HUQUQIY MUNOSABATNING TUZILISHI




Download 84.5 Kb.
bet5/9
Sana19.03.2017
Hajmi84.5 Kb.
#340
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HUQUQIY MUNOSABATNING TUZILISHI.

Huquq ikki yoqlama xarakterga ega bo’lib, ular yuridik hamda faktik mazmunga

ega bo’ladi. Huquqiy munosabatlarning yuridik mazmuni – vakolat yoki majburiyat olgan shaxslarning ma'lum xarakatlari bo’lsa;

Huquqiy munosabatlarning faktik mazmuni – xuquq va majbukriyatlar tatbiql etiladigan xarakatlarning o’zidir.

Masalan, o’rta ma'lumotga ega shaxsning sub'ektiv xuquqini mazmunini hamrab olgan imkoniyatlarning kengligi (bir necha vo’zlarga nisbatan) bo’lsa, biroq uning bitta vo’zga kirib ukishi mumkinligi, ya'ni uning sub'ektiv xuquqining tatbiql etishining fakat bitta varianti mavjudligidir.

Huquqiy munosabatlarning mazmuni – bu sub'ektiv xuquq va yuridik majburiyatlardir.

Huquqiy alokalarning ikkita tipi mavjud bo’lib, ularga

nisbiy alokalar ( xuquq sub'ektlari o’rtasidagi)

absolyut alokalar( xuquq sube'ti bilan jamiyat o’rtasidagi) kiradi.

Sube'ktiv xuquq- yuridik jixatdan mumkin bo’lgan xulq-atvor yoki sub'ektning

o’z shaxsiy manfaatlarini kondirishga imkon beradigan yuridik choralardir.

Sub'ektiv huquqning quyidagi belgilari mavjud:

- sub'ektiv xuquq- bu imkoniyat darajasidagi xulqning ko’rinishi (chegaraviy)

- sub'ektiv xuquq- bu mumkin bo’lgan xulq, ya'ni uning tashuvchisi uchun xar doim

tanlash imkoniyati mavjud: ma'lum tartibda xarakat qilish yoki qilmaslik;

Taxlil qilinayotgan xuquqning mazmuni xuquq normalari va yuridik faktlar

tomonidan urnatiladi.

Sub'ektiv xuquqning amalga oshirilishi boshqa (2-chi) tomonning majburiyatlari

bilan ta'minlanadi; ba'zi xollarda 2-chi tomonning bu majburiyati sub'ektiv xuquqni bo’zuvchi xarakatlaridan saqlanishini takozo etsa, ba'zi boshqa xollarda esa aksincha, ya'ni u shaxs tomonidan olingan majburiyatlarini bajarilishini takozo etadi.

Sub'ektiv xuquq vakolatli shaxsga uning manfaatlarini kondirish uchun beriladi.;

Ushbu xuquq (s.x.) nafakat imkoniyat (yoki yuridik choralar) dan, balki vakolatli shaxsning yuridik yoki faktik xulqidan iborat bo’ladi.

Sub'ektiv xuquq – murakkab xodisa bo’lib, o’z ichiga bir qator xuquqiy vakolatlarini hamrab oladi. Bularga:

Shaxsiy faktik xarakatlarga nisbatan bo’lgan xuquq (xuquq ob'ektining ijobiy xususiyatlaridan foydalanishga yunaltirilgan xuquq xarakatlar); mulkdor o’z narsasini o’z urnida ishlatilishi.

Yuridik xarakatlarga nisbatan bo’lgan xuquq (yuridik karorni qabul qilish (mulkdorning o’z narsasini olib quyishi, sotishi, sovga etishi va x.k.).

Talab qilish huquqi (ikkinchi tomondan o’z majburiyatlarini bajarilishini talab qilish, ya'ni begona harakatlar nisbatan talab qilish xuquqi. Karz beruvchining karz oluvchidan karzini kaytarishni t.k.).

Kuch ishlatishga moyillik huquqi (pryatyazanie) (ya'ni majburiyatli shaxsga nisbatan uning tomonidan ushbu majburiyatni bajarishiga qaratilgan xuquqiy xarakatlar).

Yuridik majburiyatlar – bu vakolatli shaxsning manfaatlaridan kelib chiqib, majburiyat olgan shaxsga qaratilgan va davlatning majburlov kuch tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan zaruriy xulqiy xarakatlar yoki yurish – turishdir (chora-tadbirlar).

YuM – bu HM ishtirokchilarning tegishli xuquqiy normaga asosan o’zlarining burchi bo’lgan xarakatni amalga oshirishlari va muayyan xarakatlarni sodir etishdan o’zlarini tiyishlaridir.

Yuridik majburiyatlarning quyidagi majburiyatlari mavjud:

Bu zarur xulqiy choralardir;

-U xuquq normalari talablariga ko’ra yoki yuridik faktlar asosida urnatiladi;

-Bu majburiyat vakolatli tomonning (shaxs, jamiyat, davlat) manfaatlarini ko’zlab urnatiladi;

-Majburiyat – nafakat majburiy xol bo’libgina kolmasdan, balki u majburiyat olgan shaxsning real faktik xulqidir;

Majburiyatga ega shaxsning oldida tanlash imkoniyati bo’lmaydi (bajarish va bajarmaslik majburiyatlari o’rtasida). Yuridik majburiyatni bajarmaslik yoki uni tula bajarmaslik xuquqni bo’zish xisoblanadi, davlat tomonidan choralar ko’rishni takozo etadi.

- Yuridik majburiyatlar 3 ta asosiy shaklga ega:

- Ta’qiqlangan harakatlardan o’zini tutish (passiv xulq);

- Muayyan (konkret) harakatlarni sodir etish (aktiv xulq);

- Tashkiliy, mulkiy va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan huquqlardan chegaralanish (qanoatlanish)lik.

Shunday qilib sub'ektiv huquq va majburiyatlar bir – biri bilan o’zliksiz bog’liqdir.

Ya'ni hech bir sub'ektiv huquq yo’qdirki, u majburiyat bilan ta'minlanmagan bo’lsa, va aksincha, hech bir majburiyat yukki, u xuquqqa mos kelmaydigan.

Huquqiy munosabat 4 ta qismdan iborat. Bular huquqiy munosabatlarning sub’yekti, ob’yekti, huquq va burchdan iborat. Sub’yekt huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shahslardir. Bu shahslar 2 ga bo’linadi. Jismoniy shahslar, fuqarolar va yuridik shahslar. Fuqarolar (jismoniy shahslar) deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatning va fuqaroligi bo’lmagan shahslar tushuniladi..

Yuridik shahslar deb o’z mulkiga ho’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan, mulkiy yoki nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan shahslarga aytiladi. Yuridik shahslarga davlat organlari, muassasalar, korhonalar va jamoat birlashmalari kiradi.

Sub’yektlar ya’ni fuqarolar va yuridik shahslar huquqiy munosabatda ishtirok etishi uchun huquq layokati va muomila layokatiga ea bo’lishi kerak. Ular bir vaqtda o’z huquqini va burchini bajarishi kerak. Fuqaroning huquqiy layokati u tugilgan paytdan paydo bo’ladi. va vafot etishi bilan tugaydi. Bazan huquqiy layokat fuqaro tugilmasdan oldin ham bo’ladi. Masalan; O’zbekiston Respublikasi Fuqarolir kodeksiningning 1135- moddasiga asosan meros qoldiruvchining vafotidan keyin tugilgan bolalari qonun buyicha vorislik bo’ladi..

Muomila layokati shahsning (fuqarolar, yuridik shahslar) o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqi olish va o’ziga yuridik burch tugdirish va huquqbuzarlik uchun javob berishligidir. Fuqarolarning huquqiy layokati ularning tugilish vaqtidan boshlansa, muomila layokati ma’lum yoshdan qisman 13-16 yoshdan, to’la 18 yoshdan boshlanadi. Yuridik shahslarning huquqiy layokati va muomila layokati ular tashkil etilishi bilan paydo bo’lib, tugatilishi bilan bekor bo’ladi.Fuqarolik Kodeksining 27, 28, 29, 30, 31, 32 – moddalarida o’z ifodasini topgan. Muomala layokati sud tomonidan cheklanishi mumkin.

Huquq sub'ektlari bo’lib fuqarolar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, tashkilotlar, ijtimoiy birikmalari xisoblanishi mumkin.

Huquqiy munosabatning ob’yekti bu huquqiy munosabatlar qanday ijtimoiy munosabatlarga qarshi qaratilgan bo’lishligidir.. O’z FK ning 81- moddasiga asosan fuqarolik huquqlarining ob’yektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli koglzlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va hizmatlar, ihtirolar, sa’at na’munalari, fan, adabiyot san’at asarlari va intelektual faoliyatiing boshqa natijalari, shuningdek shahsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. Masalan, mexnat xuquqiy munosabatlarda kishilar o’rtasidagi ijtimoiy mexnat munosabati (ob'ekt).

Ob'ektlar bo’lib xuquqiy sub'ekti uchun qadriyatli bo’lgan turli xil predmetlar ham bo’lishi mumkin.

Huquqiy munosabatlarning sostavi (tarkibi) (oldi-sotdi xuquqiy munosabatlar misolida)

Yuridik fakt XMlar sub'ektlari

Yuridik mazmuni Faktik mazmuni narsa (berish )

XM ob'ektlari pul (olish)

Huquqiy munosabatlarning tuzilishini 3- qismi unda ishtirok etuvchi bir tarafda huquqning mavjudligidir. Huquq bu uning ishtirokchilarining tegishli huquqiy normaga asosan unda belgilangan harakat va harakatsizlkni amalga oshirishini talab qiladi. Masalan; uyni sotgan mulkdor uning narh-pulini talab q’ilish huquqiga ega.

Huquqiy munosabatni tuzilishini 4- qismi unga ishtirok etuvchi ikkinchi tarafda burch yoki majburiyatning mavjudligidir. Burch huquqiy munosabatda ishtirok etuvchi shahsning huquq talab qilgan narsani bajarishdir. Masalan; uy oldi-sotdi artnomasida uyni sotib olgan taraf uy narhini- pulni to’lash uning burchidir.



Download 84.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 84.5 Kb.