Hududlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko'paytirish yo'llari. Reja




Download 65,5 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2024
Hajmi65,5 Kb.
#156699
  1   2
Bog'liq
Hududlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko\'paytirish yo\'llari.


Hududlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko'paytirish yo'llari.
Reja:

  1. Hududlarning tashqi iqtisodiyoti.

  2. Hududlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko'paytirish yo'llari

  3. Umumiy tushuncha.

2023-yil 27-iyun kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan «Eksport hajmlarini taʼminlashda hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tegishli hududiy loyihalarni amalga oshirishdagi mahalliy Kengash deputatlarining ustuvor vazifalari” mavzusida seminar tashkil etildi.


Tadbirda senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, Tashqi ishlar va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Taklif etilgan mutaxassislar tomonidan xorijiy hamkorlar ishtirokida mamlakatimiz hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning bugungi holatiga oid batafsil maʼruzalar tinglandi, asosiy muammolar tahlili va ustuvor vazifalar ro‘yxati berildi.
Seminar doirasida mahalliy vakillik organlari aholi bilan bevosita muloqotning muhim bo‘g‘ini ekanligi, joylarda dolzarb masalalarning yechimini topish, investorlarga amaliy yordam ko‘rsatish, eng muhimi, mazkur hudud manfaatlari hisobga olinishi, qonunchilik normalari va ekologik talablarga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi taʼkidlandi.
Hududlarda yaratilgan qulay sarmoyaviy muhit istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yuqori haq to‘lanadigan yangi ish o‘rinlari yaratishning asosiy omillaridan biri ekani taʼkidlandi.
Seminar davomida mahalliy deputatlarning xorijiy investorlar va eksportchilar bilan ishlash shakllari, usullari va mexanizmlari batafsil ko‘rib chiqildi. Shu jumladan, joylarda tegishli hokim o‘rinbosarlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining axborotini tinglash orqali investitsiya loyihalarini amalga oshirishning kompleks monitoring tizimini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va eksportni diversifikatsiya qilish hamda transchegaraviy tovar ayirboshlash hajmini oshirish yuzasidan seminar ishtirokchilarining fikr-mulohazalari umumlashtirilib, shuningdek, ushbu jarayonlarning hududiy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishdagi ahamiyati haqida tegishli xulosalar olindi.
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o'sishi va uning jahon bozoriga kirib borishini ta'minlovchi asosiy omillardan biri mamlakat eksport salohiyati hisoblanadi. Shu sababli ham rivojlangan va rivojlanayotgan har bir mamlakat o'z daromadini yuksaltirish va valyuta oqimini ko'paytirish maqsadida eksport hajmini oshirishga harakat qiladi. O'z navbatida bu maqsadga erishishda mamlakat barcha imkoniyatlardan foydalangan holda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda bozorga taklif qilishni ko'paytirishga harakat qiladi.
Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, dunyo mamlakatlari iqtisodiyotida eksportga yo'naltirilgan siyosatni amalga oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirish jarayoni uchun bir qator ijobiy ta'sirlarni yuzaga keltirishi bilan bog'liq:
• eksportga yo'naltirilganlik tufayli mamlakat ichki bozorining bir yoqlamaliligi bilan bog'liq cheklovlar bartaraf etiladi;
• valyuta tushumlarining barqaror kirib kelish mexanizmlari shakllantiriladi;
• korxonalar xalqaro raqobatga kirishadi va bu esa xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish uchun rag'bat yaratadi;
• eksportga yo'naltirilgan mamlakatlar odatda nafaqat katta valyuta zaxiralariga ega, balki jahon kapital bozori resurslariga nisbatan oson kirish imkoniyatiga ega bo'ladi;
• protektsionizm davri tugab, (milliy kapitalning dastlabki to'planish davri uchun juda oqilona) sanoat tizimining ochiqligi va uning liberalligiga asoslangan erkin savdo davri kirib keladi.
Yuqoridagi tajriba natijalaridan ko'rinib turibdiki, eksportning o'sishi iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi. O'sishning bunday manbai nafaqat iqtisodiyotning qolgan qismiga nisbatan multiplikativ ta'sir ko'rsatadi, balki o'sishning to'lov balansi muammolari bilan cheklanmasligi yoki to'xtatilmasligini ta'minlaydi, chunki qo'shimcha import xajmini o'sishini ta'minlovchi to'lov uchun zarur bo'ladigan har qanday xorijiy valyutaga erishish imkoniyatini taqdim etadi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, bozor talablariga mos va eksportbop mahsulotlari ishlab chiqarishni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish" bilan bog'liq ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash respublikamiz sanoat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish bo'yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab etadi.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Qo'yilgan muammo bo'yicha milliy va xorijiy adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatdiki, ushbu masalaning turli qirralari bo'yicha xorij va maxalliy olimlar tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilganligi va borilayotganligi va tadqiq etalganligini kuzatishimiz mumkin bo'ladi. Jumladan, xorijlik olimlar E.S.Raynert [7], J.S.Goldstein, J.C. Pevehouse [16], R.Hausmann, Hwang J., D. Rodrik [17], D.D.C.Prince & O.J.Fitton[18], mintaqalarning tashqi iqtisodiy faoliyati, sanoat va qishloq xo'jaligi mamlakatlari eksport strategiyalari bo'yicha tadqiqot olib borishgan bo'lsa, MDH mamlakatlaridan O.S.Belokur, G.S.Svetkova[1] V.A.Dovydenko[2], A.D.Kosmin, O.P.Kuznetsova, Ye.A.Kosmina[3], I.L.Lyubimov, I.V.Yakubovskiy[4], Ye.V. Sapir, A.G. Shmuratkina[10], Ye.A.Popova, N.Yu.Polunina [6] kabi olimlar hududlarning iqtisodiy o'sishining institutsional jihatlari va eksport strategiyasining xatarlarini o'rganishgan.
O'zbekiston olimlari Sh.X.Nazarov [5], A.N.Samadov[9], A.M.Sadikov [8], S.Sh.To'rabekov [13], A.A.Sobirov [11] N.Sirajiddinov [12], B.K.G'oyibnazarov [14], B.Yu.Xodiev [15]lar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini liberallashtirish va respublika hududlari, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha tadqiqot olib borishgan.
O'rganilgan adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, yuqoridagi mualliflar tomonidan korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va u orqali ularning eksport potentsialni oshirish muammolariga e'tibor qaratishmagan.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotning vositaviy - uslubiy apparati tizimli yondoshuv doirasida tadqiqotning umumilmiy uslublari: mantiqiy va vaziyatli tahlil, ekspert baholash, so'rovnoma, kuzatish, intervyu, guruxlash, taqqoslash kabi taxlil vositalarini qo'llashga asoslanadi. Ushbu vositalar tadqiqot olib borishning turli bosqichlarida turli kombinatsiyalarda foydalaniladi, yakuniy natijalar, xulosalar va takliflarni ilmiy asoslanganligini ta'minlashga imkon beradi.
Olingan statistik ma'lumotlarga ko'ra 2020 yil davomida viloyat korxona va tashkilotlari tomonidan dunyoning 68 ta davlati o'rtasida savdo-sotiq faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lsa, 2021 yilda esa 75 ta davlat bilan savdo-sotiq faoliyati yo'lga qo'yilgan. Bu o'tgan yilga nisbatan 10 foizga (yoki 7 ta davlatga) oshgan.
2-jadvaldagi ma'lumotlarga asosan 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida 2020 yilning shu davriga nisbatan savdo hajmining o'sganligini ko'rsatib, Afg'oniston, Eron Islom Respublikasi, Germaniya, Misr, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan savdo aloqalari mustahkamlanishi natijasida ushbu mamlakatlar bilan tashqi savdoda ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan.
2021 yilda uzoq xorij mamlakatlariiga eksport hajmi 73 % ga ko'payishi hisobiga 371302,1 ni tashkil etdi. Import esa, aksincha, 2020 yilga nisbatan 0,9 foizga oshdi va 487833,5 million dollarni tashkil etdi.
2021 yilda Farg'ona viloyatining MDH davlatlari bilan eksport 429983 ming dollarni (o'sish 125 foiz), import 546459,3 ming dollarni (27 foizga oshdi) tashkil etdi).
Eksport qiymatining o'sishiga, birinchi navbatda, Rossiya, 157 % ga yoki 150 946,0 ming aqsh dollaridan 237 015,2 ming AQSH dollarigacha, Qozog'iston bilan 165% yoki 30 321,9 ming AQSH dollaridan 50 248,0 ming AQSH dollarigacha o'sishi ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, eksport xajmi Qirg'iziston Respublikasi bilan 124 386,6 ming AQSH dollaridan 89 735,1 ming AQSH dollarigacha yoki 27,8% ga, Bangladesh bilan 10 303,6 ming AQSH dollaridan 8 573,3 ming AQSH dollarigacha yoki 26,8% ga kamaygan.
Import qiymatining o'sishi, asosan, Belarus Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Hindiston, Iroq, Litva, Polsha, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Xitoy, Vyetnam, Turkiya kabi mamlakatlardan yetkazib berishlar sonining o'sishi bilan bog'liq.
Import qiymatining kamayishi, asosan, AQSh, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Tojikiston, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan yetkazib berishlar sonining kamayishi bilan bog'liq.
O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, viloyatning eksport salohiyati oziq-ovqat mahsulotlari va ipak, paxta, kiyim aksessuarlari, to'qima matolar yoki qo'lda to'qilgan to'qima matolar ulushining ortishi hisobiga shakllanmoqda. Bu mintaqada agrosanoat kompleksini rivojlantirish tendentsiyasi, qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha joriy dasturlar bilan bog'liq.
Ta'kidlash joizki, O'zbekistonda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi qariyb 15 foiz bo'lib, shundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Go'sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yig'ishtirish va saqlash jarayonida 30 foiz mahsulotlar yo'qotilmoqda [20]. Jumladan, Farg'ona viloyati ham bundan mustasno emas.
Mavjud vaziyat sohada amalga oshirilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirishni taqozo etadi. Ushbu mahsulotlar tashqi bozorlarda talabga ega, bu viloyat hududining raqobatbardosh ustunligi ham hisoblanadi. Bugungi dunyo miqyosida global oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlashda yuzaga kelayotgan muammolar, ushbu mahsulotlarga talabning oshishiga olib kelmoqda. Shu tufayli viloyatda faoliyat yuritayotgan meva-sabzavot, go'sht va sut mahsulotlarini yetishtirish bilan shug'ullanuvchi qishloq xo'jaligi sanoati korxonalari savdo geografiyasini, jumladan, tashqi bozorlarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Taxlillardan ma'lum bo'ladiki, O'zbekistonda meva-sabzavotlar yetishtirish ichki iste'molga nisbatan bir necha barobar yuqoridir. Bu holatlar meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tizimini tashkil etish va eksport qilishda aniq strategik yo'nalishlar belgilashni talab etadi.
Sababi, eksportda avvalo, potentsial iste'molchiga qaysi mahsulot kerakligi va uning ehtiyojini tushunish kerak. Chunki, hozir mahsulot ishlab chiqarishdan ko'ra, uni sotish yechimini topish kerak bo'lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Bu borada esa jahon bozorini, undagi talab va taklifni o'rganish, uni tadqiq qilish kabilarni qamrab oladigan marketing faoliyati bilan shug'ullanish talab etiladi. Bu orqali bozorlarni o'rganish jarayonida paydo bo'ladigan qanday tovarlarni, kimlar uchun, qanday hajmda, qay ko'rinishda va qancha miqdorda kabi savollarga javob bo'ladigan marketing kontseptsiyalaridan foydalanish o'zining ijobiy natijasini beradi. Marketingda ishlab chiqarish, tovar, sotish, an'anaviy marketing, ijtimoiy-axloqiy marketing, o'zaro aloqa marketingi kabi kontseptsiyalar mavjud. Bu kontseptsiyalarda mamlakat yoki mintaqaga qanday mahsulotlarni eksport qilish o'rganilishi ham mumkin
Viloyatdagi ta'lim xizmatlarining asosiy "eksportchilari" bo'lib, Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona politexnika instituti, Farg'ona jamoatchilik salomatligi tibbiyot instituti, Koreya halqaro universiteti, Qo'qon universiteti hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, viloyatning eksport salohiyatini oshirishda xizmatlar eksporti tarkibida IT-mahsulotlar, dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni oshirishga e'tibor qaratish kerak.
Buning uchun istiqbolli mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish uchun aqlli texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga "nuqta"li investitsiyalarni nazarda tutuvchi yuqori texnologiyalarni, ya'ni elektron tijoratni rivojlantirish va mintaqa iqtisodiyotini raqamlashtirishni amalga oshirish eng dolzarb hisoblanadi. Zarur chora sifatida elektron tijorat va viloyat iqtisodiyotini raqamlashtirish sur'atlarini oshirish zarur, deb hisoblaymiz.
Mutaxassislarning fikriga ko'ra, Farg'ona viloyatida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo'yicha ulkan tashqi iqtisodiy va tabiiy zaxiraga ega bo'lib, bu uning xalqaro iqtisodiy makonga bir qator yangi turdagi eksportbob mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish orqali halqaro integratsiyalashuvni yanada rivojlantirishi va eksport salohiyatini oshira olishiga imkon beradi. Biroq, mahalliy korxonalar tomonidan eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo'yicha xarakatlar sust olib borilmoqda, bunga eksportni amalga oshirishda ular tomonidan duch kelayotgan mavjud bir necha kamchilik va muammolar sabab bo'lmoqda nazarimizda.
Shunga asosan viloyat korxonalarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksport salohiyatini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz:
• davlat organlari eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini sotish bo'yicha ixtisoslashtirilgan ulgurji bozorlar, yarmarkalarni uyushtirish va ular faoliyatlarini tashkil qilishda ko'maklashishi;
• eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish, xaridorlarni izlash, shartnomalarni tayyorlash va tuzish, eksport operatsiyalarini amalga oshirish, eksport qiluvchilarni ehtimoliy xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilish, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi bo'yicha talab etiladigan zarur litsenziyalar, sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnomalarni olish va to'lashda yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko'rsatilishini takomillashtirish;
• mamlakat miqyosida eksport jarayonlarini sug'urtalash mexanizmini shakllantirish.
• O'zbekiston Respublikasida eksportga yo'naltirilgan korxonalarning aksariyati o'rtacha eksport salohiyati darajasiga ega, shuning uchun ularga davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tashqi savdo infratuzilmasini takomillashtirish
• viloyatda xalqaro savdosining mustahkamlanishiga tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning maqsadli kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, hududiy infratuzilmani hamda viloyatning xorijdagi vakolatxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlarning izchilligini oshirish
36
• import o'rnini bosadigan mahalliy mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish
• mahsulotlarni xorijga elektron savdo maydonchalari orqali sotish bo'yicha ham zamonaviy mexanizmlar joriy etish
• mahalliy eksportyor korxonalarning tovarlarini xorijiy xaridorlar tomonidan sotib olish imkoniyatini beradigan milliy savdo elektron maydonchasini ishga tushirish
• qanday eksportchi korxonalar borligi va ularning qanday tovarlar ishlab chiqarishi to'g'risida xorijiy korxonalar ham, mahalliy korxonalar va davlat idoralari ham axborot oladigan to'liq manba mavjud emas. SHu bois har bir eksportchi korxona to'g'risidagi elektron axborotlar bazasini shakllantirish, ularning mahsulotlari to'g'risida to'liq ma'lumot, marketing tadqiqotlari natijalari, eksport hajmi kabi ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi elektron pasportni joriy etish zarur.
Xulosa qilib aytganda, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, jahon bozori talablariga javob beruvchi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish yo'li bilan mamlakat eksport tarkibini sifat va son jihatdan o'zgartirish, yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga sotishni rag'batlantirishga qaratilgan milliy eksport siyosatini amalga oshirish hozirgi kunning asosiy vazifasi, deb hisoblaymiz.

Download 65,5 Kb.
  1   2




Download 65,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hududlarning tashqi iqtisodiy aloqalari va eksportni ko'paytirish yo'llari. Reja

Download 65,5 Kb.