* * * Kishi boylikda o’zidan quyidagilarga




Download 0.92 Mb.
bet3/31
Sana20.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#42965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
1-kitobcha
6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, Rangni tasvirlovchi modellar, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka
* * *
Kishi boylikda o’zidan quyidagilarga,
Ilmda esa o’zidan yuqoridagilarga qarab ish tutishi kerak.
* * *


Testlar - 1996-2003 yillar. (Axborotnoma).

1. (97-5-39). Quyidagi xodisalarning qaysi guruhi kimyoviy jarayonga taalluqli?


A) Suvning qaynashi, simob oksidning parchalanishi
B) Suvning muzlashi, qo`rg`oshining suyuqlanishi
C) Temirning xlorlanishi, kalsiy karbonatning parchalanishi
D) Kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi, iodning sublimatlanishi
E) Osh tuzining suvda erishi, suvning bug`lanishi

2. (96-7-19). Quyidagi jarayonlarning qaysilari kimyoviy jarayon?


1) metanning yonishi
2) aluminiy simining cho`zilishi
3) muzning erib suyuq holga o`tishi
4) temirning zanglashi
5) suvning bug`lanishi
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 3, 5
D) 1, 4 E) 2, 5

3. (97-9-1). Qaysi holatlarda kislorod ajralib chiqishi kimyoviy hodisalarga asoslangan?


1) kaliy permanganatdan
2) suyuq havodan
3) simob oksididan
4) isitilgan dengiz suvidan
A) 1, 3 B) 1, 2 C) 2, 3
D) 3, 4 E) 2, 4

4. (99-10-3). Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa?


1) qog`ozning yonishi
2) mis simining qizdirilganda qorayishi
3) suvning muzlashi
4) temirning magnitga tortilishi
5) yog`ning benzinda erishi
6) sutning achishi
A) 3, 4 va 6 B) 2, 5 va 6 C) 1, 2 va 6
D) 2, 3 va 5 E) 1 va 6

5. (97-2-1). Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisalarni ajrating:


1) oltingugurtning suyuqlanishi
2) oltingugurtning yonishi
3) shisha pishirish
4) shishani maydalash
5) shakarning erishi
6) shakarning ko`mirlanishi
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4
D) 2, 3, 5 E) 2, 3, 6
6. (97-11-69). Kimyoviy hodisalarga kirmaydigan jarayonni ko`rsating.
A) uzum sharbatining bijg`ishi
B) benzinning yonishi
C) yog`ning sovuqda qotishi
D) ohakning so`ndirilishi
E) temir mixning zanglashi

7. (96-13-89).Quyidagilarning qaysilari fizikaviy hodisa?


1) mis idishning havoda qorayishi
2) suvning muzlashi
3) kislotaga asos ta’sir ettirish
4) qumni sement bilan aralashtirish
5) havoni sovutib kislorod olish
6) metallning havoda oksidlanishi
A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 2, 4, 5
D) 1, 3, 6 E) 2, 3, 6

8. (00-3-1). Quyidagilarning qaysilari to’g’ri?


1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib, fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi
2) molekulalar atomlardan tarkib topadi, atomlar ham molekulalar singari to`xtovsiz harakatdadir
3) kimyoviy hodisalarda molekulalar tarkibi o`zgaradi
4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi
5) molekulalar orasida o‘zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud
6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi
A) 1,4,5,6 B) 3,4,5,6 C) 4,5,6
D) 1,3,4,5 E) 2,3,5

9. (97-10-129). "Atom" tushunchasini qaysi tavsif to`laroq talqin etadi?


1) muayyan moddaning kimyoviy xossalarini o`zida saqlab qoladigan eng kichik zarracha
2) oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning eng kichik zarrachasi
3) har qaysi atomlarning alohida turi
4) musbat zaryadlangan yadro bilan bir yoki bir necha elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarracha.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 2 va 4

10. (97-3-37). Moddaning kimyoviy xossalarini o`zida mujassamlashtirgan eng kichik zarracha qanday nomlanadi?


A) atom B) molekula C) yadro
D) proton E) element
11. (97-10-38). Element tushunchasini aks ettiruvchi iborani toping.
1) yadrosining zaryadi bir xil bo`lgan atomlarning muayyan turi
2) mustaqil bo`la oladigan elektroneytral zarrachalar
3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo`lgan atomlar to`plami
4) kimyoviy bo`linmaydigan eng kichik zarracha
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4
D) 2, 3 E) 3, 4

12. (96-3-2). Element bu ...


A) moddaning oddiy zarrachasi
B) moddaning bo`linmas zarrachasi
C) moddaning mayda zarrachasi
D) yadro zaryadlari bir xil bo`lgan atomlar turkumi
E) moddaning elementar zarrachasi

13. (96-13-1). Quyidagi fikrlarning qaysilari elementga taalluqli?


1. Kislorod havoga nisbatan og`irroq
2. Kislorodning molekulasida ikkita atom bor
3. Kislorodning tarkibi massalari 16, 17 va 18 m.a.b. ga teng bo’lgan izotoplardan tashkil topgan
4. Kislorod II davrning VI guruhida joylashgan.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4
D) 3, 4 E) 2, 4

14. (97-11-183). Qaysi element quyida berilgan hamma moddalar tarkibiga kirgan?


Kaliy permanganat, kaliy manganat, vodorod peroksid, xrom(III) sulfat, sulfat kislota, nitrat kislota, kaliy xromat
A) kaliy, vodorod
B) marganets, xrom
C) vodorod, kislorod
D) kislorod
E) oltingugurt

15. (96-8-3). Quyidagi ta’riflar orasidan qaysilari kimyoviy element tushunchasini to`g`ri talqin etadi?


1) atomlarning muayyan ko’rinishi
2) yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi
3) atom massalari bir xil bo’lgan atomlar turkumi.
4) tartib raqamlari bir xil bo`lgan atomlar turkumi.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 4
D) 2, 3 E) 3, 4

16. (97-11-104). Faqat kimyoviy elementlar keltirilgan qatorni aniqlang.


A) olmos, ozon, grafit, uglerod
B) ozon, kislorod, olmos, vodorod
C) azot, ozon, vodorod, kislorod.
D) uglerod, olmos, azot, ozon
E) uglerod, kislorod, vodorod, azot

17. (02-3-20). Quyidagi o`zgarishlarning qaysilari kimyoviy jarayonlarga taaluqli?


1) kislorodning ozonga aylanishi;
2) kislorodni suyultirilgan havodan olish;
3) simob(II) oksiddan kislorodni olish;
4) kislorodni kaliy permanganatdan olish
A) 2,3,4 B) 1,4 C) 1,3 D) 1,3,4 E) 2,4

18. (97-11-179). Olmos, grafit, osh tuzi, sulfat kislota, shakar va natriy gidroksid moddalari berilgan. Shu moddalar tarkibini necha xil element tashkil etgan?


A) 8 B) 7 C) 6 D) 5 E) 4

19. (98-5-10). Quyidagi ta’riflardan qaysilari to`g`ri?


1) atomlarning turlari elementlarnikidan ko`p;
2) elementlarning turlari atomlarnikidan ko`p;
3) elementlarga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos;
4) atom to`plamlariga massa, zichlik, qaynash va suyuqlanish temperaturalari xos.
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 4 E) 3, 4

20. (97-10-1). Quyidagi qatorlardan qaysi biri oddiy moddalardan tuzilgan?


A) mis oksid, azot, suv
B) kislorod, vodorod, temir xlorid
C) fosfor oksid, vodorod xlorid, oltingugurt
D) vodorod, qaldiroq gaz, natriy
E) xlor, magniy, karbonat angidrid

21. (97-3-5). Quyidagi kattaliklardan qaysilari atomlarga tegishli?


1) tartib raqami 2) yadro zaryadi
3) elektron qobig’i 4) suv molekulasining tarkibiy qismi
A) 1, 2 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 E) 2, 4

22. (96-15-1). Oddiy moddalar qatorini ko`rsating:


1) Cl2, Cl2O3, NaCl , KCl
2) O2, Cl2, P4, S6
3) N2O, O2 Na2O, NO
4) N2 NH3 NO2 N2O
5) Cr, CrO, Cr2O3, CrO3.
A) 3 B) 4 C) 1 D) 2 E) 5

23. (97-9-95). Murakkab modda bu ……..


A) Bir xil atomlardan tuzilgan modda.
B) Molekulalari har xil atomlardan tuzilgan modda.
C) Molekulalari bir xil atomlardan tuzilgan modda.
D) Har xil molekulalardan tuzilgan modda.
E) Molekulalarning bir turi.

24. (96-7-2). Oddiy moddalar qatorini ko`rsating.


A) Al2O3, HCl, KCl, NH4OH
B) HCI, HF, HNO3
C) PH3, N2O, H2S, NaH
D) P4, S8, O2, O3
E) SO2 SO, NO, NO2

25. (97-5-40). Oddiy moddalarni tanlang:


1) vodorod 2) suv 3) ohaktosh
4) grafit 5) xlor
A) 1, 4, 5 B) 2, 4 C) 1, 3, 5
D) 3, 5 E) 3, 4, 5
26. (97-8-80). Qaysi hollarda kislorod oddiy modda holida ifodalangan?
1) havo tarkibiga kiradi;
2) oksidlar tarkibiga kiradi;
3) yonish reaksiyasida qatnashadi;
4) ozon hosil qiladi;
5) kislorodli kislotalar tarkibiga kiradi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4
D) 3, 4, 5 E) 1, 3, 5

27. (01-5-51). Oddiy moddalarni tanlang.


1) muz 2) temir 3) bo’r 4) azot
5) ozon 6) fosfin 7) karbin 8) olmos
9) "quruq muz" 10) bertole tuzi
A) 2,4,5,7,8 B) 1,2,4,5,8 C) 2,4,5,8,10
D) 1,3,5,7,9 E) 2,4,7,8,9

28. (97-2-34). Keltirilgan moddalar ichidan oddiylarini toping:


1) oq fosfor 2) fosfin
3) kalsiy fosfid 4) qizil fosfor
5) fosfat kislota 6) qora fosfor.
A) 2, 4, 6 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5 E) 2, 3, 6

29. (02-5-3). Quyidagilarning qaysilari oddiy moddalar qatoriga kiradi?


1) sellyuloza 2) olmos
3) karbin 4) marmar
5) malaxit 6) ozon 7) fosfin
A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 3, 6 C) 2, 3
D) 2, 6, 7 E) faqat 2
30. (99-1-32). Qaysi hollarda oddiy modda haqida gap boradi?
1) suv tarkibida kislorod bor
2) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
3) qum tarkibida kislorod bor
4) sulfat kislota tarkibiga kislorod kiradi
5) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo`lishi mumkin.
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4
D) 4, 5 E) 2, 5

31. (03-2-26). Oddiy moddaga tegishli bo`lgan xossalarni aniqlang.


1) yadro zaryadi 2) zichlik
3) elektron qavatlar 4) atom massa
5) izotoplar 6) rang
7) qaynash va suyuqlanish temperaturalari
A) 1, 2, 3 B) 2, 5, 7 C) 2, 6, 7
D) 1, 4, 6 E) 5, 6, 7
32. (03-2-27). Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilayotganligini ko`rsating.
1) inson organizmida kalsiy va uglerod bor;
2) tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi;
3) vodorod davriy jadvalda 1-davr I guruhda joylashgan;
4) uglerod qattiq modda;
5) uglerodda ikkita elektron qavat mavjud
A) 2, 5 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 2, 3 E) 4, 5

33. (03-2-28). Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang.


1) temir suvda erimaydi
2) soch tarkibida oltin bor
3) borning yadro zaryadi +5 ga teng
4) qon tarkibida temir bor
5) ko`pchilik moddalar kislorodda yonadi
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 4
D) 1, 2, 4 E) 1, 4, 5

34. (03-4-1). Quyidagi hollarning qaysi birida kislorod molekulasi haqida so`z boradi?


1) kislorod simob(II) oksid tarkibiga kiradi
2) kislorod havo tarkibiga kiradi
3) gazometrga kislorod yig`ilgan
4) kislorod suvda yomon eriydi
5) suv gazi tarkibiga kislorod kiradi
A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5
D) 2, 3, 4 E) 1, 4, 5

35. (03-4-2). Qanday moddalar uchun "atom" va "molekula" tushunchalari teng qiymatlidir?


1) vodorod 2) kislorod
3) azot 4) nodir gazlar
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 2, 3

36. (02-7-33). Quyidagi qaysi moddalar uchun ham atom, ham molekula tushunchalarini ishlatish mumkin?


1) kislorod 2) temir 3) argon
4) suv 5) osh tuzi 6) azot 7) ozon 8) kremniy
A) 1, 2, 3, 4, 8 B) 1, 5, 6, 7, 8
C) 1, 4, 7, 8 D) 1, 2, 3, 6, 8
E) 1, 2, 6, 7, 8

37. (01-4-66). To`g`ri ifodani tanlang:


1) kislorod atomi
2) sirka kislota atomi
3) malaxit atomi
4) olmos molekulasi
5) vodorod peroksid - vodorod va kislorod molekulalaridan tashkil topgan
6) osh tuzi natriy va xlor ionlaridan tarkib topgan
A) 2, 3, 4, 5, 6 B) 1,4, 6 C) 1,4, 5, 6
D) faqat 1 E) hammasi noto’g’ri.

38. (97-11-181). Quyidagi hukmlarning qaysila-rida kislorod molekulasi haqida gap boradi?


1) suvda kislorod mavjud,
2) baliq suvdagi kislorod bilan nafas oladi,
3) kislorod ko`pdan-ko`p minerallar tarkibiga kiradi
4) ko`pchilik moddalar kislorodda yonadi
5) kislorod ikkita atomdan iborat
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 5
D) 3, 4, 5 E) 1, 4, 5

39. (00-9-53). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan elementlar qatorini belgilang.


A) xlor, kislorod, fosfor, selen
B) uglerod, fosfor, azot, odtingugurt
C) selen, uglerod, fosfor, kislorod
D) fosfor, vodorod, azot, kislorod
E) azot, vodorod, fosfor, kislorod

40. (01-12-1). Allotropik shakl o`zgarishni namoyon qiladigan elementlar qatorini ko`rsating.


A) kislorod, azot, brom, simob
B) fosfor, qalay, selen, tellur
C) oltingugurt, ftor, yod, rux
D) oltingugurt, uglerod, vismut, litiy
E) mishyak, kislorod, bariy, bor
41. (96-5-1). Allatropiya deb nimaga aytiladi?
A) ayni bir element bir necha oddiy modda hosil qiladigan hodisalarga aytiladi
B) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
C) tarkibi, miqdori bir xil bo`lgan, lekin tuzilishi va kimyoviy xossalari bilan farq qiladigan moddalarga aytiladi
D) bitta element atomlaridan iborat bo`lgan moddaga aytiladi
E) bir necha element atomlaridan iborat bo`lgan moddalarga aytiladi

42. (97-3-38). Allotropiya hodisasining sababi nimada?


A) moddalar tarkibidagi molekulalar soni turlicha ekanligi
B) suyuqlanysh temperaturasidagi farqlar
C) molekulada atomlar soni turlicha ekanligi
D) ikki xil molekulaning o`zaro birikkanligi
E) uchtadan ortiq molekulaning birikishi

43. (96-10-8). Allotropiya hodisasining mohiyati nimada?


1. Atom yadrosidagi neytronlar sonining turlicha bo`lishi
2. Molekuladagi atomlar soni turlicha bo`lishi
3. Kristall tuzilishining turlicha bo`lishi
4. molekulada kimyoviy bog`larning turlicha bo`lishi
5. moddaning turli agregat holatlarda bo`lishi
A) 1, 2 B) 2, 3 C) 3, 4 D) 4, 5 E) 1, 5

44. (00-5-22). Allotropik shakl ko`rinishlarining hosil bo`lish sabablarini ko`rsating.


1) molekuladagi atomlar sonining har xil bo`lishi;
2) oddiy modda molekulasida atomlar sonining turlicha bo`lishi;
3) element atomlarining turli kristall shakllarni hosil qilishi;
4) element atomlarining turli amorf shakllarni hosil qilishi;
5) bir xil sifat va miqdor tarkibiga ega bo`lgan moddalarning turli tuzilishga ega bo`lishi
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 5
D) 1, 2, 3 E) 1, 3, 5

45. (97-11-36). Quyidagi moddalar turidan qaysinisi allotropik shakllarga xos?


A) suv, bug, muz
B) suv, tuman, shudring
C) vodorod, xlor, kislorod
D) uglerod, karbin, grafit
E) uglerod, kislorod, vodorod
46. (96-2-1). Qaysi qatordagi elementlar allatropik shakllarga ega?
A) Kislorod, azot, uglerod
B) Fosfor, kislorod, brom
C) Kislorod, fosfor, xlor
D) Kislorod, fosfor, uglerod
E) Kislorod, azot, fosfor

47. (97-11-182). Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan beshinchi guruh elementini aniklang.


A) uglerod B) fosfor C) kislorod
D) oltingugurt E) azot

48. (99-2-1). Allotropik shakl o`zgarishlari mavjud elementlar qatorini ko`rsating.


A) kislorod, vodorod, xlor
B) kislorod, fosfor, oltingugurt
C) xlor, azot, fosfor
D) ftor, kaliy, kislorod
E) fosfor, azot, vodorod

49. (97-1-37). Qaysi elementlar allotropik shaklga ega?


1. Kislorod 2. Vodorod 3. Ftor
4. Kremniy 5. Uglerod
A) 1 va 5 B) 1 va 2 C) 1 va 3
D) 1 va 4 E) 2 va 3

50. (99-6-29). Qaysi moddalarda allotropiya hodisasi kuzatilmaydi?


1) brom 2) kislorod 3) uglerod
4) qalay 5) ftor 6) fosfor
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 3, 4
D) 1, 5 E) 4, 6

51. (96-8-4). Qaysi elementlar allotropik shakllarga ega emas?


A) H, O, N B) O, C, P C) S, P, O
D) F, Cl, Br E) Fe, C, Na

52. (98-10-1). Allotropiya xodisasi kuzatilmay-digan moddani ko`rsating.


A) kislorod B) xlor C) oltingugurt
D) fosfor E) uglerod

53. (97-5-1). Kimyoviy element, uning molekulasi va uning allotropik shakl ko`rinishi aks ettirilgan qatorni toping:


A) xlor atomi, xlor molekulasi, xlor(III) oksid
B) kislorod atomi, kislorod molekulasi, ozon
C) oltingugurt atomi, kristall holdagi oltingugurt molekulasi, kaliy sulfid
D) vodorod atomi, vodorod molekulasi, ammiak
E) uglerod atomi, olmos, brilliant
54. (97-11-70). Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.
A) uglerod B) fosfor C) oltingugurt
D) kislorod E) xlor

55. (97-11-184). Uglerod elementi quyidagi qaysi moddalar tarkibiga kirgan?


1) karbid 2) ohaktosh
3) osh tuzi 4) chili selitrasi
5) bertole tuzi 6) ichimlik soda
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 5
D) 1, 2, 6 E) 3, 4, 6

56. (97-11-185). Tarkibida allotropik shakl o’zgarishlariga ega bo`lgan elementli moddalar qatorini belgilang:


1) ammoniy gidroortofosfat 4) silvinit
2) ammoniy digidrofosfat 5) fosfat kislota
3) ammoniy xlorid 6) ammoniy sulfid
A) 1,2,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,5
D) 2,3,4,5 E) 3,4,5,6

57. (01-8-13). Tarkibida allotropik shakl o’zga-rishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.


1) SO2 2) NaCl 3) Al2S3 4) NaF
5) PH3 6) NH3 7) K2Se 8) SnCl2
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8 C) 3,5,6,7,8
D) 1,3,5,7,8 E) 1,2,3,4,5

58. (00-9-54). Murakkab moddalar va aralashmalardan iborat bo`lgan qatorni aniqlang.


A) ohak, uglerod, suv, osh tuzi
B) selitra eritmasi, kislorod, azot, pirit
C) osh tuzi eritmasi, havo, soda, rux sulfat
D) suyultirilgan kislota, ishqor, geliy, bromli suv
E) kaliy permanganat, xlor, ozon, geliy

Download 0.92 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 0.92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



* * * Kishi boylikda o’zidan quyidagilarga

Download 0.92 Mb.