• Format
  • Hujjatni formatlash




    Download 0.49 Mb.
    bet1/18
    Sana20.12.2022
    Hajmi0.49 Mb.
    #36232
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Worda 13.12.2022 5a
    7a Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazi, test, 9-sinf informatika(15 ta test), 9mmavzu, 2oqsillar, 451, 2, topshiriq 4, Mustaqil ish mavzulari (2), ISHCHI, Olimpiada Beydjik

    7-dars. HUJJATNI FORMATLASH
    Avval aytilganidek, matn protsessorlarida hujjatning tashqi ko‘rinishi chiroyli chiqishi uchun shrift turi, o‘lchami, rangi va abzas tekislanishi, chegara chizish kabi bezaklar bilan boyitilishi mumkin. Bu kabi amallarni bajarish formatlash deyiladi. Formatlash shrift, matn yoki abzasga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Bu darsda formatlashga oid amallar bilan tanishasiz.
    MATNNI FORMATLASH
    Matndagi shriftning rangi, chizma ko‘rinishi, o‘lchami, yozuv shakli
    quyidagicha tanlanadi:
    1.Formatlanishi kerak bo‘lgan qism belgilanadi, ya’ni blokka olinadi.
    2.Format menyusidan Shrift ( ) bo‘limi tanlanadi.
    3.Blokka biror yozuv shaklini berish uchun Shrift shaklini tanlash darchasidan kerakli yozuv shakli tanlanadi.
    4 .Shrift uchun kerakli rang, o‘lcham, chizma ko‘rinishi va boshqa
    o‘zgarishlar mos darchalardan tanlanadi.
    5.Shriftdagi o‘zgarishlarni ko‘rib turish darchasida kerakli natija ko‘zga tashlanganda OK tugmasi tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi.
    ABZASNI FORMATLASH
    Yodingizda bo‘lsa, abzas quyidagi xususiyatlarga ega edi:
    abzas kengligi;
    • sahifada tekislanish usuli (chap yoki o‘ng chegara, markazga
    tomon va sahifa kengligi bo‘yicha);
    • abzasning bosh satri va keyingi satrlarning chap va o‘ng ho-
    shiyadan chekinishi;
    • intervali (satrlar orasining kengligi). Abzasni formatlash uchun:
    1) yurgichni shu abzasga joylashtiriladi;
    2) Format menyusidan Abzas ( ) bo‘limi tanlanadi;
    3) zarur formatlash amallari bajariladi va abzasdagi o‘zgarishlarni ko‘rib turish darchasida kerakli natija aks etganda OK tugmasi tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi.

    Matnni yoki abzasni formatlashni yuqoridagi rasmda aks etgan FORMATLASH uskunalar paneli yordamida bajarish ancha qulay. Bunda amallar ko‘rgazmali shaklda aks etadi.
    Umuman, formatlashni matn terish jarayonida yoki matn terib bo‘lingandan keyin ham bajarish mumkin.

    Download 0.49 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0.49 Mb.