan ma’lumotlar omma uchun tartiblashtirilgan
va bir necha koʻrinishda hamda shu bilan birga ma’lumot toʻgʻrisidagi ma’lumot,
ya’ni metama’lumot olish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
9.2- rasm.
Geoportalning bir necha sohada xizmat koʻrsatishi
(Manba: Internet)
Dunyoda
geoinformatika
sohasidagi
yetakchi
kompaniya
hisoblangan
ESRI
(
Environmental Systems and Research Institute
)ga koʻra, geoportal bu ma’lumot
manbayining qayerdan olinganligi, formati, tuzilishidan qat’i nazar, umumiy kirish
nuqtasi boʻlgan fazoviy axborotdir. Hozirgi kunda ushbu kompaniya geoportal orqali
barcha uchun turli ma’lumotlarni tez, oson va turli (tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa)
sohalarga oid yaratmoqda hamda tarqatmoqda. ESRI
kompaniyasi
xizmat
koʻrsatayotgan geoportal quyidagi arxitektura yoki tuzilmalar orqali ishlaydi:
ArcIMS. Geoaxborot tizimiga moslashgan portalni amalga oshirish uchun ArcIMS
metama’lumot xizmati zarur boʻladi. Bu xizmat orqali ma’lumot ta’minlovchilar
va foydalanuvchilar internet orqali osonlikcha metama’lumot chop etish va izlashi uchun
maxsus markaziy onlayn makon yaratiladi.
ArcSDE. Bunda yaratilgan metama’lumotlar izlash va tahlil etish uchun maxsus
dasturlar (Oracle, Microsoft SQL va SQL Server) orqali hosil qilingan bazada saqlaydi.


Portal katalogi (
Portal Catalog
). Bunda indekslangan (Indeks – bu ma’lumot strukturasi
boʻlib, u qidiruvni tezlashtiradi) geofazoviy ma’lumotlar ma’lumotlar bazasida
saqlanadi va bu boʻlim juda muhim hisoblanadi.
Chop
etish
(Publish).
Bunda
foydalanuvchi
turli
usullar
orqali
metama’lumotlarni chop etishi mumkin boʻladi.
Izlash (
Search
). Bunda metama’lumotlar izlanadi va foydalanuvchi geoportal orqali
oʻzini qiziqtirgan ma’lumotlarni fazoviy, mavzuli hamda vaqtli mezonlar orqali izlab
topishi mumkin.
Kartani koʻrish (
Map Viewer
). Bu xizmat turi foydalanuvchiga ma’lumotlarni
karta koʻrinishida berishga moʻljallangan boʻlib, bunda kartaning oʻzida qiziqtirgan
hudud yoki soha boʻyicha ma’lumot olish imkoniyati bor. Foydalanuvchi bir vaqtning
oʻzida bir necha mavzuli kartalar yoki manbalardan ma’lumot olishi mumkin boʻladi.
Kanal tahrirlovchi (
Canal Editor
). Bu xizmat turida foydalanuvchi oʻzini qiziqtirgan
ma’lumotlarni maxsus kanallar orqali izlashi mumkin. Bunda u mavzuli, ma’lum bir
hodisa yoki muammoga bogʻlangan boʻladi. Bunday holda kanalga nom berilib,
portalning oʻzidan belgilab topilishi mumkin.
Yigʻish
moslamalari
(
Harvesting
tool)
.
Bu
moslama
orqali
metama’lumotlar avtomatik jarayon orqali boshqa metama’lumotlardan
yangi yaratilishi va yangilanishi mumkin boʻladi.
Multimedia – bu turli xil ma’lumotlarni oʻzida saqlovchi va yaxshilangan koʻrinishda
tasvirlovchi
texnologiyadir.
Bu
texnologiyani
qoʻllagan
holda tasvirlanadigan
ma’lumotlar jumlasiga matn, grafiklar, giperlinklar, tasvirlar, ovozlar, raqamli va analog
video hamda animatsiyalar kiradi. Hozirgi kunda GAT muvaffaqiyatli amalga oshirilib
kelinmoqda, jumladan karta va planlarning chegarasi yanada mustahkamlanib, sifati
ham oshib bormoqda. Lekin foydalanuvchiga ma’lumotni faqatgina ikki oʻlchamli
tasvirlar orqali oddiy qilib yetkazib berishning oʻzi kifoya qilmaydi. Hozirda geografik
ma’lumotga boʻlgan talab ortmoqda va ma’lumot koʻrinishi turlicha (video, uch
oʻlchamli va h.k.) boʻlishini taqozo etmoqda. Bu muammoni GAT va multimedia
texnologiyalarini oʻzaro birlashtirish orqali hal qilish mumkin. Multimedia orqali aloqa
matn, grafik, animatsiya va video bilan amalga oshirilishi mumkin. Multimedia GAT
birlashmasi yakka holda bajarishi mumkin boʻlmagan operatsiyalarni bajarishga qodir.
Multimedia GATning geografik va boshqa axborotlarni tasvirlash imkoniyatini
kengaytiradi. Bir necha turdagi multimediani ishlatish koʻpincha axborotni va fikrlarni
yanada boyitib va kengroq tushuntirib berishga xizmat qiladi. Multimedia
ham, oʻz
navbatida, GATdagi fazoviy ma’lumotlar tahlili ma’lumotlaridan foydalanadi.
Multimedia va GAT 3 xil usulda birlashtirilishi mumkin:
1. GAT multimediada.
2. Multimedia GAT va internet.
3. GAT yoki veb-GAT.
Multimedia va GATning oʻzaro birlashuvi koʻpgina yangi xizmat turlarini keltirib chiqardi.
Global navigatsiya tizimi bunga yaqqol misol boʻla oladi.


Mobil GAT geoaxborot tizimi imkoniyatlarini ofis muhitidan dala sharoitiga
kengaytirishga xizmat qiladi. Mobil GAT dala sharoitida geografik ma’lumotlarni toʻplash,
saqlash, yangilash,tahlil qilish va tasvirlash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bu
usul orqali real vaqt oraligʻida geografik ma’lumotlarni olish mumkin. An’anaviy
ma’lumot toʻplash jarayonida daladan ma’lumot toʻplash koʻp vaqt talab qiluvchi ish
hisoblangan. Bundan tashqari, ma’lumotlar
qogʻozda
yozilib,
keyin
qoʻlda
qaytadan kompyuter xotirasiga kiritilgan hamda kameral ishlar bajarilgan. Mobil GAT
bunday vaqt talab qiladigan ishlarni bartaraf qildi. Mobil GATni tushuntirishdan oldin
mobil qurilma toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.
Mobil qurilma bu axborot uzatuvchi qurollar turkumiga mansub boʻlib, ular jumlasiga
shaxsiy raqamli yordamchilar, mobil telefonlar, choʻntak kompyuterlari kiradi. Koʻpgina
mobil qurilmalar hozirgi GPS qabul qilgichlar, GSM karta, raqamli kameralar, MP3
pleyerlar bilan qoʻshimcha jihozlangan. Mobil qurilmalar bir-biridan ekran oʻlchami,
rangi, aniqligi, operativ xotirasi va quvvat manbayi bilan farqlanadi.
Mobil qurilmalar hozirgi kunga kelib dala ma’lumotlarini ofisda joylashgan serverlarga
real vaqt oraligʻida uzatish uchun internet bilan ham bogʻlangan (7.3- rasm).
9.3- rasm.
Mobil qurilma
(Manba: Longley, 2005)
Bunda dala ma’lumotlari simsiz (wireless) internet orqali bir zumda yetkaziladi. Bu tizim
Wireless LAN yoki qisqacha WLAN deb ataladi. Bundan tashqari, infraqizil port va blutu
z
(Bluetooth
) orqali ham ma’lumotlar uzatilishi mumkin.
Mobil GAT oʻzining afzalliklaridan tashqari noqulayliklarga ham ega va bular
jumlasiga, avvalambor, foydalanuvchi doimiy harakatda boʻlib, buning natijasida
axborotni olish qiyinlashishi mumkinligini kiritish mumkin. Bu noqulaylik mobil
qurilmaning siljishidagi har xil qoʻpol xatoliklar natijasida kelib chiqadi. Vaqt ham, agar
foydalanuvchi shoshilsa va tezda qaror chiqarsa, xatolikka olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi noqulayliklarni hisobga olib, bu muammolarni mobil qurilmani ishlatishning
markaziy muammosi deyishimiz mumkin. Yana bir noqulayligi quvvat manbayidir. Dala
sharoitida ofis sharoitiga qaraganda
quvvat
manbayining
doimiyligini
ta’minlab
boʻlmaydi. Masalan, akkumulatorlar quvvati tugab qolishi mumkin. Bu,
oʻz
navbatida, ishning birmuncha choʻzilishiga olib keladi.


Mobil GATning eng muhim yutugʻi, bu shubhasiz, oradagi qogʻoz ishlarining
olib tashlanganligidir. Internet va simsiz aloqaning rivojlanishi mobil GAT orqali eng
yangi va aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Bunday oʻtkazish simlari albatta
tekshiriladi, lekin hozirda uzatishlar avtomatik ravishda amalga oshirilganligi uchun
xatoligi boʻlmaydi. Mobil GATning yana bir qulayligi dala ma’lumotlari raqamli
koʻrinishda saqlanganligi uchun uni bemalol boshqa tizim yoki qurilmalarga oʻtkazish
imkoniyatining mavjudligidir.
Onlayn geoaxborot tizimi yoki boshqacha nomi veb geoaxborot tizimi bu
tashkilotingizdan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun sizning ma’lumotlaringizni
yetkazib beruvchi xizmat turidir. Milliy geodeziya va kartografiya tashkilotlari,
geoinformatika markazlari, yer resurslari qoʻmitasi yoki fazoviy ma’lumotlar bilan
shugʻullanuvchi tashkilotlar uchun ushbu xizmat turini joriy etish juda ham muhimdir.
Bunda siz ishlayotgan biror-bir geoaxborot dasturi internet orqali (onlayn) mavjud
boʻladi. Eng asosiysi, onlayn xizmatlar oddiy foydalanuvchi uchun ishlatilishi oson,
ma’lumotni izlash va soʻrovlar oʻtkazish soddalashtirilgan boʻlishi lozim. Ammo ba’zi
geoaxborot mutaxassislari uni birmuncha qiyinroq koʻrinishda ham yaratishlari
mumkin. Onlayn xizmatlar bu usullar orqali pullik xizmatlar koʻlamini kengaytirib,
barqarorlikka erishishi mumkin. Yana bir muhim jihati
shundaki,
hozirgi
kunda
internet
tarmogʻiga
nafaqat
shaxsiy kompyuterlardan, balki uyali telefon,
planshetlar orqali ham kirishmoqda. Bu esa oʻsha qurilmalarga mos
maxsus
dasturlar ishlab chiqilishini talab etmoqda. Hozirgi kunda internet tarmogʻiga
ulanish narxi arzonlashmoqda, tezligi esa ortmoqda. Bunday rivoshlanish geoaxborot
tizimi dasturlarida onlayn ishlash imkoniyatini bermoqda. Shuning uchun onlayn
geoaxborot xizmatlari kelajakda katta muvaffaqiyatga erishadi, deb ayta olamiz. Veb-
GAT ham, oʻz navbatida, takomillashib bormoqda. Soddaroq tushuntiradigan
boʻlsak, veb-GAT bu GAT ma’lumotlarini onlayn tarzda veb- sahifalardan olish va
ba’zi veb-sahifalarning GAT maxsus dasturlari kabi turli operatsiyalarni bajarish
imkoniyatidir. Bunday internet orqali GATni aks ettirishning bir necha afzalliklari mavjud.
Jumladan:
 Butun dunyo boʻylab axborot olish imkoniyatlari, ya’ni internet dunyoning
istalgan burchagida foydalanish uchun tayyor.
 Standart interfeys: har bir veb-sahifa barcha uchun qulay boʻlgan izlash
(
browse
) xususiyatiga ega va hech qanday qoʻshimcha dastur yoki tizim
oʻrnatilishi zarur emas (odatda maxsus GAT dasturiga ishlash uchun mos
dasturni oʻrnatish zarur boʻladi). Bu ortiqcha ishlardan xalos etadi.
 Tezligi va ishlatish xarajati oʻrinli: barcha axborotlarni haqiqiy manbadan
toʻgʻridan toʻgʻri olish mumkin.
Hozirgi kunga kelib yuqoridagi afzalliklarni hisobga olgan holda veb- sahifa orqali GAT
amallarini bajarish GATning standart platformasiga aylanib bormoqda. Hozirda internet
tarmogʻida ulkan koʻlamdagi axborot xizmatlari mavjud. GATni ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar yaratgan dasturlarning veb dasturlari jumlasiga ArcIMS, GeoMedia va
boshqa dasturlarni kiritish joiz. Bunday rivojlanish davom etsa, kelajakda deyarli barcha
foydalanuvchilar veb- GAT
tizimiga
oʻtib
ishlaydilar.
Bunday
foydalanuvchilar
uncha
murakkab boʻlmagan GAT amallarini yoki GAT mahsulotlari (karta, grafik,
jadval)ni koʻra olishi mumkin, lekin murakkab operatsiyalarda keng koʻlamli GAT ishlarini
olib boruvchi mutaxassislar uchun bunday veb-GAT tizimi yetarlicha ma’lumot va
imkoniyatlar bermaydi.
Ekspert tizimlar (ET) tushunchasi GATdagi ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni qayta


ishlash jarayonida usullarni takomillashtirishidan keyin paydo boʻla boshladi. Bu
tizimlar
ma’lumot
inson
tarafidan
bajariladigan
qayta ishlash jarayonini
avtomatlashtirish natijasi hisoblanadi. Oxirgi yillarda GAT texnologiyalariga keng
masshtabda ekspert tizimi jalb qilinmoqda.
Ekspert
tizimni
soddaroq
tarzda
“qoʻllanilish sohasi qisqa boʻlgan aniq masalani hal qiluvchi sun’iy intellekt” deb
tushunishimiz mumkin. Ya’ni ekspert mutaxassis oʻrniga dastur tizimda yuzaga
kelishi
mumkin
boʻlgan muammolarni dasturlangan bilimlar asosida hal qiladi.
Faqatgina ekspert tizimga qisqa ma’lumotlar
va buyruqlarni kiritib qoʻyish va
algoritmlar ham mos holda qisqa boʻlishi zarur. Bu yerda bilim deganda inson
faoliyati yoki fanda ishlatiladigan
faktlarning umumiy
yigʻindisi
tushuniladi. Ma’lumot
aniq roʻyxatga olingan faktlar asosida boʻlib, bu ma’lumotlar
asosida biz bilim olamiz. Ekspert tizimlarning ishlab chiqilishidan koʻzlangan maqsad,
avvalambor, hozirgi axborot texnologiyalari rivojlanish zamonida paydo boʻlayotgan
ulkan miqdordagi va turli xil axborotlardir. Bu, oʻz navbatida, axborotlar qayta
ishlanishi va tahlilini avtomatlashgan tizimga oʻtkazish zaruriyatini yuzaga
keltirmoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, ekspert tizim boshqa avtomatlashgan
tizimlardan
oʻzining yuksak
intellektga ega ekanligi
va
belgilangan
boʻlim
muammolarini hal qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi.
GATni samarali ishlatish va rivojlantirish yuqori darajali avtomatlashtirish va ekspert
tizimlarni qoʻllash orqali amalga oshirilishi mumkin. Ekspert tizimga ta’rif beradigan
boʻlsak, u axborot tizimining bir sinfi boʻlib, foydalanuvchi yoki mutaxassisning
buyrugʻisiz yoki amallarisiz oʻzida mavjud boʻlgan bilim, ma’lumot va algoritmlar
asosida geografik ma’lumotlarni tahlil qilish, qaror qabul qiish va tasniflash ishlarini
amalga oshiruvchi avtomatlashgan tizimdir. ET kirayotgan axborotni sinflarga ajratib,
ularni kerakli formatlarga oʻtkazishi va mos oʻrinlarga tayinlashi ham zarur.
Ekspert tizimning ishlashi uchun uning bazasiga ma’lumotlar ikki tamoyil boʻyicha
kiritilishi
mumkin:
yuzaki
va
chuqurlashtirilgan.
Birinchi
tamoyil boʻyicha
ma’lumotlar
ma’lum
qonun-qoidalar
asosida
kiritilsa,
ikkinchisida ramkalar
yordamida kiritiladi.
GATdagi quyidagi masalalar ekspert tizim yordamida hal qilinadi:
 videotasvirlarni qayta ishlash;
 rastr formatdagi tasvirlarni vektor grafik modelga oʻzgartirish;
 kartografik axborotlarni qayta ishlash;
 turli turdagi axborotlarni qayta ishlash;
 obyekt yoki ma’lum joyning modelini qurish;
 GAT modellarini tahlil qilish;
 geoinformatika asosida qaror qabul qilish.
GAT turli xil qiyin ma’lumotlar bilan ishlaganligi uchun sun’iy intellekt va ekspert
tizimlarni jalb qilishda juda qulay muhit hisoblanadi, shu bilan birga ekspert tizimlarga
boʻlgan ehtiyoj ham ulkandir. Ekspert tizimlar nafaqat GAT tizimida, balki boshqa
tizimlarda ham muvaffaqiyatli qoʻllanilishi mumkin. GATda ekspert tizim kartalarni
tasvirlashda, kartadagi kerakli belgilarni ajratib olishda, mavzuli kartalar hosil qilishda,
qaror qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashda qatlamli strukturalarni yaratish kabi vazifalarni
bajaradi.
GAT uchun moʻljallangan ekspert tizimni uch guruhga ajratish mumkin:


1. Axborot toʻplashda – skanerlangan kartografik tasvirlarni qayta ishlash
jarayonida belgilarni aniqlashning avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.
2. Modellashtirishda – aniqlangan ma’lumotlarni qayta tekshirishni avtomat-
lashtirish tizimida qaror qabul qilish jarayonida foydalanuvchilar soʻrovini
tahlil qilish avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.
3. Ma’lumotlarni tasvirlashda – kartalarni generalizatsiyalash, joy nomlarini kiritish
va boshqa bosma ishlarning avtomatlashgan ekspert tizimi qoʻllaniladi.
Quyida GATda qoʻllaniladigan ekspert tizim uchun ishlab chiqilgan dasturlar
toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz:
MAREX
– raqamli chiziqli ma’lumotlarni avtomatik ravishda generalizatsiya
qilish
uchun
moʻljallangan
dastur.
Ma’lumotlar
1:24000 masshtabda generalizatsiya
qilinadi.
AUTOMAP
– joy nomlarini kiritish uchun qoʻllaniladigan avtomatik tizim dasturi. Bunda
ma’lum jarayon va shartli belgilar asosida mantiqiy usullar yigʻindisining bilimlari
qoʻllaniladi. Dasturga 30 ga yaqin aniq bilimlarning yigʻindisi kiritiladi va ma’lumotlar
bazasida saqlanadi. Birinchi navbatda joyning elementlari aniqlanadi, keyingi bosqichda
nuqta va chiziqlarning xususiyati belgilanadi.
GATdagi foydalanuvchilar sonini kengaytirish maqsadida maxsus ET yaratilmoqda va
ular:

LOBSTER

fazoviy
ma’lumotlar bazasibilan ishlashga
moʻljallangan foydalanuvchining intellektual interfeysi;

KBGIS
– ulkan miqyosdagi geografik ma’lumotlar bazasida zarur boʻlgan
ma’lumotlarni tezlikda izlash va topishni avtomatlashtirish dasturi;

SRAC ‒
fazoviy
ma’lumotlarni
toʻplash
uchun ishchi stoli.
Geografik ma’lumotlar bazasiga soʻrov aniq tilda amalga oshiriladi.
Geografik masalalarni hal qilish uchun bir qator ET lar ishlab chiqilgan
:

ASPENEX
– GAT yordamida oʻrmonchilik sohasida oʻrmon turlarini
nazorat qilish uchun;

EXSYS
– foydalanuvchi uchun interfeys, baza qonun-qoidalari va dasturlar
orasidagi bogʻliqlikni ta’minlash uchun;

URBYS
– shaharsozlikni hududiy rejalashtirish va tahlil qilish uchun;

AVL
2000 – avtotransportning joylashgan joyini avtomatik ravishda
aniqlash va uning navigatsiyasi uchun real vaqt davomida global
navigatsiya tizimi ma’lumotlari asosida ishlaydi;

GEODEX
– yerdan foydalanishni baholash uchun ishlatiladi. Bu dastur
geografik ma’lumotlar asosida yer uchastkalaridan foydalanuvchilarning
uchastka chegaralari joylashuvini mantiqiy buyruqlar asosida tahlil qilib,
toʻgʻri yoki notoʻgʻri joylashganligini koʻrsatib beradi;
 EIA Ekspert –atrof-muhit ta’sirini baholash amallari bajariladi.
Ekspert tizimlari mantiqiy algoritmlar asosida ishlaydi va ularga “AGAR”
….. boʻlsa, “KEYIN” … boʻlishi kerak mazmunidagi mantiqiy buyruqlar toʻplami
kiritiladi. Masalan, Mekong tizimining qonun-qoidalari yoki mantiqiy amallari toʻplami
1000 guruhlangan qoidalardan iborat.


Yuqoridagi ET lardan tashqari, konsultativ ET lar sinfi ham mavjud. Bu tizimlar qaror
qabul qilish jarayonini yaxshilash, geoinformatsion bilimlarni qonun-qoidalar asosida
shakllantirish va ma’lumotlardagi mavhumliklarni bartaraf qilish boʻyicha koʻrsatmalar
beradi.
Ekspert tizimdan samarali foydalanish uchun bu tizimni barcha holat va jarayonlar
uchun ishlatib boʻlmaydi. Buning sabablariga toʻxtaladigan boʻlsak, ular uch turga
boʻlinadi, ya’ni ET ni yaratayotgan paytda quyidagi uch muammoga duch kelish
mumkin:
 dastur xotirasiga toʻliq axborot kiritishni ta’minlash;
 tizimning toʻla va sifatli ishlashi uchun yetarli boʻlgan baholash ishlarining
kamligi;
 hal qilinayotgan va tahlil qilinayotgan natijalarning ehtimollik xarakteridan
kelib chiqib notoʻgʻri boʻlib qolishi.
Bizning hayotimiz uch oʻlchamli koʻrinishda kechsa-da, ba’zi GAT dastur ishlab
chiqaruvchilari
mahsuloti
ikki
oʻlchamli
karta
yaratish
bilan cheklanmoqda,
biroq uch oʻlchamli modellar dasturlari ham yaratilmoqda. Dastur yaratuvchilar hozirda
uch oʻlchamli GAT turkumida uch oʻlchamli model yaratuvchi maxsus dasturni
taklif qilishmoqda, lekin ular yaratayotgan modellar asosan geometrik tasvirlashga
qaratilgan. Topologiya va mavzuning atribut ma’lumotlarda aks ettirilishi geoma’lumot
modellashtirishda muhim sanaladi, ammo bu juda koʻp mehnat talab qiladi. Bundan
tashqari, uch oʻlchamli GAT toʻliq ishlatilishi uchun taxminiy operatsiyalar ham
kiritilishi lozim.
Ikki oʻlchamli GATda joyning muhim xususiyatlari grid kataloglar yoki chegaralari
ichiga tasvirlansa, uch oʻlchamli GATda hajmiy birliklar bilan ishlaydi. Masalan,
agar bizga berilgan kubni ikki oʻlchamli koʻrinishda koʻrmoqchi boʻlsak, unda
uning faqatgina bir tarafini koʻrish yetarli boʻladi, agar uch oʻlchamli GAT orqali
koʻrmoqchi boʻlsak, unda kubning barcha ma’lumotlari uni toʻliq tasvirlash uchun zarur
boʻladi. Ikki oʻlchamni tasvirlashdan hozirda amaliyot va nazariy usullarni qoʻllashda
keng foydalaniladi. Uch oʻlchamli GAT ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Quyida
GAT orqali hosil qilingan ba’zi uch oʻlchamli tasvirlar koʻrsatilgan (7.4 - va 7.5 - rasmlar).
9.4-rasm.
GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar
(
Manba: Internet)


9.5-rasm
. GAT orqali hosil boʻlgan uch oʻlchamli tasvirlardan namunalar
(Manba: ESRI Inc.)
Agar oldin sun’iy yoʻldoshlar orqali olingan ma’lumotlar AQSH ning GPS tizimi orqali
ishlagan boʻlsa, hozirda zamon rivojlanishi bilan yangi GNSS tushunchasi paydo
boʻldi. GNSS (inglizcha
Global Navigation Sattelite System)
global navigatsiya sun’iy
yoʻldosh tizimi degan ma’noni anglatadi. Ushbu tizimda hozirda koʻpgina zamonaviy
geodezik asboblar ishlamoqda. Tizimga 5 davlatning sun’iy yoʻldoshlari ulanadi, bu
qariyb 100 dan ortiq yoʻldoshlarga ulanish imkoniyati mavjud deganidir. Qulayligi
shundaki, GNSS tizimidagi asboblar endilikda faqatgina GPS tizimidagi sun’iy
yoʻldoshlarnigina kutmasdan, balki hozirgi kunda ishlayotgan GLONASS, COMPASS
(
Beidou
) yoʻldoshlariga va keyinchalik Galileo
tizimi yoʻldoshlariga
ulanib,
joyning
yanada
aniq koordinatasini aniqlab berishi mumkin.
9.1- jadval
GNSSda ishlaydigan tizimlar
Tavsifi
GNSS turi
GPS
GLONASS
COMPASS
BEIDOU
Galileo
IRNSS
Davlat
AQSH
Rossiya
Xitoy
Yevropa
Ittifoqi
Hindiston
Ishlash
tizimi
CDMA
FDMA
/
CDMA
CDMA
CDMA
CDMA
Orbital
balandligi
20,180 km
19,130 km
21,150 km
23,220 km
36,000 km
Ishlash
11 soat, 57
11 soat,
12 soat, 38
14 soat,
Mavjud emas


muddati
minut
16 minut
minut
5 minut
1 sutkada
oʻzgarishi
2
17/8
17/10
17/10
Ma’lum emas
Sun’iy
yoʻldosh-
24 ta
31 ta,
jumladan
5 ta geostatsi-
onar orbita
4 ta tajribaviy
orbita tipida,
7 ta geostatsiona
orbita tipida
lar soni
24 ta
foydalanishda,
tipida (GEO),
30 ta oʻrtacha
22 ta
budjetdagi
(GEO)
1 ta tayyor,
2 ta ishchi
Yer orbitasi
(MEO)
operatsion
holatda,
3 ta zaxirada
va 1ta sinovda
Chastotasi
1.57542 GHz
Taxminan
1.561098 GHz
1.164-1.215
Mavjud emas
(L1 signal)
1.602 GHz
(SP)
(B1)
1.589742 GHz
GHz
(E5a & E5b)
1.2276 GHz
(L2 signal)
Taxminan
1.246 GHz
(B1-2)
1.20714 GHz
1.260–
1.300 GHz
(SP)
(B2)
1.26852 GHz
(E6)
1.559–
(B3)
1.592 GHz
(E2-L1-E11)
Holati
Ishchi holatda
FDMA ishchi
holatda, CDMA
sinovda
15 ta yoʻldosh
ishchi holatida, 20
ta rejada
Rejada
1 ta yoʻldosh
uchirilgan va 6
tasi qoʻshimcha
rejada


9.5-rasm.
Sun’iy yoʻldoshlarning orbitadagi sxematik joylashuvi
(Manba http://www.grimes-surveying.com)
Har bir zamonaviy sun’iy yoʻldosh borti bir qator yuqori texnologik qurilmalar bilan
jihozlangan va ular jumlasiga:
 toʻrtta atom soatlar;
 uchta kadmiy nikelli batareyalar;
 quvvati 1136 Vt boʻlgan ikkita quyosh batareyalari;
 yoʻldosh boshqaruvi uchun qisqa toʻlqin diapazonli antenna;
 foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun 12 elementli uzun toʻlqin diapazonli
antenna.
Agar dastlabki ishlab chiqilgan GPS qurilmalar futbol toʻpi kattaligida va undan ham
kattaroq boʻlgan boʻlsa, hozirgi kundagi GPS larning oʻlchami mobil telefon bilan barobar
va bu qurilmalar obyektning joylashgan koordinatasi balandligi kabi ma’lumotlardan
tashqari, obyekt joylashgan joyni shahar, transport magistrallari va boshqa koʻpgina
obyektlar bilan birga kichik ekrandagi kartada ham koʻrsatib bera oladi.
Uch koordinatani (uzoqlik, kenglik va dengiz sathidan balandlik) aniqlashdan tashqari
GPS quyidagi vazifalarni ham bajaradi:
 obyektning tezligini tashkil etuvchilarni aniqlash;
 aniq vaqtni 0,1 sekund aniqlikda oʻlchash;
 obyektning haqiqiy yoʻl qiyaligini hisoblash;
 yordamchi axborotni qayta ishlash va qabul qilish.
Hozirgi kunda tez-tez GPS degan atamaga duch kelmoqdamiz va bu tushuncha nafaqat
geodeziya sohasida, balki mobil telefonlarda ham keng ravishda qoʻllanilmoqda. GPS
global pozitsion tizim degan ma’noni anglatadi. Bu tizim Yerga doimiy ravishda
elektromagnit signallarni yuborib turuvchi sun’iy yoʻldoshlar tizimidan tashkil topgan.


Bunday signallarni qabul qilish uchun Yerda ham maxsus qabul qilib oluvchi priyomnik
(qabul qilgich)lar va qurilmalar boʻladi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki,
sun’iy
yoʻldoshdan
yer yuzidagi obyektgacha boʻlgan masofa yuqori aniqlikda (bir
necha 10 km dan bir necha
millimetrgacha)
oʻlchanadi
va
natijada
bunday
aniqlikdagi hisob- kitoblardan olingan obyektning koordinatasi yoki joylashgan joyi ham
yuqori aniqlikda oʻlchanadi.
Global pozitsion tizimni yaratish fikri oʻtgan asrimizning 50-yillarida paydo boʻldi va
uni amaliyotda qoʻllash fikri Jon Xopkins Universiteti tomonidan ilgari surildi. GPS 1969-
yili AQSH mudofaa vazirligining buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan. Boshlangʻich
bosqichda bu tizim dengiz sathidan 22,5 km balandlikda, 55 daraja qiyalikda, orbita
boʻylab 6 marta aylanadigan 24 ta sun’iy yoʻldosh
va
yer
yuzasida
kuzatish
uchun
moʻljallangan
hamda
sun’iy yoʻldoshlarning harakatini doimiy kuzatib
turuvchi, lozim boʻlsa orbitadagi yoʻnalish xatoliklarini yetkazib turuvchi maxsus yer
stansiyalar tizimidan iborat boʻlgan (7.6-rasm). Sun’iy yoʻldoshlar Yerga kuchsiz
signallar joʻnatadi, lekin bu obyektning joylashgan koordinatasini aniqlash uchun yetarli
hisoblanadi. Bu antiqa tizim AQSH hukumati uchun 12 milliard dollarga tushgan.
7.6-rasmda GPS qabul qilgichning sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilish va koordinata
aniqlash tamoyili koʻrsatilgan.
Ayni paytda Yerda GPS qabul qilgichlar bilan doimiy aloqani ushlab turuvchi va
monitoringini amalga oshiruvchi beshta katta nazorat stansiyalari ishlab turibdi.
Boshqaruv punkti AQSHning Kolorado shtatida joylashgan boʻlib, qolgan punktlari dunyo
boʻylab: Gavayi (Tinch okeani), Vozneseniya oroli (Atlantika okeani), Diego Garsiya oroli
(Hind okeani) hamda Kvajalen oroli (Tinch okeani) da joylashgan.
GPS boshidan harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan boʻlib, uning yordamida
joylarga otryadlarni bexato joylashtirish, obyektgacha boʻlgan eng qisqa masofani
topish va shu kabi maqsadlar koʻzlangan edi. Oʻtgan asrning 80- yillariga kelib GPS
fuqarolik maqsadlari uchun ham qoʻllanila boshlandi. Endi har bir fuqaro GPS ning
funksional imkoniyatlarini baholash imkoniyatiga ega.
GPS nafaqat yerda, balki dengiz va havo navigatsiyasida ham qoʻllaniladi. GPS barcha
joylarda qoʻllanilishi mumkin, lekin GPS signallar olmaydigan joylar (yertoʻla, shaxta,
gʻorlar)da qoʻllab boʻlmaydi. GPSning qoʻllanilish sohalari kengdir. Bunday sohalar
jumlasiga harakatlanuvchi transport boʻlmish xususiy avtomobil, harbiy va ichki ishlar
mashinalari, kema va samolyotlar navigatsiyasi kiradi. Yer tuzish va kartografiya
sohalarida
qoʻllaniladigan
GPSlar
yer yuzasining koordinatalarini aniqlash uchun
nafaqat qabul qilgichlardan, balki qoʻshimcha kompyuter qurilmalari va dasturlaridan
ham tashkil topgan boʻladi, chunki bu sohaga yanada aniq ma’lumotlar va kartalar
zarur.
GPSning qoʻllanilish sohalari kengayib borishi bilan bu tizimdan kelib tushadigan pul
aylanmasi ham yildan yilga ortib bormoqda. Birgina 2003-yilda bu aylanma 16 milliard
dollarga yetdi.
Geoaxborot tizimi dasturi bu GATning har qaysi jarayonidagi asosiy va muhim qism
hisoblanadi. Texnika va texnologiya taraqqiy etishi bilan dasturlar ham oʻz navbatida,
rivojlanishda davom etmoqda va bu bilan GAT loyihalariga ketadigan xarajatlarni
qisqartirish imkoniyatini bermoqda. Barcha GAT dasturlari toʻrtta tizimga boʻlinadi.
Ular
jumlasiga
ishchi
stoli
kompyuterlariga,
server kompyuterlariga
va


rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan hamda qoʻlda olib yuriladigan qurilmalarga
oʻrnatiladigan dasturlar kiradi.
Ishchi stoli kompyuterlariga moʻljallangan dasturlar turkumiga ESRI Arc Reader,
Intergraph Geomedia Viewer, Mapinfo ProViewer, AutoDesktop 3D, ESRI Arc View-
ArcInfo, Ge Spatial Intelligence, Intergraph Geomedia Professional va boshqa
dasturlarni kiritishimiz mumkin. Bu dasturlarning vazifalari oddiy kartalarni koʻrish,
shuningdek, professional
ishlar
boʻlmish ma’lumot toʻplash va tahlil qilish,
ma’lumotlar bazasi boshqaruvi, geografik ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish
kabilarni bajarishdir.
Professional dasturda ishlash uchun mutaxassisning texnik qobiliyati ham zarur
darajada boʻlishi lozim. Bunday dasturlar hozirgi kunda 7000 AQSH dollaridan
20000 AQSH dollarigacha qiymatda mavjud. Internet rivojlanishi bilan birga undan
foydalanuvchilar ham oʻz-oʻzidan ortib bormoqda. Bu, oʻz navbatida, foydalanuvchilar
uchun internet orqali istalgan mahsulotni yetkazib berishni bildiradi. Shu jumladan GAT
dasturlari ham oxirgi yillarda server turkumiga moʻljallangan GAT dasturlarini ishlab
chiqishni koʻp emas, balki bir yilga qoʻymoqda.
Taxminlarga
koʻra,
server
turkumidagi
dasturlar
ishchi
stolida
ishlashga
moʻljallangan
dasturlarga
qaraganda
ancha
ilgarilab
ketgan
va
bunday
dasturlardan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. Bu dasturlar qatoriga Autodesk
MapGuide, ESRI ArcGIS Server, ESRI GE Spatial Application Server, Intergraph Geomedia
WebMap, Mapinfo MapXtreme kabi dasturlarni kiritishimiz mumkin. Ushbu
dasturlarning narxi hozirgi kunda 5000 AQSH dollaridan 25000 AQSH dollarigacha
boradi. Mazkur dasturlarning birinchi avlodi faqat internet orqali
koʻrish
uchun
moʻljallangan boʻlsa, ikkinchi avlodi veb-sahifadan turib ba’zi amallarni bajarish
imkoniyatini
beradi.
Bunday
veb-sahifalarga
www.expediamaps.com
,
www.mapquest.com
,
www.census.gov
va boshqa sahifalarni kiritishimiz mumkin.
Rivojlantiruvchilar uchun moʻljallangan GAT dasturlari bu ba’zi dastur ishlab
chiqaruvchilarning zaruriy qismlaridan yigʻib, bir dastur shaklida ishlab chiqilgan
dasturidir. Bu dasturlarning qulayligi shundan iboratki, bunda “dastur rivojlantiruvchi”
kerakli buyruqlarni olib tashlashi va qoʻshib qoʻyishi hamda oʻzi xohlagan tarzda
toʻgʻrilashi mumkin. Bunday dasturlar qatoriga ESRI ArcGIS Engine, ObjectFX,
SpatialFX, Engenuity JLOOX kabilarni kiritishimiz mumkin. Bunday dasturlar narxi 1000
AQSH dollaridan 5000 AQSH dollarigacha boʻladi va har bir qoʻshimcha operatsiya
qurilmasi uchun 100 AQSH dollaridan 500 AQSH dollarigacha qoʻshimcha haq
toʻlanadi.
Oxirgi yillarda kompyuter va boshqa elektron qurilmalarning dizayni va soddalashtirilishi
boʻyicha koʻpgina ishlar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda GATni ham mobil va
choʻntak qurilmalariga oʻrnatish imkoniyati vujudga kela boshladi. Global pozitsion
tizim va simsiz aloqaning vujudga kelishi bu jarayonni yanada tezlashtirib yubordi.
Bunday qurilmalarga dasturning barcha imkoniyatlari kiritilmaydi,
xotira
miqdori
kichik
boʻlganligi uchun kichikroq dasturlar oʻrnatiladi. Lekin oxirgi yillarda
smartfon (
smartphone
) deb nomlanuvchi kommunikator yoki aqlli telefonlar ishlab
chiqilmoqda va ularning xotirasi 64 Gbt
gacha
bormoqda.
Bu
esa
koʻpgina
ma’lumotlarni
va
mukammalroq dasturlarni kiritish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Bunday dasturlar qatoriga Autodesk OnSite, ESRI ArcPAD va Intergraph Intelliwhere
kabilar kiradi. Bu dasturlarning narxi 400 AQSH dollaridan 600 AQSH dollarigacha
oʻzgaradi.


Geoaxborot tizimining istiqbollari mutaxassislar orasida keng muhokamaga sabab
boʻlmoqda. Bugungi kunda undagi texnika, texnologiyada internet tarmogʻi bilan
quyidagi muhim rivojlanishlar yuz beradi:
 Geofazoviy ma’lumotlarni
yigʻishga moʻljallangan sensorlarning kundalik
turmushimizdagi
qurilmalarda
koʻplab
oʻrnatilishi
sababli
ma’lumotni
toʻplash dinamikasi ham oʻsib boradi va oʻzgaradi. Bunda geofazoviy
ma’lumotlarning oddiy foydalanuvchilar yoki fuqarolar tomonidan toʻplanishi va
yaratilishi ham oshadi.
 Yaratilayotgan ma’lumotlar texnika rivojlanishi bilan ularning sifati va aniqligi
boʻyicha ham oshib boradi va bunda ijtimoiy media va veb xizmatlarning roli
muhim boʻladi.
 Yuqori
tiniqlikdagi
kosmik
tasvirlar
bilan
ishlashga
moʻljallangan
dasturlarga boʻlgan ehtiyoj yanada oshadi.
 Tezlikda
geofazoviy
ma’lumot
olishga
moʻljallangan
Odamsiz
boshqariladigan aeroqurilmalar (Unmanned Aerial Vehicle – UAV)ga boʻlgan
ehtiyoj ortadi.
 Uch oʻlchamli (3D) va toʻrt oʻlchamli (4D), ya’ni vaqtni toʻrtinchi oʻlcham deb qabul
qilingan geofazoviy ma’lumotlarga boʻlgan talab ortadi.
 Ma’lumot
toʻplash
va
uni
boshqarish
borasidagi
oʻzaro
hamkorlik
rivojlanadi.
 GNSSning paydo boʻlishi unga mos yagona tizimning yaratilishini talab etadi.
 Geofazoviy
ma’lumotlarga
boʻlgan
talab
asosan
rivojlanayotgan
davlatlarda
yuqori
boʻladi,
bunga
sabab
ularning
turli
sohalarni
rivojlantirishga boʻlgan harakatidir.
 Ta’lim va kadrlar malakasini oshirish juda muhim rol oʻynay boshlaydi va bunga
sabab yuqori tashkilotlarning sifatli geofazoviy ma’lumotlar olishga boʻlgan talabi
boʻladi.
 Oddiy fuqarolar ham geofazoviy ma’lumotlar toʻgʻrisida axborotga ega
boʻlishadi va bunda joyga moʻljallangan xizmat turlari, masalan, GNSS va GPS
yordam beradi.
 Kosmik tasvirdan tortib foydalanuvchiga tayyor holda yetkazib berish xizmatlari
yanada ortadi.
 Klaud (
Cloud
) xizmati geofazoviy ma’lumotni tezda yetkazib beruvchi asosiy
vositaga aylanadi.
 Texnologiya huquqiy va davlat tizimlaridan koʻra tezroq rivojlanadi.
 Arzon va ixcham sensorlar yanada koʻproq tarqaladi.
 Turli falokatlarning oldini olishda haqiqiy vaqt axborotlari koʻlami yanada oshadi.
 Metama’lumot
va
boshqa
turdagi
ma’lumot
olish
yoʻllari
yanada
rivojlanadi.
 Ochiq kodli va bepul geoaxborot dasturlari tahliliy va qayta ishlash uchun yanada
rivojlanishda davom etadi.
 Yerni oʻrganish tizimlari yanada koʻpayib, sun’iy yoʻldoshlar tasvirlari barcha
joy va vaqt uchun koʻproq mavjud boʻladi.
 Geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi yanada rivojlanadi va keng omma uchun
soddalashgan holda yetkaziladi.
 GNSS ma’lumotlari aniqligi hatto qoʻl telefonlari va planshetlarda ham ortib
boradi va kishilar onlayn ma’lumotlarga yanada koʻproq ega boʻlishadi.
 Yaqin 10 yil ichida barcha telefonlar 360 gradus aylanish ostida uch oʻlchamli
filmlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi va tiniqligi ortadi. Bunda foydalanuvchilar
uni turli sohalarda qoʻllashlari mumkin boʻladi.


 Bepul va ochiq ma’lumotlar barcha uchun beriladi va rivojlanishda davom etadi.
 Ma’lumotlarni himoyalash va sir saqlash juda muhim boʻladi.
 Ma’lumotlarning birdan koʻpayishi uning egasi kimligi, huquqi va boshqa
huquqlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.
 Qonunlar raqamli imzolarni qonuniylashtiradi.
 Davlat geofazoviy ma’lumotlarni himoya qilish, monitoring qilish boʻyicha
tashabbusni qoʻlga oladi.
 Milliy geofazoviy ma’lumotlar markazlarini tashkil etish zaruriyati paydo boʻladi.
 Geoaxborot boʻyicha ta’lim va oʻqitish davlatlarning ehtiyoji va sharoitiga qarab
ishlab chiqiladi.
 Milliy
kartografiya
tashkilotlari
oʻz
xodimlarini
turli
sohalarga
moslashtirib, malakasini oshira boshlaydi.
 Milliy kartografiya markazlarining eng aniq va ishonarli ma’lumotlar bilan
ta’minlovchi tashkilot sifatidagi oʻrni yanada oshib boradi.
 Milliy kartografiya markazlarining ishlari boshqa xususiy tashkilotlarga boʻlib
beriladi va bunda ular faqatgina ishonchliligi va toʻgʻriligini tekshirib
turuvchi tashkilot sifatida qoladi.
 Davlat tashkilotlari geoaxborot boʻyicha oʻz talablaridan kelib chiqib, qonunlar
va me’yorlar ishlab chiqadi va tartibga solib turadi.
 Global geofazoviy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi yirik kompaniyalar soni 10
tadan oshmaydi.
 Ixtiyoriy kiritiladigan geoma’lumotlar soni koʻpayib boradi va bunda
geoportalning ahamiyati katta boʻladi.
 Barcha uchun ochiq boʻlgan shaharlar kartalari yanada rivojlanadi va
tekinligicha qoladi.
Xulosa.
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimi rivojlanishi tizim xarajatlarini
qisqartirishga ham sabab bo’lishi kutilmoqda. Ahamiyatlisi, GAT endi faqat
sun’iy yo’ldosh tizimiga bog’liq bo’lmagan holda ham faoliyati yo’lga qo’yildi.
Geoaxborot tizimi aniq, xatosiz tarzda ma’lumot olishga va qisqa vaqt
sarflanishi insoniyat uchun muhim ko’rsatkich ekanligi ayni haqiqat. Davlat
siyosatida eng pultopar turizm sohasining ajralmas tizimi ham GATdir.


Foydalangan adabiyotlar:
1. The use of Geographic Information Systems (GIS) in Canada's National
Parks http://parkscanada.pch.gc.ca/natress/inf_pa1/GIS/GIS_E.HTM
2. Soliyev A.S., Usmonov M.R. Turizm geografiyasi (Samarqand viloyati
misolida) – Samarqand: SamDU, 2005 y.
Turizmda GAT tizimi fanidan majmua . UrDU.
3. UrDU . Turizmda GAT fanidan o’quv uslubiy qo’llanma.
4 http://ru.wikipedia.org/wiki/Глобальная_дистрибьюторская_система
5. http://www.nbcrs.ru/gds_ads.html
6. http://en.wikipedia.org/wiki/Computer_reservations_system
7.http://www.traveltecnik.com/2007/12/history-of-globaldistribution-
systems.html
8. www.amadeus.com

Download 1,76 Mb.




Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi paytda internet tarmogʻidan millionlab insonlar foydalanishmoqda

Download 1,76 Mb.
Pdf ko'rish