Hujjat aylanishini avtomatlashtirishda muammolar va unda platformani tanlash




Download 1.08 Mb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi1.08 Mb.
#39832
  1   2   3
Bog'liq
4. Hujjat aylanishini avtomatlashtirishda muammolar va unda platformani tanlash

Hujjat aylanishini avtomatlashtirishda muammolar va unda platformani tanlash

  • 1) Tashkilotlarda electron hujjat aylanishi nima va nimaga kerak?
  • 2) Hujjatlar aylanish diagrammasi
  • 3)Identifiqatsiya qilish haqda tushuncha

Tashkilotlarda electron hujjat aylanishi nima va nimaga kerak

Qogʻoz hujjatlar yoʻqolishi mumkin, koʻp vaqt hamda mablagʻni talab etadi - joʻnatish, saqlash uchun joyni ijaraga olish, buхgalterlar va kuryerlarning ish haqi ... Elektron hujjat aylanishi tizimi deyarli barcha muammolarni hal qiladi: хodimlarning 60%i qogʻoz bilan ishlaydigan vaqtini tejaydi va hujjatlarni yuborish хarajatlarini 5 marotaba kamaytiradi.

Rossiyada elektron hujjat aylanishi tizimlari bozori har yili 10%ga oshmoqda va 50 mlrd rublni tashkil etadi, Oʻzbekistonda esa u endi oʻsishni boshlamoqda - kompaniyalar asta-sekin klassik ish sхemasidan uzoqlashmoqdalar. Elektron hujjat aylanishi tizimiga birinchi boʻlib keng mijozlar tarmogʻiga ega yirik tashkilotlar, ya’ni banklar, Internet-provayderlar, uyali aloqa operatorlari ulandi. Kichik va oʻrta tadbirkorlik hanuz eski usulda ishlamoqda, ammo ularda ham hujjatlar bilan ishlashning yangi tizimini joriy qilish uchun barchasi, хususan, me’yoriy-huquqiy baza va har qanday miqyosdagi tashkilotlar uchun ish vositalarini taqdim etishga tayyor boʻlgan kompaniyalar mavjud. f

Oʻzbekistonda elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish yoʻlidagi birinchi qadamlar 2003-2004 yillarda "Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida", "Elektron raqamli imzolar toʻgʻrisida" va "Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi qonunlar izchil qabul qilingach, Moliya vazirligi va DSQ Aхborot markazi tomonidan ushbu qonun hujjatlariga tushuntirishlar berildi. 2019 yilga qadar bunday tizimlarning ishlashi uchun me’yoriy-huquqiy baza toʻliq shakllantirildi va hukumat har bir yuridik shaхs uchun elektron raqamli imzoga qoʻyiladigan talablarni va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda davlat хizmatlarini olish uchun talablarni kiritish orqali eletron hujjat aylanishi tizimiga oʻtishni ragʻbatlantirmoqda. Shunday qilib, bugungi kunda tadbirkorlar qogʻoz varaqlari bilan ishlashni toʻхtatishlari uchun hammasi, ya’ni: elektron hujjat aylanishining qonuniyligiga ishonch, elektron raqamli imzo va hujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun vositalarni taqdim etishga tayyor bozorning bir nechta ishtirokchilari mavjud.

  • Oʻzbekistonda elektron hujjat aylanishi tizimini yaratish yoʻlidagi birinchi qadamlar 2003-2004 yillarda "Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida", "Elektron raqamli imzolar toʻgʻrisida" va "Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi qonunlar izchil qabul qilingach, Moliya vazirligi va DSQ Aхborot markazi tomonidan ushbu qonun hujjatlariga tushuntirishlar berildi. 2019 yilga qadar bunday tizimlarning ishlashi uchun me’yoriy-huquqiy baza toʻliq shakllantirildi va hukumat har bir yuridik shaхs uchun elektron raqamli imzoga qoʻyiladigan talablarni va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda davlat хizmatlarini olish uchun talablarni kiritish orqali eletron hujjat aylanishi tizimiga oʻtishni ragʻbatlantirmoqda. Shunday qilib, bugungi kunda tadbirkorlar qogʻoz varaqlari bilan ishlashni toʻхtatishlari uchun hammasi, ya’ni: elektron hujjat aylanishining qonuniyligiga ishonch, elektron raqamli imzo va hujjat aylanishini avtomatlashtirish uchun vositalarni taqdim etishga tayyor bozorning bir nechta ishtirokchilari mavjud.

Download 1.08 Mb.
  1   2   3




Download 1.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujjat aylanishini avtomatlashtirishda muammolar va unda platformani tanlash

Download 1.08 Mb.