|
Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya yakuniy savolar
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 14,76 Kb. | | #139681 |
Bog'liq Ҳуқуқий Кўникма якуний саволлар
Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya yakuniy savolar
“Soft skills” qanday ko‘nikma va malakalar tizimidan iborat?
Ishga qabul qilishda “soft skills” (mobil ko‘nikmalar)ga e’tibor qaratishning qanday zarurati va afzalliklari bor?
Yurist uchun “mobil” ko‘nikmalarning eng muhimlari qaysilar, deb hisoblaysiz?
Huquqshunosning o‘z karerasi haqida o‘ylashi, avvalo, maqsad muddaolarini puxta rejalashtirishdan boshlanishi lozim, degan qarashni biror huquqshunoslik kasbi misolida yoritib bera olasizmi?
Huquqshunos mutaxassisning o‘z oldiga maqsad qo‘yishida “SMART”
va “SMARTER” texnologiyalari afzalliklari nimalarda namoyon bo‘ladi?
Siz oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishishda namuna bo‘lishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatli kishilar bormi? Ularning ibratli jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
Oldingizga qo‘ygan eng asosiy maqsad va unga erishish yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan kichik maqsadlaringiz nimalardan iborat?
Huquqshunoslik kasbi o‘zining qaysi alohida xususiyatlari bilan boshqa kasblardan farqlanadi, deb hisoblaysiz?
Alohida fuqarolar hamda butun jamiyat huquqshunoslardan, birinchi navbatda, nimani, qanday natijalarni kutishadi?
Huquqshunoslik faoliyatining ko‘proq qaysi yo‘nalishlarida tashabbuskorlik yaxshi samara beradi, deb o‘ylaysiz?
Kreativlik deganda siz nimani tushunasiz? Uning ijodkorlik tushunchasi bilan o‘xshash va farqli jihatlarini ajratib bera olasizmi?
“Kreativ yurist” deganda ko‘z oldingizda qanday kasbdoshingiz siymosi gavdalanadi?
Muammoni hal qilishda ixtirochilik yoki nostandart yondashuv ko‘rsatishingizga to‘g‘ri kelgan vaziyat bo‘lganmi? Vaziyatdan qanday chiqqan edingiz?
Tadbirga ozginagina vaqt qolganida sizdan unda ma’ruza qilib berish yoki prezentatsiya tayyorlash haqida iltimos qilishsa, uni qanday ado etgan bo‘lardingiz?
Huquqshunos faoliyatida shaxsiy rivojlanishning aniq rejasiga ega bo‘lish unga qanday imkoniyatlar yaratadi, deb hisoblaysiz?
Ayting-chi, sizningcha aksariyat huquqshunoslarning shaxsiy rivojlanish rejasidan qanday maqsadlar o‘rin oladi?
Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda shaxs o‘zini o‘zi real baholashi qanchalar muhim? Fikringizni hayotiy misollar bilan asoslang.
SWOT tahlil nima? Undan hayotning, mehnat faoliyatining qay jabhalarida foydalanish o‘rinli bo‘ladi? Fikringizni dalillang.
Huquqshunos amalga oshiradigan SWOT tahlilning “Xatarlar” qismidan ko‘proq qanday xavf-xatarlar o‘rin oladi, deb o‘ylaysiz?
PEST tahlilning SWOT tahlildan farqini aniqlashtirgan holda, undan foydalanish shaxsiy rivojlanish rejasini tuzayotgan huquqshunosni kelgusidagi qanday muammolardan saqlaydi, deb hisoblaysiz?
“Karera missiyasi”ni shakllantirishda huquqshunos o‘ziga berishi lozim bo‘lgan savollar kelajakda qanday natijalarga kafolat bo‘ladi?
Huquqshunos o‘z oldiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan biror yirik maqsad misolida unga erishish uchun kichik va o‘rta muddatlarda amalga oshiriladigan ishlarni aytib bera olasizmi?
Harakatlar rejasi jadvalidagi “To‘siqlar va echimlar” qismida huquqshunos ko‘proq nimalarni aks ettiradi, deb o‘ylaysiz?
Universitetimizning SWOT tahlilini amalga oshira olasizmi? Uni yanada rivojlantirish uchun qanday takliflar bergan bo‘lardingiz?
Vaqtning hisobini olib ish yuritish zamonaviy huquqshunos faoliyatida qanday ahamiyatga ega?
Ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish samaradorlikni oshirishga nimasi bilan yordam beradi?
Ishlarni qanday tartibda rejalashtirgan foydaliroq? Xotiradami yoki qog‘ozga tushirilganimi? Sababi nimada?
Vaqtni boshqarish uchun qanday tartibga rioya qilish kerak, deb hisoblaysiz?
Vaqtni rejalashtirish, bu rejaga amal qilish bo‘yicha qanday shaxsiy qoidalarga egasiz va ularni qay tarzda qo‘llaysiz?
Mantiqiy fikrlashning rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar bormi?
Mantiqiy fikrlashning asosiy talablarini tushuntiring.
Fikrlashning asosiy shaklini aniqlang.
Mantiqiy fikrlashni aniqlash va rivojlantirish usullari o‘rtasida qanday farq va o‘xshashlik mavjud?
Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan qanday ko‘nikmalarga ega bo‘ladi?
Fikrni mantiqiy ifoda etish usullarini aniqlang.
SCAMPER metodi huquqshunosning mantiqiy fikrlashiga qanday ta’sir
ko‘rsatadi? Mulohaza yuriting.
Huquqshunos faoliyatida tafakkur qonunlarining ahamiyati nimalar bilan izohlanadi?
Deduktiv, induktiv va analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishga yuridik amaliyotdan misollar keltiring.
Induktiv xulosa chiqarishning deduktiv xulosa chiqarishdan farqi nimada?
Ilmiy induksiya metodlarini tushuntirib bering?
Mantiqiy isbotlash nima va u qanday elementlardan tashkil topgan?
Yuridik argumentatsiyani samarali tashkil etish usullarini aniqlang.
|
| |