|
Html sahifaga tasvir joylashtirish
|
bet | 2/2 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 28,21 Kb. | | #111844 |
Bog'liq HTML sahifaga tasvir joylashtirishWIDTH va HEIGHT orqali tasvirning real o'lchamini kichraytirish mumkin. Ammo bu usuldan iloji boricha kamroq foydalangan maqul. Eng yaxshi usul tasvirni real o'lchamini tasvir tahrirlagich dastur yordamida kichraytirish. Bu usul tasvirning ochilish vaqtini kamaytiradi.
Tasvir hajmini suniy kattalashtirish. Tasvir o’lchami kattalashtirilganda yoki kichraytirilganda uning sifatida o'zgarish sodir bo'ladi. Agar siz o’lchamlarni o'zgartirganda bir xillikka e’tibor bermasangiz, tasvir sifatini buzilishiga olib keladi. WIDTH va HEIGHT o’lchamlari orqali tasvir hajmini kattalashtirganda, real o'lchamni 2 matra, 3 marta va shu tariqa oshishiga erishish kerak. Masalan tasvirning real o’lchami WIDTH = 100, HEIGTH 200 ga teng bo'lsa, uni ikki marta kattalashtirganda WIDTH=200, HEIGTH= 400 ga teng bo'lishi shart. Bu usul tasvir sifatidagi salbiy o'zgarishlarni bir oz yumshatadi. Shuningdek, ayni holatni tasvir o'lchamini kichraytirishda ham qo'llash maqsadga muvoffiq.
• Har doim ALT o'lchamini qo'llang. Har doim ALT dan so'ng tasvirga aloqador qo'shimcha axborotni kiritishga harakat qiling. Bunnig asosiy sababi, siz joylashtirgan tasvir ochilmangan taqdirda, Internetdan foydalanuvchi siz kiritgan tasvir izohini o'qiydi va minimum axborotga ega bo'ladi.
|
| |